Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
106
edi? hammasini bilish, o‘zimcha bu savolga javob topish istagi tinchlik bermas edi menga. Lekin nega 
menda shunday istak paydo bo‘ldi, bundan murod ne edi – bu savollarga javob topa olmas edim. 
Bundan qanday naf ko‘rar edim? hech qanaqa! Bordi-yu mening otam nemis soldati bo‘lsa, uning taqdiri 
ne kechdi ekan – shu kabi savollar tinchimni buzardi mening. Birdan miyamda kurakda turmaydigan 
g‘alati fikr paydo bo‘ldi – nega endi u mening padarim bo‘lishi kerak ekan, buni kim undan iltimos qildi, 
butun Yevropani qadamlab kelib, meni dunyoga keltirishni va suvga cho‘kkan toshday nom-nishonsiz 
g‘oyib bo‘lishini undan kim o‘tindi? ha, nasl-nasabingni bilishni istaysan, lekin buning uddasidan chiqa 
olmaysan, tinimsiz o‘ylayverasan. Onamning qaerda ekanini bilgim keladi. Ha, yana shuni bilgim 
keladiki, o‘sha nemis soldati, mening otamga nima bo‘ldi – u tirik qolganmi yoki o‘lib ketganmi, bordiyu 
tirik, sog‘-salomat bo‘lib, Germaniyaning qaysidir burchagida istiqomat qilayotgan bo‘lsa, dunyoda qirq 
ikkinchi yilda bolalar uyining eshigi oldiga tashlab ketilgan o‘g‘li borligi tushiga ham kirmayotgandir... 
Men uning o‘sha o‘g‘liman. Uning esa men bilan sariq chaqalik ishi yo‘q. Mo‘‘jiza yuz bersa-yu, xabar 
topib kelib qolsa-chi? “Mana, men keldim, mening o‘g‘lim qani?” — desa-chi? Shundan so‘ng nima 
bo‘ladi? Bunday xayolparastlikning nima keragi bor? Bordi-yu, hammasi haqiqatdan ham men 
o‘ylaganday bo‘lsa, tupukday esdan chiqqan bu tarix bilan nemisning hemirilik ishi bor deysizmi? Nega 
endi u bizning g‘amimizni yeyishi kerak?
Bunday bema’ni boshvoqsiz fikrlar g‘ujg‘on urar edi menda. Nima haqda o‘ylasang, kishilar qismati 
chorrahasida albatta urush turar edi. Urushda tug‘ilgan, ota-onalari hayotning tubsiz jahannamida 
chirigan bolalarning fojiasi shundoq ko‘z oldingizga kelar edi. Sovuqlik, begonalik, nojinslik, jirkanchlik 
ufurar edi bu jahannamdan. Va mendan farqli o‘laroq “risoladagiday tug‘ilganlar” ahliga nisbatan 
mening qalbimda ichki dushmanlik hissi paydo bo‘lardi, dunyoda osoyishta-xotirjam kelganlarga 
o‘zimning shak-shubhasiz ustunligimni isbot qilishni, jamiyat mening benazir shaxs ekanligimni ko‘rib 
qo‘yishini, mening daho ekanligimni bilib olishini va bunga tan berishga majbur bo‘lishini, kuchga kuch 
bilan, yovuzlikka yovuzlik bilan javob berishga doimo tayyor turishni xohlar edim...
Ana shunday puch xayollar bilan katta hayot yo‘liga kirdim. Bu dunyoda bir o‘zim ekanligimni
so‘qqaboshligimni bir soniya ham unutmas edim. Mening otam ham, onam ham, aka-ukalarim ham, 
opa-singillarim ham, amma-xolalarim ham, jiyanlarim ham, amakivachchayu ammavachcha, 
xolavachchalarim ham, qo‘yingki, hech kimim yo‘q. Men oydan tushgan kishiga o‘xshar edim. Ehtimol, 
shu narsa menga yordam bergandir... Ha, fanda mislsiz shuhrat qozondim, butun borlig‘imni fanga 
bag‘ishladim, bu esa menga o‘zim tanlagan sohada – kamtarlik qilmayman – dohiyona kashfiyotlar 
qilishimga imkon beradi. Ha, chindan ham shunday. Men fanga xizmat qildim, fan esa menga, mening 
mashhur bo‘lishimga, mening nafsoniyatimga, mening jamiyatdagi o‘rnimga, mening 
moslashuvchanligimga xizmat qildi...
Bularning hammasi oxir-oqibatda mening taqdirimni belgiladiki, meni kosmosga, orbital stantsiyaga 
olib ketdi, men bu yerda o‘zimni o‘zboshimchalik bilan samoviy rohib deb e’lon qildim. Bu esa shuhratim 
yulduzining so‘na boshlashidan nishona edi. Endi menga yerda joy yo‘q ekanligiga aqlim yetdi.
Men samoda shu narsani tushunib yetdimki, taqdir ko‘rgan-kechirganlarimni, kosmosga kelib 
qolganimning sabablarini qog‘ozga bemalol tushirishdek noyob imkon beribdi. Men o‘zimga o‘zim 
shunday dedim: sen barcha ko‘rgan-kechirganlaringni dadil tan olishing, o‘zingga va boshqalarga iqror 
bo‘lishing shart. Tavba-tazarruning mohiyati shunda – o‘zingga hecham rahm-shafqat qilmaysan. 
Hamma-hammasini boshidan oxirgacha aytib berasan.
Aslini olganda, keyinchalik ko‘p shov-shuvga sabab bo‘lgan bu tarix, aytish mumkinki, arzimas 
narsadan – tibbiyot institutidagi seminardan boshlangan. Oqibatda men homiladorlik mo‘‘jizasini va 
odamning dunyoga kelish sirlarini o‘rganishga mubtalo bo‘lib qoldim. Ehtimol, tashlandiqlik sabab 
alamzada bo‘lib qolganim uchun qaltis bo‘lgan bu mavzuni odatda hech qachon, hech kim bilan 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish