Mavzy №11
. Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar
Reja:
1.Mantiq ilmining fanlar tizimidagi orni.
2.
Tushunchaning tilda ifodalanishi
tuzilishi
: nom va termin
.
3. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar
4. Fikr yuritishda tushunchalar bilan boglik xatoliklari
I.Mantiq ilmining fanlar tizimidagi orni.
Talaba ushbu mavzuga tayyorgarlikda Sharipov
M., Fayzixoʻjayeva D., Mantiq (maʼruzalar matni)da foydalanishini tavsiya etamiz
.
Mantiq arabcha
so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va
Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib
“so’z”, “fikr”, “nutq”,“aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos
solgan.Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar
mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i”
kabi jumlalar biz
tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi. Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.
Birinchidan,
bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu
ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil
etuvchi
narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi
zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu
sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.
Ikkinchidan,
mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi.
Bu qonuniyatlar
sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa
va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Uchinchidan,
mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan
bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar
keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-
texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish
an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.Ilmiy bilishda formal mantiq bilan
bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq
hodisalar o’zaro
aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning
yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir.
Chunki
mantiq fanini o’rganish ob'ektini
tafakkur
tashkil etadi.Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos
etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi
mavjud