Zoologiya (umurtqalilar) fanidan


Tavsiya etilgan adabiyotlar



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana29.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#75119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
sut emizuvchilarning umumiy tavsifi. sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi. teri qoplami skeleti va muskullari

Tavsiya etilgan adabiyotlar:  1. 276-281 b.; 2. 325-329 b.; 

3. 173-176 b.; 5. 86-89 b., 6.218-221 b. 



Tayanch sо‘zlar:  uzangi,  sandon,  bolg‘acha,  kurak,  qoziq,  oziq  tishlari, 

termoregulyatsiya,  alveollarda,  diafragma,  malpigiy,  vibrissa,  miniskalar,  mimika 

muskullari,  neopallum,  labirint,  akkomodatsiya,  lunj,  qarta,  tо‘r  qorin,  qat  qorin, 

shirdon 


Sutemizuvchilarning  bosh  miyasi  oldingi  miya  yarim  sharlari  va  miyacha 

hisobiga nihoyatda kattaligi bilan xarakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari miya 

gumbazi  yoki  neopallum  deb  ataladigan  miya  pо‘stlog‘i,  ya’ni  kulrang  miya 

moddasi  bilan  qoplangan.Oldingi  miya  yarim  sharlari  bosh  miyaning  qolgan 




qismlariga  nisbatan  48-75%-ni  tashkil  qiladi.  Miya  pо‘stlog‘i  kо‘pchilik 

sutemizuvchilarda  silliq  bо‘lmasdan,  burma  va  egatchalar  bilan  qoplangan.  Bu 

miya pо‘stlog‘ining yuzasini kengaytiradi. 

Oraliq  miya  ustki  tomondan  kо‘rinmaydi.О‘rta  miya  uchun  ularning  miya 

qopqog‘i boshqa umurtqalilardagidek 2 tepalikdan emas, balki 4 tepalikdan iborat 

bо‘ladi.  Bu  tepaliklarni  oldingisi  kо‘ruv,  keyingi  tepaliklar  esa  eshituv 

funksiyalarini bajaradi.Miyacha bir necha bо‘limlarga bо‘lingan. Bosh miyadan 12 

juft bosh miya nervlari chiqadi. 

Sutemizuvchilar  umurtqali  hayvonlarning  eng  yuqori  taraqqiy  etgan  sinfi 

hisoblanadi. Ularning asosiy progressiv belgilari quyidagilar: 

1.  Bosh  miyasi  juda  katta  va  bunda  oliy  nerv  faoliyatining  markaziy,  ya’ni 

kulrang miya  moddasidan tashkil topgan yarim sharlar pо‘stlog‘i, ayniqsa, yaxshi 

rivojlangan,  hidlov,  kо‘ruv  va  eshituv  organlari  ham  kuchli  rivojlangan.  Tashqi 

quloq  va  quloq  suprasi  bor.  О‘rta  quloq  bо‘shlig‘ida  3-ta  –  uzangi,  sandon  va 

bolg‘acha kabi eshituv suyakchalari joylashgan. 

2.  Tishlari  guruhlarga,  ya’ni  kurak,  qoziq  va  oziq  tishlariga  bо‘lin-gan  va 

ustki  jag‘i  bevosita  miya  qutisiga  birikib  ketadi.  Pastki  jag‘  esa  faqat  1-ta  tish 

suyagidan tashkil topadi. 

3. Issiqqonli, yuragi 4 kamerali bо‘lib, undan faqat chap aorta yoyi chiqadi va 

qon  aralashmaydi.  Gavda  haroratining  doimiy  bо‘lishligi  termoregulyatsiya 

moslamalari borligi tufayli yuzaga keladi. 



4.  Kо‘pchilik  sutemizuvchilar  uchun  tirik  bola  tug‘ish,  embrionning  ona 

qornida  maxsus  organ  –  yо‘ldoshda  rivojlanishi,  tug‘ilgan  bolasini  sut  bilan 

ovqatlantirish kabi xususiyatlar xosdir. 

Sutemizuvchilar 

yanaо‘ziga 

xos  morfologik  belgilari  bilan  ham 

xarakterlanadi.  Terisi  jun  bilan  qoplangan  va  har  xil  bezlarga  boy.  Bosh  skeleti 

umurtqa  pog‘onasi  bilan  2-ta  ensa  bо‘rtmasi  orqali  birikadi.  Tishlari  maxsus 

chuqurchalarda – alveollarda joylashadi.Bilak bо‘g‘imi orqaga, tizza bо‘g‘imi esa 

oldinga qaratilgan bо‘ladi. Kо‘krak va qorin bо‘shlig‘ini diafragma pardasi ajratib 

turadi. 

Teri  qoplag‘ichlari  boshqa  umurtqali  hayvonlarnikiga  nisbatan  ancha 

murakkab  tuzilgan  va  vazifasi  ham  xilma-xil.  Terisi  hamma  umurtqali-lardagi 

singari  tashqi  epidermis  va  ichki  chin  teridan  iborat.  Epidermisning  ostki  qatlami 

tirik  qoplovchi  hujayralardan  tashkil  topgan  va  malpigiy  qatlami  deyiladi. 

Epidermis  har  xil  teri  hosilalarini  –  soch,  tirnoq,  tuyoq,  kovak  shox,  tangacha  va 

bezlarni beradi. 

Soch  ustki  tana  va  teriga  kirib  turgan  tomirdan  iborat.  Soch  tanasi  yumshoq 

о‘zak moddasidan, uni о‘rab turgan zich pо‘stloq qatlami va yupqa tashqi pо‘stdan 

tashkil  topgan.Soch  tomirining  pastki  uchi  kengayib,  soch  sug‘onini  hosil 

qiladi.Soch sug‘onining pastiga soch sо‘rg‘ichi kirib turadi.Soch sо‘rg‘ichi sochni 

oziqlantirish uchun xizmat qiladi. Soch tomiri chin teriga anchagina botib turadi va 

soch  xaltasiga  joylashadi.  Soch  xaltasiga  yog‘  bezlarining  chiqarish  yо‘llari 

ochiladi. 




Soch shakli va vazifasiga kо‘ra tivit, qil va vibrissalarga bо‘linadi. Kо‘pchilik 

sutemizuvchilar  jun  qoplag‘ichlarining  asosini  kalta,  mayin  tivit  tashkil  qiladi. 

Tivitlar  orasida  uzun  va  yо‘g‘on  hamda  qattiq  qillar  joylashadi.  Yer  tagida 

yashovchi  krotlarda  qil  bо‘lmasdan,  faqat  tivit  bо‘ladi.Bug‘u,  tо‘ng‘iz  va 

tyulenlarda, aksincha, tivit deyarli bо‘lmas-dan, qil bо‘ladi.Tipratikon vajayralarda 

esa  qil  о‘zgarib,  tikonga  aylangan.  Vibrissalar  qо‘shimcha  tuyg‘u  vazifasini 

bajaradi va kо‘pincha hayvonlarning boshida joylashadi. 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish