Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
103
terilgan Tavba-tazarruni Entoni Yungerning ixtiyoriga yuborishni iltimos qilgan. “Entoni Yunger mening 
yozganlarimni nima qilsa o‘zi biladi”.
Matn sarlavhasi: “Sen bilan va sendan keyin ko‘rgan-kechirganlarim”.
So‘ngra bunday deyilgan:
“Ilgarilari kosmosdagi orbital stantsiyaga kelib qolishni xayolimgayam keltirmagan edim. Meni bu 
yerga fan yetaklab keldi. Lekin kosmosga faqat ilmiy maqsadlar ilinjidagina kelmaganimni, balki 
badarg‘a qilinganimni, Yerdan tashqariga o‘zimni o‘zim quvg‘in etganimni, keyichalik o‘zimni samoviy 
rohib deb nomlaganimni hech kim bilmaydi. O’tmish davrlarda siyosiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra 
chet ellardan o‘z vatani — Sovet Ittifoqiga qaytmagan va shu tariqa butun dunyo ko‘z oldida buyuk 
davlatning hokimlariga qarshi chiqqanlarni “o‘z vataniga qaytishdan bosh tortganlar” deb atashgan, 
meni ham shunday deb atash to‘g‘ri bo‘lsa kerak.
Yo‘q, bu gal ishlar boshqacharoq. Men badarg‘a ham qilingan emasman, o‘z vataniga qaytishdan 
bosh tortgan kishi ham emasman, osmoni falakka kelib qolishimni tushuntirish qiyin — bu o‘zlikka 
chekinish, kosmos orqali o‘zlikka chekinishdir. Buni ruhiyatning kosmos bilan uyg‘unlashib ketishi desa 
bo‘lar edi, biroq bu o‘ta balandparvoz tuyulishi mumkin. Lekin kosmosda bo‘lishim butun hayotimning 
mantiqiy yakuni, taraqqiyotimning eng oliy va so‘nggi nuqtasi bo‘ldi. Bu azaliy qismat bo‘lsa ajab emas. 
Bunga ishonish qiyin, lekin dunyoda nimalar bo‘lmaydi deysiz.
Mening taqdirim ham boshqalarnikidan ayricha. Shu bois ham men umrim bo‘yi bu haqda 
gapirmaslikka, nasl-nasabim, to‘g‘rirog‘i tug‘ilishim sirini doimo oshkor qilmaslikka tirishdim.
Meni chaqoloqligimda adyol ustidan qop-matoga o‘rab bolalar uyining eshigi oldiga tashlab ketishgan. 
Eshik oldidagi soyabonli pillapoya rus tilida “kiriltso” deyiladi. Menga bolalar uyida Kriltsov deb familiya 
berishganining sababi ham shunda. Otimni Andrey deyishgan, ota ismim Andreevich ham ismimdan 
olingan. Kriltsov Andrey Andreevich. Bu ayanchli voqea, menga aytib berishlaricha, 1942 yilning 
oxirlarida subhidamda ro‘y bergan. O’shanda qor qalin edi. Men esa subhi sodiq paytini es-es bilaman
desam, bunga hech kim ishonmaydi, albatta. Lekin men to‘g‘risini gapiraman. O’shanda qulog‘imga 
onamning qadamlari ostida qorning g‘arch-g‘urch ovozi eshitilgan. Yodimda, onam o‘sha qish kuni
kallayi saharda shosha-pisha qadam tashlar edi. Esimda, u bezovtalanib meni bag‘riga bosar, dam-
badam seskanib cho‘chib tushar edi, onam yuragining qo‘rqinch aralash gupillab urganini mening 
norasta tanam sezar edi. U qadam tashlab borar ekan, harsillar, o‘zicha nimalarnidir gapirib-gapirib 
qo‘yar, menga qarab nimalarnidir pichirlar, o‘krab yuborguday bo‘lar va ko‘z yoshini bazo‘r tiyar edi, 
onam meni bolalar uyining eshigi oldiga tashlab ketish uchun ko‘tarib borayotgan paytda adyolning 
tirqishidan uning yuziga ko‘zim tushdi, qor qoplagan kipriklarini, tepadagi bulutli osmonni, qor 
uchqunlarini ko‘rdim. Bo‘ralab qor yog‘ayotgan edi. Aftidan u mening qulog‘imga shunday pichirladi: 
“Sen yig‘la, ovozing boricha yig‘la, o‘shanda sening ovozingni tezroq eshitishadi”.
U meni eshik oldida yerga qo‘ygandan so‘ng bu qilmi-shining sir-asrorini hadeganda 
tushunavermadim. Men sovuq yeya boshladim va onam qaytib kelib meni ko‘tarib olar deb kutdim. 
Lekin u nariroqda qor bosgan butalar orqasida yashirinib turar va men tomonga kelmas edi. Shundan 
keyin men yig‘ladim, qattiq yig‘ladim, shu asnoda eshik ochilib, kimdir keldi-da meni ko‘tarib olib ketdi...
Qorni tilga olishimning boisi shuki, keyinchalik eshitishimcha qor uyumlarida onamning izlari qolgan, 
boshqa hech qanday nishona topilmagan ekan.
Men endi tasavvur qilaman – butalar orasida yashirinib turish va tashlandiq bolasining chinqirig‘ini 
eshitib ham yoniga kelmaslik onamga oson bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Men tez-tez, doimo bir xil tush 
ko‘raman: qalin qor uyumlari uzra qadam tashlayman va onam izlarini axtara ketaman, bu izlar esa 
qorong‘i o‘rmonga olib boradi: meni vahima bosadi, qor ko‘mib tashlaydi, sovqotaman: “Ona! Onajon!” 
deya faryod solaman-da, uyg‘onib ketaman.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish