Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
114
yutuqlaringiz insoniyat hayotida qandaydir jahonshumul voqea bo‘lajagidan bashorat qilayotganiga 
shubha qilmasangiz kerak. Ha, shunday! Men buni jiddiy aytayapman. Sirtdan qaraganda, buni tasavvur 
qilish ham qiyin – axir hamma narsa bor-yo‘g‘i laboratoriyada undirilgan embriondan, aytaylik, 
probirkada dunyoga kelgan urug‘dan boshlanadi-da! hamma gap shundaki, buning oqibatida tug‘ilgan 
odam – uni ikszurriyot deb ataylik – noma’lum shaxs. Bu – ota-onasi noma’lum, sun’iy yetishtirilgan 
sub’ekt, men shunday tushunaman. Sizga kunday ma’lum bo‘lgan narsalarni nima uchun men 
tushuntirib berishga urinyapman? Gap shundaki, bu siz uchun qiziqarli laboratoriya eksperimentlari 
ob’ekti bo‘lsa, biz uchun ikszurriyot – yangi tipdagi odam. Va bizning taxminlarimizga ko‘ra, mehnatkash 
sinflarni eski dunyodan xalos qilish uchun, uni ag‘dar-to‘ntar qiladigan ham xuddi ana shu ikszurriyotdir! 
hamma gap ana shunda. Vaqt kelib, tarixiy jarayonda harakat qiluvchi bosh shaxs ham ana shu 
ikszurriyot bo‘lishi mumkin!
Ehtimol, meni hissiyotga berilib, jo‘shib ketyapti, deb o‘ylarsiz, Buning sababi bor. Axir ikszurriyotlar 
fenomeni siyosiy jihatdan hayron qolarli darajada istiqboli porloq. Bu shunday o‘tkir kuch bo‘ladiki, bu 
kuch bizdan farqli o‘laroq, orqa-oldiga qaramasdan, qo‘rqinch va shubha nima ekanini bilmasdan butun 
dunyoda kommunizm g‘alabasi uchun kurashadi. Oila va qarindoshlik aloqalarini eski, zo‘ravonlik 
dunyosining qoldiqlari sifatida huddi ana shu ikszurriyotlar tarix axlatxonasiga uloqtiradi. Shaxs va 
ruhiyatning misli ko‘rilmagan ozodligini o‘zida mujassamlashtirgan ikszurriyotlar odamzodning inqilobiy 
ta’limimiz allaqachon oldindan ko‘ra bilgan yangi davriga yo‘l ochib berajak. Ikszurriyot o‘z umrini 
o‘tagan eski dunyoni kelajakda qo‘porib tashlash barobarinda yangi dunyoni bunyod etajak. Aminmanki, 
ikszurriyotlar muhitida buyuk kishilar, daholar odatdagi eskirib qolgan muhitdagiga qaraganda ko‘proq 
paydo bo‘ladi. O’zingiz tushunib turibsiz – bunda oilaviy va boshqa eskirgan kishanlar va tashvishlardan 
butunlay ozod bo‘linadi. Bolalar sun’iy yo‘l bilan, ota-onalarsiz bunyod etiladi, tegishlicha tarbiya qilinadi. 
Aytmoqchi, bo‘limdagi ayrim o‘rtoqlar ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalarni kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 
qimmatli tog‘ jinsi parchasiga o‘xshatib “sbakitlar” deb atashni taklif qilmoqdalar, lekin mening 
nazarimda “ikszurriyot” yaxshiroq, aniqroq.
Hozircha biz faqat nazariyabozlik qilayotirmiz, faqat bizni qiziqtirgan mavzu yuzasidan fikr 
yuritmoqdamiz, mislsiz yangi olam hodisasi nimalarga olib kelishini oldinroq ko‘rishga harakat 
qilayotirmiz, lekin buni oldinroq aytib bera olish zarur. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi voqealarni
muammolarni qatorlashtirib qo‘yayotgan ekan, qo‘l qovushtirib turish mumkin emas. Tarix buni 
kechirmagan bo‘lur edi. Shu munosabat bilan aytadigan gapim shuki, kelajak ko‘p jihatdan dunyoviy 
kurashda birinchilikni qo‘lga ola bilgan kishiga bog‘liq bo‘ladi. Yangi odamlarga — ikszurriyotlarga 
jamiyat eshigini ochib qo‘ygan kishi g‘olib chiqadi, ikszurriyotlarning shubhasiz afzalliklari shundaki, ana 
shu ota-onasiz, qon-qarindoshsiz tug‘ilgan zotlar oiladan, har xil qon-qarindoshlik va urug‘aymoqlik 
rishtalaridan, patriarxal hamda o‘zga aloqalardan mutlaqo erkin bo‘ladi, bu esa eskirgan axloqning asriy 
yukidan qutqaradi. Siyosiy jihatdan esa mislsiz yutuq. Ikszurriyotlar kollektivizm va baynalmilallik etaloni 
bo‘lib qoladi. Ular kommunistik baynalmilalning zarbdor kuchi bo‘lib qoladi va xuddi shu odamlar G’arbga 
hal qiluvchi zarba berajak!
Bularning hammasi, sezib turganingizday, istiqbolda bo‘ladi, lekin umumiy kontseptsiya ishlab 
chiqilishi kerak va ishga tushirilishi lozim. Va partiya siz kabi olimning, Andrey Andreevich, mazkur 
masala yuzasidan bizning mavqeimizga sherik bo‘lishdan o‘ta manfaatdor. Aslini olganda ikkovimizning 
uchrashuvimizdan murod ham shu. Va men o‘ylaymanki, til topisha olamiz. Axir, amalda, Andrey 
Andreevich, asosiy narsa sizga bog‘liq, siz – ikszurriyotlar yetishtirish texnologiyasining ijodkorisiz. Biz 
esa shunchaki sheriklarmiz: mafkura – yelkanga urilgan kuchli shamol, yelkanning emas, balki 
harakatning shamolidir... Shunday emasmi? Aytganday, vakolatli organlar sizning ishingizga katta 
qiziqish bilan qaramoqdalar, bu borada ularning muayyan takliflari ham bor.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish