Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
116
xayoliy g‘oyalarning amalga oshishiga insoniyatga qarshi fitna bo‘lsa-chi? Ikszurriyotlar bu yorug‘ 
dunyoda hamma uchun va har bir kishi uchun avlodlar tajribasining davomi bo‘lmish tarix g‘ildiragining 
harakatini to‘xtatishi, Otalikka, Onalikka chek qo‘yishi, hamma narsaga barham berishi kerak edi... 
Asrlar osha ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan va aqlga sig‘maydigan holat: Odam Ato bilan Momo havodan 
so‘ng ikkinchi marta dunyodan Ota bilan Ona quvg‘in qilindi, quvg‘in qilinganda ham yashirincha, 
osmoni falakni larzaga keltiradigan momoqaldiroq yanglig‘ nafrat guldiroslarisiz, barcha davrlarda 
bo‘lganiday nafrat-la’natlarsiz quvg‘in qilindi – ota-onalik burchlarini yo‘qqa chiqarish yo‘li bilan, 
makkorlik va sekin-astalik bilan homilalarga “hunar ko‘rsatish” orqali quvg‘in qilindi, shu bilan bir 
qatorda yo‘qlikka quvg‘in qilindi.
Bu voqealarning barchasida bosh qahramon, Otalik va Onalikning ta’qibchisi va ko‘zga ko‘rinmas 
jallodi sifatida men turar edim.
Shu bilan bir vaqtda tushunar edimki, endi mening rolim, ahamiyatim tobora oshar, zamon quyoshi 
ostida mening o‘rnim tobora muhim bo‘la borar edi. Ulkan ishni amalga oshirishda dunyo hokimlari 
menga muhtoj-mute bo‘lishardi.
Men tashlandiqligimning mevasiga to‘yib bo‘ldim. Ehtimol, bu taqdir taqozosidir – oldindan 
tayyorlangan qandaydir dahshatli stsenariy asosida xuddi ana shu aqlga sig‘maydigan usul bilan 
dunyodan o‘ch olish uchun meni atayin rag‘batlantirishayotgandir – ikszurriyot bo‘lib tug‘ilganim sababli 
o‘zim ishlab chiqqan texnologiya asosida ota-onasi noma’lum bo‘lgan ikszurriyotlar avlodini yaratish 
mening zimmamga tushgandir. Voqealarning shunday kechishi kimgadir juda qo‘l kelgandir – shu 
paytda lop etib men chiqib qolgandirman.
Eshik oldida xayrlashar ekan, Konyuxanov bunday dedi:
— Andrey Andreevich, sizni bilmayman-u, bu uchrashuvdan men juda katta qoniqish oldim...
Men ham unga taxminan xuddi shunday lutf bilan javob qaytardim. U yana gapni davom ettirdi:
— Bilasizmi, Andrey Andreevich, men bir jihatni tushuntirib qo‘ymoqchiman. Sizga organlardan 
o‘rtoqlar murojaat qilishadi, ular haligi masala yuzasidan... – u gapini oxiriga yetkazmadi va davom etdi: 
– sizga yordam berish uchun ularning o‘z takliflari bo‘ladi. Bular endi tashkiliy masalalar, albatta, xavotir 
olmasangiz bo‘ladi. Darvoqe, ularda, har qachongiday, hamma narsa o‘ylab, hisob-kitob qilib qo‘yilgan 
va bu safar ham, aytgan bo‘lur edimki, ishning ko‘zini bilib...
Rostini aytsam, bunday axborot meni tashvishga soldi:
— Vadim Petrovich, — murojaat qildim men Konyuxanovga. — Modomiki o‘zingiz bu haqda gap 
ochdingiz, buning uchun men sizdan minnatdorman, tilga olingan o‘rtoqlarning ko‘magi nimalardan 
iborat bo‘lishini shaxsan o‘zingizdan eshitsam yaxshi bo‘larmidi? Aytaylik, tegishli muloqotlarga tayyor 
bo‘lib turish uchun.
— Xo‘p bo‘ladi, – mening fikrimni o‘qiganday kulib qo‘ydi Konyuxanov. — Siz bilan, Andrey 
Andreevich, fikrlashishga tayyorman va shunda to‘g‘ri bo‘ladi, roziman. Menda sizning bo‘limingizdan 
ma’lumotlar bor. Qolganlarini bevosita ish jarayonida bilib olasiz.
Keyinchalik eshitib-bilganlarimiz, sof xizmat yuzasidan olganda, chindan ham maqsadga juda-juda 
muvofiq bo‘lib chiqdi. O’rtoqlar nima istashlarini yaxshi bilishar va hamma narsani o‘ylab, pishitib 
qo‘yishgan edi.
Mashinada ketayotib ham shu haqda o‘ylardim. Moskvaning gavjum ko‘chalariga yana nazar tashlar 
ekanman, Konyuxanov bilan bo‘lgan suhbatni ikir-chikirlarigacha esga oldim, mening laboratoriya 
mashqlarim qanday qilib birdan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘ta maxfiy programmaga aylanganidan 
hayratda qolib borardim.
Nufuzli organlarning loyihalariga qaraganda ikszurriyotlarni ikki bosqichda yetishtirish ko‘zda tutilgan 
edi. Birinchi bosqich – embrional – inkubatsion bosqich – to‘laligicha va butunlayin, mening institutimga, 
mening mas’uliyatimga yuklatilgan edi, buning uchun men tegishli huquq va mablag‘lar olar edim. Bu 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish