Zoologiya (umurtqalilar) fanidan



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/31
Sana29.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#75119
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
sut emizuvchilarning umumiy tavsifi. sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi. teri qoplami skeleti va muskullari

Haqiqiy  uyquda  gavda  harorati  ancha  pasayadi.  Nafas  olishi  keskin 

sekinlashadi  va  chuqur  karaxt  holida  bо‘ladi,  lekin  qish  vaqtida  qisqa  muddatga, 

havo  juda  isib  ketganda  uyg‘onadi.  Bunday  uyquga  ketish  kо‘pchi-lik 

kо‘rshapalaklarga  va  olaxо‘rjinlarga  xosdir.  Haqiqiy  uyquga  kirish  ba’zan  qishda 

emas,  yozda  ham  bо‘ladi  (yumronqoziq).  Uzluksiz  mavsumiy  uyquga  kirish 

kuchli karaxt holiga о‘tish, gavda haroratining va nafas olishning keskin pasayishi 

bilan  xarakterlanadi.  Bunday  uyqu  tipratikonlar,  sug‘urlar,  yumronqoziqlar  va 

qо‘shoyoqlilarga xosdir. 




Davriy  migratsiya  odatda  ovqat  tanqisligiga  yoki  ovqat  topishning  ilojisi 

yо‘qligiga  bog‘liq  bо‘ladi.  Davriy  migratsiya  asosan  tuyoqlilar  va  ularning 

orqasidan  yuradigan  katta  yirtqichlarda  hamda  kо‘rshapalaklar-da  kuzatiladi. 

Davriy  migratsiya  baliqlardagi  singari  gorizontal  va  vertikal  migratsiyalarga 

bо‘linadi.  Asosan, kiyiklarning  kо‘chib  yurishlari  gorizontal  migratsiyaga  misol 

bо‘lsa, baland tog‘larda yashaydigan tog‘ echkilar, serkalar va ular orqasidan yirik 

yirtqichlarning kо‘chishi vertikal migratsiyaga misol bо‘ladi. 

Sutemizuvchilar kо‘payish xarakteriga qarab 3 guruhga bо‘linadi. 

1. Tuxum qо‘yib kо‘payish. Tuxumi sariq moddaga boy bо‘lib, tug‘ilgan-da 

embrion  ancha  rivojlangan  bо‘ladi.  Tuxumni  onasi  bosib,  inkubatsiya  qiladi 

(о‘rdakburun) yoki xaltada olib yuradi (yexidna). Tuxumdan ochib chiqqan bolani 

onasi sut bilan boqadi. 

2. Chala, nimjon bola tug‘ib kо‘payish. Bola bachadonda rivojlanadi, yо‘ldosh 

bо‘lmaydi. Tug‘ilgan bola qopchiqda olib yuriladi va sut bilan boqiladi. Bu hodisa 

xaltalilarga xosdir. 

3. Yaxshi rivojlangan bola tug‘ib kо‘payish. Bularning tug‘ilgan bolalari yaxshi 

rivojlangan va hatto о‘sha kuni yura oladi. Hech bо‘lmaganda, о‘zi ema oladi, 

chunki bularning bolalari yо‘ldosh ichida, u orqali ona organizmi hisobidan 

ovqatlanadi. Guruhga yо‘ldoshlilar misol bо‘ladi. 

Sutemizuvchilar turli yoshda balog‘atga yetadi. Masalan, fillar 20-25 yoshida, 

bо‘ri  1  yoshida,  mayda  kemiruvchilar  esa  1  oyligida  balog‘atga  yetadi. 

Sutemizuvchilar  odatda  1  yilda  1  marta  bola  tug‘adi.  Lekin  kо‘pincha 




kemiruvchilar  yiliga  bir  necha  marta  bolalaydi.  Masalan,  tiyinlar  (olmaxonlar), 

tovushqonlar 1 yilda 3 martagacha, sichqonlar va kalamushlar esa undan ham kо‘p 

bolalaydi. Ikkinchi tomondan, ba’zi bir darrandalar, masalan, qо‘tos, tuya, kitlar yil 

oralab urchiydi, fillar esa 3-4 yil о‘tkazib urchiydi. Katta darrandalar har safar 1-ta, 

kichik  darrandalar  esa  kо‘p  bola  tug‘adi.  Masalan,  oq  sichqon  18-tagacha  bola 

tug‘adi. Bu hollar yilning iqlim sharoitiga qarab о‘zgaradi. 

Sutemizuvchilarning bо‘g‘ozlik va tug‘ish davri uzoq bо‘lganligi munosabati 

bilan,  qо‘shilish  davri  ham  har  xil  bо‘ladi.  Masalan,  itlar  (bо‘ri,  tulki)  qishning 

oxirida,  yanvar-fevral  oylarida  qо‘shiladi,  bо‘g‘ozlik  dav-ri  qisqa  bо‘ladigan 

mayda  darrandalar  (tipratikon,  sassiqqо‘zon,  latcha,  kemiruvchilar)  –  bahorda, 

suvsar, bо‘rsiq kabi hayvonlar – yozda, bug‘ular esa – kuzda qо‘shiladi.  

Bо‘g‘ozlik  davri  sutemizuvchining  katta-kichikligiga  ma’lum  darajada  bog‘liq 

bо‘ladi. Masalan, mayda kemiruvchilarda bо‘g‘oz-lik davri 8-20 kun, quyonda – 1 

oy, tovushqonda – 50 kun, itda – 2 oy, arslonda – 4 oy, ayiqda – 7 oy, otda – 11 oy, 

tuyada –  1  yil, filda  –  20 oy  davom  etadi. Begemot  bolasini qornida 8  oy, odam, 

orangutan va si-gir – 9 oy, katta kit – 1 yilcha olib yuradi.  

Janubiy tumanlarda kalamush va uy sichqonlari yoz paytlari qishloq xо‘jalik 

ekinlariga  katta  zarar  keltiradi.  Oddiy  dala  sichqoni,  jamoatchi  dala  sichqoni, 

о‘rmon  sichqoni,  yumronqoziqlar  ayniqsa  don  xо‘jalik-lariga  talaygina  zarar 

yetkazadi.  Markaziy  Osiyoda  qizil  dumli  qumsich-qon  bug‘doy,  texnika 

о‘simliklari  va  paxtaga  ancha  zarar  keltiradi.  Bunday  kemiruvchilarga  qarshi 



kurashda  agrotexnik,  biologik,  mexanik  va  kimyoviy  kurash  usullaridan 

foydalaniladi. 

Darrandalarda  uchraydigan  kо‘pgina  yuqumli  kasalliklar  odam  uchun  ham 

xavflidir.  Bu  kasalliklar  tabiiy  zonalar  deb  ataladi.  Bunday  kasalliklarga  о‘lat 

(chuma), tulyaremiya, kana ensefaliti, mavsumiy leyshmaniya va hokazolar kiradi. 

Sug‘urlar, yumronqoziqlar, qumsichqonlar va kalamushlar eng xavfli bо‘lgan 

о‘lat  kasalligini  tarqatuvchisi  hisoblanadi.  Kasallikni  qо‘zg‘a-tuvchi  bakteriyani 

hayvonlar  odamga  bevosita  kontakt  vaqtida  о‘tkazadi.  Tulyaremiya  odamga  qon 

sо‘ruvchi hasharotlar (pashsha, burga, bit), kana or-qali о‘tadi. Mikrob tashuvchisi 

asosan  sichqonlardir.  Nerv  sistemasini  ishdan  chiqaradigan  eng  og‘ir  va  xavfli 

ensefalit  kasalligini  qо‘zg‘atuv-chisi  viruslar  hisoblanadi.  Virus  tashuvchisi  esa 

kemiruvchilar  va  hasha-rotxо‘rlardir.  virus  odamga  kanalar  va  chivinlar  orqali 

о‘tkaziladi. 

Akademik  YE.N.  Pavlovskiyning  tekshirishlari  shuni  kо‘rsatadiki,  tabiatda 

yuqumli  zoonoz  kasalliklarining  tarqalishida  kerakli  sharoit  bо‘lgan  yerlarda 

о‘choqlar  bо‘ladi.  Tabiiy  о‘choqlar  –  shunday  joyki,  bu  yerda  kasallikni 

qо‘zg‘atuvchilar uchun optimal sharoitlar yaratilgan. 

MDH-da 350 tur sutemizuvchilardan 150 turi ovlanadi va bu jihat-dan MDH 

dunyoda 1-inchi о‘rinda turadi. Eng kо‘p ovlanadigan darrandalarga kemiruvchilar 

(35  tur),  yirtqichlar  (41  tur),  juft  tuyoqlilar  (20  tur),  kurakoyoqlilar  (13  tur), 

tovushqonlar  (5-8  tur)  va  hasharotxо‘rlar  (5  tur)  kiradi.  Eng  qimmatbaho  mо‘yna 



olish uchun tiyin, tulki, oq tulki (pesets), quyon, sassiqqо‘zon, kо‘k suvsar, latcha, 

sobol,  norka,  qunduz,  bobr,  sug‘ur,  ondatra,  yenotsimon  it,  suvchayqar  yenotlar 

ovlanadi va bu hayvonlar mо‘ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi. 

MDH-da  mо‘ynachilikdan  tashqari  tuyoqli  darrandalarni  tutish  yaxshi 

rivojlangan. Gо‘shti, terisi va har xil dorivor mahsulotlar olish uchun har yili 500-

600  ming  bosh  atrofida  tuyoqli  darrandalar  tutiladi.  Masalan,  los,  tо‘ng‘iz,  yelik, 

maral, shimol bug‘usi va sayg‘oqlar. 

Xonakilashtirilgan  va  xonakilashtirilayotgan  sutemizuvchilar  inson  hayotida 

katta  ahamiyatga  ega.  Maxsus  darrandachilik  fermalarida  sobol,  norka,  oq  tulki, 

tulki,  nutriya  va  shinshillalar  mо‘yna  uchun  kо‘paytirila-di.  CHо‘l  qoramol  zoti 

alohida  diqqatga  sazovordir.  Bundan  tashqari,  kos-troma  sutli  va  gо‘shtli  zotlari, 

yaroslavl  sutli  zoti,  xolmogor  sutli  zoti,  olatov  sutli  zoti  va  boshqa  bir  qancha 

qoramollar oziq-ovqat manbai sifatida inson tomonidan foydalanilmoqda. 

Xonaki  qо‘ylar  yovvoyi  yevropa  qо‘yi  –  muflondan  kelib  chiqqan. 

Xonakilashtirish  natijasida  qо‘ylarning  150-ga  yaqin  zotlari  yaratilgan.  Bu 

zotlarning  ichida  romanov  qо‘yi,  merinos  qо‘ylaridan  askaniya  qо‘yi,  qo-zoq 

mayin junli qо‘ylar, hisor qо‘yi, qorakо‘l qо‘ylari diqqatga sazovordir. Bizdagi uy 

chо‘chqasini hamma zotlarining ajdodi yovvoyi chо‘chqa – tо‘ng‘iz hisoblanadi. 

Olimlarning  hisoblaricha,  oxirgi  300  yil  ichida  120  tur  sutemizuvchi 

hayvonlar  yer  yuzidan  qirilib  ketgan.  Hayvonlarning  kelajakda  yana  yо‘qolib 

ketish  xavfi  bо‘lmasligi  uchun  1966  yilda  jamoatchilikning  tashabbusi  bilan 



«Xalqaro Qizil kitobi» tashkil qilindi. Keyinchalik (1983 yilda) esa «О‘zbekiston 

Qizil kitobi» chop etildi. 

О‘zbekistonda  yashayotgan  sutemizuvchilardan  22  turi  «Qizil  kitob»ga 

kiritilgan. Ular ichida Menzbir sug‘uri, tyan-shan qо‘ng‘ir ayig‘i, olaqо‘-zon, о‘rta 

osiyo qunduzi, turkiston silovsini, qoraquloq, manul, qor qop-loni, buxoro bug‘usi, 

jayron, yovvoyi qо‘ylar diqqatga sazovordir. 

Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya 

qilishning  eng  samarali  tadbirlaridan  qо‘riqxonalar  va  buyurtma-xonalar  tashkil 

etish  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  О‘zbekistonda  12-ta  qо‘riqxona  bor.  Bularga 

Chotqol,  Zomin,  Zarafshon,  Qizilsuv,  Qizilqum,  Surxon,  Nurota,  Buxoro  jayron 

pitomnigi,  Hisor,  Miroqi,  Qо‘Hitang  va  Baday-tо‘qay  qо‘riqxonalari  kiradi. 

О‘zbekistonga  Amerika  qit’asidan  ondatra,  nutriya  va  norka  keltirilib, 

iqlimlashtirilgan. 

Darrandalarning  foydali  va  zararli  ekanligini  aniqlash  ancha  qi-yin.  Chunki 

bir  turning  о‘zi  har  xil  tabiiy-iqtisodiy  holatlarda  har  xil  amaliy  ahamiyatga  ega 

bо‘ladi. 

Bizning mamlakatimizda zararli darrandalar bо‘lib kalamushlar va sichqonlar 

hisoblanadi.  Kalamushlar  uy  va  omborlarda  iste’mol  qilina-digan  ozuqa 

mahsulotlarini  yeb  qо‘yishdan  tashqari,  parrandachilik  va  chо‘chqachilik 

fermalarida  tuxum,  jо‘ja,  tovuq  va  chо‘chqa  bolalarini  qira-di.  Shu  bilan  ular 

xо‘jaliklarga katta zarar keltiradi. 



 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish