252
Bunyaviruslar avlodi: bunya-, flebo-, nairo- i xanta
- viruslar avlodlarini
o‘z ichiga oladi. Oilaga 300 dan ortiq qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilar
tarqatadigan, eng ko‘p chivinlar tarqatadigan viruslar kiradi. Bunyaviruslar odam
va havonlarni kasallatiradi. Masalan, Rift vodiysi va Nayrobi kasalligi viruslari
qo‘y, echki, yirik qoramollar kasalliklari SHarqiy va Janubiy Afrikada tarqalgan
o‘tkir transmissiv kasalliklarga kiradi.
Bunyavirus avlodi 18 ta seroguruh va160 dan ortiq viruslarni o‘z ichiga
oladi. Prototip bo‘lganAkabane virusi 30 dan ortiq odam va uy hayvonlarida
kasallik qo‘zg‘atadigan viruslardir.
Xantaviruslar avlodiga 22 viruslar kirib persisten
usulda virus bilan
kasallangan kemiruvchilar orqali tarqaladi.
Fleboviruslar avlodi ga ikkita seroguruh kiradi, chivinlar orqali
tarqaladigan 50 dan ortiq virusni o‘z ichiga oladi. Prototipvirus bo‘lib Rift
vodiysi virusini olish mumkin.
Nairoviruslar guruhiga
ettita seroguruh kiradi, 33 ta virus ni o‘z ichiga
oladi. Prototip virusga qo‘ylarni Nayrobi virusi kiradi.
Bunyavirular virionlari sferasimon qobiqli virus bo‘lib diametri 80—120
nm. Ularni nukleokapsidi spiral simmetriyali, qalinligi10—12
nm lipoprotein
qobiqqaega. Tashqi yuzasida 10-12 nm li glikoprotein o‘simtalari bor. Ular ikki
qavatli 5-7 nm li lipid qobiqni teshib o‘tadi.Virion markazida uchta sirkulyar
spiralsimon nukleokapsid
segmenti joylashgan, ular o‘zaro 3' i 5'-oxiri har bir
RNK-genomn segmenti nokovalent bog‘lar bilan birikkan. Uchchala RNK
segmentni oxirgi uchlari
bir xil ketmaketlikka ega, ammo har hil avlodniki bir-
biridan farq qiladi. Bir virionga 270—1400 peplomer to‘g‘ri keladi, ular virus
glikoproteinlari G1 i G2 geterodimerlardan tuzilgan, ammo fleboviruslarni ozroq
qismini yuzasidagi subbirliklari gomodimerlardan tuzilgan. Gomodimerlar, balki
boshqa avlod dimerlarida ham tuzilgandir. Fleboviruslar sferasimon tig‘iz
joylashtirilgan10—11 nm morfologik birliklar bilan qoplangan(markaziy
bo‘shlig‘ini diametri ~5 nm.
Bunyaviruslarda, boshqa RNK tutuvchi qobiqli viruslardan farqli o‘laroq
membrana(matiksli) oqsili yo‘q. Nukleokapsidni oqsili to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki
qavatli lipid qavatni ichki yuzasiga yopishib turadi.Bunyaviruslarni
virionlari
58—70% oqsil, 20—33% lipid, 7% uglevod va 1—3% RNK dan iborat.
Ularda uchta asosiy oqsil bo‘lib, ularni ikkitasi glikoproteindir. G1 i G2
glikoproteinlar virion tashqarisida joylashgan va o‘simtalar hosil qiladi, ularni
proteoletik fermentlar bilan yo‘qotish mumkin.Bu o‘simtalarni yo‘qotilgan
viruslarni yuqumliligi birdan pasayadi. Glikoproteinlar viruslarni
sezgir hujayra
yuzasiga adsorbsiyalanishida bevosita qatnashadi deb taxmin qilinadi.
Bitta virionga 2000—2500 ta N- oqsili molekulasi, 20—40 ta L- oqsili,
600—700 G1 i G2 glikoprotein molekulasi to‘g‘ri keladi.
G1 i G2 glikoproteinlar spetsifik antigen determinantalari bo‘lib, neytrallovchi
antitelalarni hosil bo‘lishini ta’minlaydi.