: sezgi, idrok
va
tasavvur.
Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning
biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida
qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan
predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur
xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning
xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi
bilimlarni
umumlashtirishga
, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini
ochishga harakat qiladi. Bu borliqni
tushuncha, hukm
va
xulosa chiqarish
da ifodalovchi tafakkur yordamida amalga
oshiriladi.Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy
madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning
mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy
fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar
o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz
natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash
usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni
o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi.Mantiqiy
fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham
ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning
uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda
mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir.
Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash
madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng
foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |