1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


Fenol yordamida ekstraksiya qilish



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

. Fenol yordamida ekstraksiya qilish
. Ba’zi viruslar oqsilini (TMV) 
fenol fazasidan yoki interfazadan maxsus ishlov berib ajratib olish mumkin. 
Buning uchun suvli faza ajratib olingandan so‘ng fenol fazasiga va interfazaga 
(nuklein kislotalarni fenol bilan ajratish bo‘limiga qaralsin) 5 - 10 hajm metanol 
va 2 - 3 atsetat natriy kristalidan solinadi. Cho‘kma sentrifuga qilib ajratib olinadi 
va 3 marta metanol, 1 marta efir bilan yuviladi. Olingan oqsilni havoda quritiladi 
va suvda eritiladi (10 mg:5ml suv), so‘ngra 60-80°S da (rN ni 0,02 M NaOH 
bilan 7,5 ga keltiriladi) qizdiriladi. SHunday sharoitda oqsil eriydi(10). 
Viruslarning ichki nukleoproteidlarini ajratish 
Chechak, miksoviruslar va boshqa bir qator viruslar murakkab tuzilishga ega 
bo‘lib, ularning nuklein kislotalari oqsil bilan mustahkam kompleks - 
nukleoproteid hosil qiladi. Bunday holatlarda nuklein kislota ajratish boshqacha 


 
 
90 
tadbir bilan amalga oshiriladi. Avvalo virus zarrasidan ichki nukleoproteidni 
ajratish kerak. Ichki nukleoproteidni ajratish jarayonida tozalik darajasi o‘ta sifatli 
bo‘lishi muhim. Ma’lumki, ko‘pgina viruslar sirtida har xil ifloslantiruvchi 
moddalar to‘planadi. Nukleoproteidni nativ saqlovchi sharoitda virus zarrachasi 
parchalanganda ko‘p qismli sistema hosil bo‘ladi. Ularni bir - birlaridan 
molekulyar massasi, suzish zichligi farq qiladigan virus qobig‘i qismlari bilan 
birikkan ifloslantiruvchi moddalar bo‘lishi mumkin. 
Ko‘rsatilgan ta’sirlardan birortasi yordamida o‘ta toza virus nukleoproteidini 
olish mumkin. Toza nukleoproteiddan yoki nuklein kislota yoki oqsil ajratish 
mumkin. Xuddi shu usullarni qo‘llab SV5paragrip virusi bilan kasallantirilgan 
hujayralardan CsCl gradientida sentrifugalash usulida virus ribonukleoproteidi 
(RNP) ajratish uddalandi. Ko‘pgina bu tipdagi viruslar tarkibida lipid bo‘lganligi 
uchui ichki RNP ni ajratishda efir, natriy dezoksixolati kabi moddalarni 
ishlatiladi. Ba’zan Tvin-80 ishlatish ham yaxshi samara beradi. Leykemiya 
viruslaridan RNP ajratishda Tvin-80 qo‘llaniladi. Miksoviruslardan RNP
ajratishda dezoksixolat ishlatiladi. 
Kiselev va Dobrovlar (1970) Senday virusining RNP sini ajratish uchun toza 
virusga natriy dezoksixolat (DXN) bilan (virus va DXN) bilan (virus va DNX 
nisbati 1:4) ishlov beriladi. Ishlov berish 20°S da 5 minut davomida pH 7,0 da 
bajariladi. Parchalangan virus 20-60% saxaroza gradientida sentrifugalanadi yoki 
TEAE sellyuloza bilan hromatografiya qilinadi. So‘ngra minutiga 17500 aylanish 
tezligida 2,5 soat 10°S da MSE-50 sentrifuganing 3x20 ml rotorida gradientda 
sentrifuga qilinganda 3 fraksiya kuzatiladi. Probirkaning yuqorisida virus qobig‘i 
qismlari joylashadi, 40% saxaroza probirkasining markazida virus RNP si esa 
probirka tubida uning agregatlari joylashadi. Xuddi shunday natija RNP ning 
TEAE sellyulozasida xromatografiya qilinganda ham kuzatiladi. RNP ion 
almashish kolonkasida adsorbsiyalanmaydi. Kolonkani ishqor bilan regeneratsiya 
qilinganda virus qobig‘ining har xil qismlari yuvilib chiqadi. Bu metodni 
qulayligi yana shundaki, nativ Senday virusi kolonkaga adsorbsiyalanadi va 0,6 
M NaCl yordamida desorbsiyalanadi. Yuqorida keltirilgan usulni boshqa 
viruslarga ham qo‘llab, RNP ajratish mumkin. Yuqoridagi metodlardan tashqari 
kazeininkaza S va fosfolinaza S fermentlari yordamida ham virus RNP sini 
ajratish mumkin (10). 

Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish