Kо‘p bо‘rtmalilar degan guruhi vakillarining oziq tishlari yuzasida kо‘p sonli
bо‘rtmalar bо‘lgan. Ularning kurak tishlari yaxshi rivojlangan va qoziq tishlari
bо‘lmagan. Ular kalamush va sug‘urdek kattalikda bо‘lgan. Kо‘p bо‘rtmalilarning
qadimgi vakillaridan bir yо‘llilar kelib chiqqan deb faraz qilinadi.
Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar sinodontlardan kelib chiqqan.
Sinodontlardan kо‘pi qirilib ketgan ikkinchisidan klaokalilar paydo
bо‘lgan. Kо‘p bо‘rtiqlilardan yura davrida pantaterilar ulardan esa
hozirgi xaltalilar va yo’ldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi. Sut
emizuvchilarning tuzilishi va kо‘rinishi har xil.
Sut emizuvchilarning bо‘yin umurtqasining yettita bо‘lishi, tishlarining
har xil bolganligi ularning aveolalarda joylashganligi pastki jagi faqat
Do'stlaringiz bilan baham: |