Zoologiya (umurtqalilar) fanidan


ikki  turidan  fur  va  pellagalar  bilan  o’ralgan



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana29.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#75119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
sut emizuvchilarning umumiy tavsifi. sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi. teri qoplami skeleti va muskullari

ikki  turidan  fur  va  pellagalar  bilan  o’ralgan. 

1

 

HairJust  as  feathers  are  unique  to  birds,  hair  is  only  found  on 

mammals.Mammalian skin has the same two layers found in all vertebrates, an 

outer epidermis and an underlying dermis . The epidermis is much thicker than 

the  dermis  and  is  differentiated  into  a  number  of  layers.  New  epidermal  cells 

form in the bottom stratum germinativum ,and as newer cells form,they push the 

older  cells  above  them  to  the  surface.As  this  happens,cells  become  keratinized, 

and  the  outermost  layer  of  the  skin,  stratum  corneum,  is  formed  from  dead 

keratinized  cells,  which  waterproof  mammalian  skin  and  protect  it  against 

abrasion. 

Epidermisning shox xossalariga yana tangachalar kiradi. Sutemizuvchilarning 

tangachalari  о‘zining  tuzilishi  va  kelib  chiqishiga  kо‘ra  sudralib  yuruvchilarning 

shox  tangachalariga  о‘xshash  bо‘ladi.Tangacha  yasherlarda  kuchli  rivojlangan 

bо‘ladi. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. 

Tuzilishiga  kо‘ra  bir  xil  bо‘lgan  changal  tirnoq  va  tuyoqli  darrandalarda  yashash 

sharoitiga  qarab  har  xil  rivojlangan.  Bularning  hammasi  qattiq  shox  plastinkadan 

va  yumshoq  barmoq  yostiqchasidan  tashkil  topgan.  Shox  hosilalariga  yana 

qoramollarning,  qо‘y  va  echkilarning  shoxi  kiradi.  Bu  hayvonlarning  shoxi 

epidermisdan rivojlanadi va peshona suyagiga qо‘shilib ketadi. Bug‘ularning shoxi 

esa teri hisobidan taraqqiy etadi va suyak tо‘qimasidan tuzilgan. 

                                                           

1

Digital Zoology version 1.0 CD-ROM and Student workbook                                              Jon Housemen 135-140 b 




Sutemizuvchilarning  terisi  tuzilishi  va  vazifasi  jihatidan  har  xil  bо‘lgan 

bezlarga  boy.  Teri  bezlari  epidermis  kurtagidan  hosil  bо‘la-di  va  chin  teri 

bо‘shlig‘iga  botib  turadi.  Yog‘  bezlari  uzum  boshiga  о‘xshab  tuzilgan,  ularning 

chiqarish yо‘li soch xaltasiga ochiladi, sekreti sochni va terini yog‘lab turish uchun 

xizmat  qiladi.  Ter  bezlari  naysimon  shaklga  ega.Bu  bezlarning  chiqarish  yо‘li 

teriyuzasiga  yoki  soch  xaltasining  ustki  qismiga  ochiladi.Terning  97-99%  suvdan 

tashkil topgan.Ter gavda yuzasini sovutib turadi hamda ajratish vazifasini bajaradi. 

Hid  bezlari  ter  va  yog‘  bezlariningо‘zgargan  shaklidir.  Hid  bezi  suvsarlarda 

yaxshi  rivojlangan  bо‘lib,  jinslarini  axtarib  topish,  о‘zlarini  himoya  qilish  uchun 

xizmat  qiladi.Sut  bezlari  ter  bezining  о‘zgargan  sha-kli  bо‘lib,  faqat 

sutemizuvchilarning urg‘ochilarida rivojlanadi. 

Sutemizuvchilarning  chin  terisi  asosan  qon  tomirlariga  boy  bо‘lgan  tolali 

biriktiruvchi tо‘qimadan va teri osti kletchatkasidan iborat. Teri osti yog‘ qatlami 

ayniqsa  kitsimonlar,  sovuq  iqlimda  yashovchi  darrandalarda  va  qishda  uyquga 

ketuvchi sutemizuvchilarda yaxshi taraqqiy etgan. 

Sutemizuvchilarning  skeleti  ham  boshqa  umurtqali  hayvonlar  skeletiga 

о‘xshash bosh, umurtqa pog‘onasi, kо‘krak qafasi, oldingi va orqa oyoq-lar hamda 

ularni kamarlarining skeletlaridan iborat. 

Sutemizuvchilarning  bosh  skeleti  miya  qutisining  kattaligi  ustki  jag‘,  yonoq 

va  tangacha  suyaklaridan  hosil  bо‘lgan.  Chakka  yoyining  bо‘shlig‘i,  suyaklar 

umumiy sonining kamayishi va 2-ta ensa bо‘rtmasi bо‘lishligi bilan xarakterlanadi. 



Pastki  jag‘  faqat  1  juft  tish  suyagidan  tashkil  topgan.  Chunki  qо‘shilish  suyagi 

bolg‘acha,  kvadrat  suyagi  esa  sandon  suyagiga  aylanadi  va  bular  о‘rta  quloq 

bо‘shlig‘iga joylashib, eshitish vazifasini bajaradi. Ensa teshigi atrofidagi 1-ta ensa 

suyagi  va  umurtqa  pog‘onasi  bilan  qо‘shiluvchi  2-ta  ensa  bо‘rtmasi  bor.  Quloq 

suyaklari qо‘shilib, 1 juft tosh suyagini hosil qiladi. 

Bosh  skeletining  tagini  toq  asosiy  ponasimon,  panjara  va  faqat 

sutemizuvchilarga  xos  bо‘lgan  nog‘ora  suyaklari  hosil  qiladi.  Sutemizuvchi-larga 

xos bо‘lgan ikkilamchi suyak tanglay jag‘ oraliq, ustki jag‘ suyagining о‘simtasi va 

tanglay suyagining qо‘shilishidan hosil bо‘ladi. 

Umurtqa  pog‘onasi  5  bо‘limga  –  bо‘yin,  kо‘krak,  bel,  dumg‘aza  va  dum 

bо‘limlariga  bо‘linadi.Umurtqasida  yassi  bо‘g‘im  yuzalari  bor.  Umurtqalar 

yumshoq  tog‘ay  diskalari  –  miniskalar  bilan  bir-biridan  ajralgan.Umurtqalarning 

ustki yoylari yaxshi ajralib turadi.Bо‘yin bо‘limida 7-ta umurtqasi bor. Birinchi 2-

ta  bо‘yin  umurtqalari  boshqa  amniotalardagi  singari  tuzilgan.  Tо‘sh  suyagi 

plastinka  shaklida  bо‘lib,  uning  oldingi  kengaygan  qismiga  tо‘sh  dastasi,  pastki 

qismiga qilichsimon о‘simta deyi-ladi. Bel bо‘limida 2-9 umurtqasi bor. Dumg‘aza 

bо‘limi  4-ta  umurtqadan  tashkil  topgan.Dum  umurtqalarining  soni  ham 

о‘zgaruvchan bо‘ladi. 

Yelka kamari orqa tomonidan tarog‘i bо‘lgan uchburchak shakldagi kurak, 

korakoid va о‘mrov suyaklaridan tashkil topgan.Korakoid kichrayib korakoid 

о‘simtasi kо‘rinishida kurak suyagiga qо‘shilib ketadi.О‘mrov suyagi krot, 

qо‘lqanot, maymun, mushuk va ayiqlarda saqlangan, boshqalarida yо‘qolib ketgan. 




Chanoq kamari 2-ta nomsiz suyakdan iborat bо‘lib, bularning har biri yonbosh

qov va quymich suyaklarining qо‘shilishidan hosil bо‘ladi. Sutemizuvchilarning 

chanog‘i yopiq bо‘ladi, ya’ni ikkala tomonining qov va quymich suyaklari о‘rtada 

о‘zaro qо‘shiladi. 

Erkin oyoqlar skeleti quruqda yashovchi umurtqali hayvonlardagi singari tipik 

tuzilishga ega.Lekin yashash sharoitiga qarab erkin oyoqlar skeleti keskin 

о‘zgarishi mumkin. Keyingi oyoqda sutemizuvchilarga xos bо‘lgan tо‘piq suyagi 

va tizza kosasi suyagi bо‘ladi. 

Muskul  sistemasi  juda  takomillashgan  va  xilma-xildir.  Kо‘krak  va  qorin 

bо‘shliqlarini 

ajratib  turadigan  gumbazsimon  diafragma  muskuli  juda 

xarakterlidir.Bu  muskul  nafas  olish  vaqtida  ishtirok  etadi,  ya’ni  kо‘krak  qafasi 

hajmini о‘zgartirib turadi. Sutemizuvchilarda terini ha-rakatga keltiruvchi teri osti 

muskuli  kuchli  rivojlangan.  Ayniqsa  maymunlarda  kuchli  rivojlangan  va  ularni 

bosh miyasining yuz qismida joy-lashgan mimika muskullari diqqatga sazovordir. 

Sutemizuvchilarning  bosh  miyasi  oldingi  miya  yarim  sharlari  va  miyacha 

hisobiga nihoyatda kattaligi bilan xarakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari miya 

gumbazi  yoki  neopallum  deb  ataladigan  miya  pо‘stlog‘i,  ya’ni  kulrang  miya 

moddasi  bilan  qoplangan.Oldingi  miya  yarim  sharlari  bosh  miyaning  qolgan 

qismlariga  nisbatan  48-75%-ni  tashkil  qiladi.  Miya  pо‘stlog‘i  kо‘pchilik 

sutemizuvchilarda  silliq  bо‘lmasdan,  burma  va  egatchalar  bilan  qoplangan.  Bu 

miya  pо‘stlog‘ining  yuzasini  kengaytiradi.Oraliq  miya  ustki  tomondan 

kо‘rinmaydi.О‘rta miya uchun ularning miya qopqog‘i boshqa umurtqalilardagidek 



2  tepalikdan  emas,  balki  4  tepalikdan  iborat  bо‘ladi.  Bu  tepaliklarni  oldingisi 

kо‘ruv,  keyingi  tepaliklar  esa  eshituv  funksiyalarini  bajaradi.Miyacha  bir  necha 

bо‘limlarga  bо‘lingan.  Bosh  miyadan  12  juft  bosh  miya  nervlari  chiqadi.Sezuv 

organlaridan  hidlov  organlari  juda  kuchli  rivojlangan  va  sutemizuvchilarning 

hayotida muhim ahamiyatga ega. Hid biluv organlari yordamida bu hayvonlar  о‘z 

dushmanlarini aniqlaydi, о‘ljasini va jinslarini axtarib topadi. Sutemizuvchilarning 

hidlov bо‘limida talaygina panjara chig‘anoqlardan iborat murakkab burun labirinti 

hosil bо‘ladi. 

Eshitish  organi  yaxshi  rivojlangan.  Ichki  vaо‘rta  quloqdan  tashqari  tashqi 

eshitish  yо‘li  va  quloq  suprasining  bо‘lishi  sutemizuvchilar  uchun  xarakterlidir. 

О‘rta  quloq  bо‘shlig‘ida  uzangi  suyakchasidan  tashqari  sandon  va  bolg‘acha 

suyaklari joylashadi. 

Kо‘rish  organi  boshqa  sezuv  organlariga  nisbatan  soddaroq  tuzilgan.  Kо‘z 

tarog‘i yо‘q va akkomodatsiya hodisasi kipriksimon  muskullarining qisqarishi va 

kо‘z gavhari shaklining о‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. 

Ovqat  hazm  qilish  organlari  og‘iz  bо‘shlig‘idan  boshlanadi.  Uning  ol-dingi 

tomonida  gо‘shtdor  lablari  bо‘ladi.Og‘iz  bо‘shlig‘i  bilan  lablar  orasida  jag‘ning 

tashqi tomonida lunj bо‘ladi. Jag‘ suyaklaridagi maxsus chuqurchalar – alveollarda 

tishlar joylashadi. Tishlar bajarayotgan fun-ksiyalariga qarab kurak, qoziq, yolg‘on 

oziq  va haqiqiy  oziq  tishlariga  bо‘linadi.Yoshlik davrida  sut tishlari bо‘lib,  keyin 

ular doimiy tishlar bilan almashinadi. Og‘iz tо‘rida gо‘shtdor til joylashgan.Og‘iz 

bо‘shlig‘iga  sо‘lak  bezlarining  chiqarish  yо‘llari  ochiladi.  Sо‘lak  bezlarining 




suyuqligi  og‘iz  bо‘shlig‘ida  ovqatga  1-inchi  marta  kimyoviy  ta’-sir  kо‘rsatadi, 

ya’ni kraxmalni shakarga aylantiradi. Tishlar yordamida maydalangan, sо‘lak bilan 

qisman  parchalangan  va  hо‘llangan  ovqat  luqma-si  qizilо‘ngachga  va  undan 

oshqozonga о‘tadi. 

Ovqat  xarakteriga  qarab  oshqozon  turlicha  tuzilgan.  Dag‘al  ovqatlar  bilan 

oziqlanuvchi – kavsh qaytaruvchilarning oshqozoni murakkab tuzilishga ega, ya’ni 

4  bо‘limga  bо‘linadi:  qarta,  tо‘r  qorin,  qat  qorin  va  shirdon.  Qartadan  ovqat 

luqmasi  tо‘r  qoringa  va  undan  yana  og‘izga  tushadi.  Og‘izda  ovqat  tishlar  bilan 

maydalanadi va sо‘lak bilan hо‘llanib, 2-inchi marta yutilganda, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri 

tо‘r qoringa tushadi. 

Ichak  oshqozondan  boshlanib,  ingichka,  yо‘g‘on  va  tо‘g‘ri  ichaklarga  bо‘-

linadi. Ingichka va yо‘g‘on ichak chegarasidan kо‘richak chiqadi. Dag‘al о‘sim-lik 

bilan  ovqatlanuvchi  hayvonlarning  ichagi  gavdasiga  nisbatan  juda  uzun  bо‘ladi. 

Masalan,  kо‘rshapalaklarda  2,5  barobar,  qо‘ylarda  esa  29  barobar  uzun.  Jigar 

diafragma  tagida  joylashadi.О‘t  yо‘li  va  oshqozon  osti  bezining  chiqarish  yо‘li 

ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi. 

Gaz  almashinish  qushlardagi  singari  о‘pkada  bо‘ladi.Teri  orqali  fa-qatgina 

1%  kislorod  qon  tomirlariga  kiradi.Sutemizuvchilarning  hi-qildog‘i  murakkab 

tuzilgan.Uning  asosida  uzuksimon  tog‘ay  joylashgan.  Hiqildoqning  oldingi  yon 

devorlarini faqat sutemizuvchilarga xos bо‘l-gan qalqonsimon tog‘ay tashkil qiladi. 

Hiqildoqning 

orqa 


tomonidan 

juft 


chо‘michsimon 

tog‘aylar 

joylashgan.Qalqonsimon  tog‘ayning  oldingi  qirrasiga  Hiqildoq  usti  tutashib 



turadi.Hiqildoqning  ichki  pardasida  ovoz  chiqaruvchi  tovush  pardalari 

bо‘ladi.Hiqildoq traxeyaga ochiladi. 

Traxeya 2-ta bronxga ajraladi vaо‘pkalarga kiradi. Bronxlar о‘pkaga kirgach, 

mayda naychalarga shoxlanadi va oxirida alveol pufakchalar ho-sil qiladi. Buning 

natijasida о‘pkaning hajmi gavda yuzasiga nisbatan 50-100 barobar oshadi. Nafas 

olish  akti  2  yо‘l  bilan  о‘tadi:  bir  tomondan  qobirg‘alararo  muskulining  faoliyati 

tufayli,  2-inchi  tomondan  dia-fragma  pardasining  yuqoriga  kо‘tarilishi  va  pastga 

tushishi natijasida kо‘krak qafasining hajmi о‘zgaradi. 

Sutemizuvchilarning  yuragi  qushlarniki  singari  4  kamerali  bо‘lib,  katta  va 

kichik  qon  aylanish  doiralari  tо‘liq  ajralgan.  Chap  yurak  qorin-chasidan  toq  chap 

aorta yoyi chiqadi. Odatda chap aorta yoyidan nomsiz arteriya chiqib, о‘ng о‘mrov 

osti  va  uyqu  arteriyalariga  ajraladi,  chap  о‘mrov  osti  arteriyasi  aorta  yoyidan 

mustaqil  chiqadi.  Orqa  aorta  umurtqa  pog‘o-nasining  ostida  joylashadi  va  ichki 

organlarga qon tomirlar ajratadi. 

Venoz sistemasi uchun buyrak qopqa sistemasi yо‘qligi xarakterlidir.Bundan 

tashqari, toq venalarning bо‘lishi xarakterli bо‘lib, ular tuban umurtqali hayvonlar 

kardinal  venalarining  rudimenti  hisoblana-di.Oldingi  tomondan  ba’zilarida  juft, 

ba’zilarida  toq  oldingi  kovak  venaga  tо‘planib,  ular  о‘ng  yurak  bо‘lmasiga 

quyiladi.О‘ng  yurak  qorincha-sidan  venoz  qon  о‘pka  arteriyasi  bilan  о‘pkalarga 

boradi  va  kislorod  bi-lan  tо‘yingan  qon  о‘pka  venasi  nomi  bilan  chap  yurak 

bо‘lmasiga quyiladi. 



Sutemizuvchilarning  ayirish  organi  bо‘lib  bel  bо‘limida  joylashgan  juft 

chanoq buyragi xizmat qiladi. Buyragi loviyasimon shaklda bо‘ladi va yuza qismi 

pо‘stloq  hamda  ichki  mag‘iz  qatlamlaridan  tashkil  topgan.  Pо‘stloq  qatlami 

ingichka  naylardan  tashkil  topgan  va  ular  orqali  qon-dan  ortiqcha  suv  hamda 

parchalanish  mahsulotlari  tо‘planadi.Mag‘iz  qatlami  bir  qancha  yig‘uvchi 

naylardan  iborat  va  bu  yerga  pо‘stloq  qavat  naychalari  ochiladi.Bu  naychalar 

buyrak  jomiga  ochiladi.Buyrak  jomidan  siydik  yо‘liga,  siydik  yо‘li  esa  siydik 

pufagiga  ochiladi.Siydik  pufagidan  siydik-tanosil  teshigi  orqali  tashqariga 

chiqariladi. 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish