154
7.4. Virus RNK sining sintezi Etilgan virus zarrasining tarkibidagi RNK ning replikatsiyasi bilan
tanishishdan oldin hujayra RNK sining replikatsiyasi bilan tanishamiz.
Hujayra RNK si sintezining umumiy sxemasi. Hujayra RNK si sintezi
uchun substrat bo‘lib ribinukleozidtrifosfatlar (ATF, GTF, STF va UTF) xizmat
qiladi. Bu substratlarni yagona polinukleotid zanjirga biriktirish RNK-polimeraza
fermenti yordamida amalga oshiriladi. Hujayradagi hamma tipdagi RNK larning
(informatsion, ribosomal va transport) matritsasi hujayra DNK si hisoblanadi. Bu
DNK ning ma’lum uchastkalarida hamma tip RNK lar uchun komplementar
sistronlar mavjud. Hamma hujayra RNK larini matritsasi hujayra DNK sidir. Bu
fikrni tasdiqlash uchun qilingan tajribalarda aktinomitsin D ishtirok etishi hamma
tipdagi yangi RNK molekulalari sintezini to‘xtatadi (antibiotikni ta’sir
mexanizmi - DNK transkripsiya jarayonini tormozlashdir) (blokirovka qilib
qo‘yishdan iborat).
Virus RNK si sintezini o‘rganish metodlari. 1
) Virus RNK si sintezini o‘rganish metodlari ichida eng ahamiyatlisi uni
yuqumliligini miqdoriy aniqlashdir. Albatta bu metod virusni yuqumli nuklein
kislotasini ajratish imkoni bor viruslar uchun qo‘llaniladi.
2) Virus RNK sining sintezini o‘rganishni eng keng qo‘llaniladigan usuli
RNK sintezini
radioaktiv o‘tmishdoshlarini (uridin, fosfat va h.)
ishlatish usulidir. Bunda avvalo hujayra RNK sini sintezini tanlab to‘xtatadigan
ingibitorlarni ishlatiladi (m., aktinomitsin D va unga yaqin birikmalar). Bunday
sistemalarda RNK sintezini radioaktiv o‘tmishdoshlarini RNK ga o‘tishi birikishi
virus-spetsifik RNK sintezini o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Bu guruh RNK ga virus
RNK sidan tashqari boshqa guruh RNK lar ham kirishi mumkin. Virus bilan
kasallangan hujayradan summar RNK ajratib olinadi har xil usullarda
fraksiyalarga ajratiladi, m., summar RNK ni gradient zichlikda sentrifugalab
(yoki xromatografiya usullari orqali), etilgan virus zarrasidan ajratilgan RNK
xususiyatiga yaqin RNK ajratib olinadi. Bu fraksiyani radioaktivligi virus RNK
sining sintezi jadalligini ko‘rsatadi.
Virus RNK sintezini avtoradiografiya usullari tadqiq qilish ham virus RNK si
sintezidan ma’lumot beradi. Bunday tajribalarda kasallangan hujayralarni RNK
si sintezini aktinomitsin D bilan igibirlanadi va RNK sintezi o‘tmishdoshlari
qilib radioaktiv tritiy bilan nishonlangan uridin ishlatiladi.