Bog'liq Mavzy ¹11. Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar Reja
taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kiradi:a)
taqqoslash yordamida predmetlarni boshqalari bilan o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash
va umumiy belgilari hamda boshqalaridan ajratib turuvchi yakka belgilari aniqlanadi;b)
analiz yordamida predmetni
fikran tashkil qiluvchi muhim belgilar alohida ajratilib, har qaysisi o’rganiladi.
Sintez analizga teskari jarayon bo’lib,
unda fikran ajratilgan predmetning belgilari birlashtirilib, bir butun holga ketiriladi. Sintez yordamida predmet haqida
yaxlit fikr hosil qilinadi; c) abstraktsiyalash yordamida predmetning umumiy va yakka belgilaridan uning mohiyatini
tashkil etuvchi muhim tomonlarlariga o’tiladi hamda nomuhimlaridan chetlashiladi; d) umumlashtirishda
predmetlarning ayrim umumiy o’xshash, muhim xususiyatlariga ko’ra bitta umumiy tushunchaga birlashtiriladi va
shu yordamida umumiy belgiga ega predmetlarning sinfi haqida fikr yuritiladi. Tushunchalar so’z va so’z birikmalari
orqali ifodalanadi. Masalan: “kitob”, “kompyuter”, “Navoiy shahri”, “Birlashgan millatlar tashkiloti” va hakozo.
Tushuncha va so’zning aloqadorligi tafakkur bilan tilning bog’liqligidan kelib chiqadi. Tushuncha va so’z aynan bir
xil bo’lmasdan bir tushuncha turli xil tillarda turlicha ifodalanadi yoki ba'zi so’zlar (bog’lovchilar) tushunchalarni
ifodalamaydi. Turli fan sohalarga oid tushunchalarni tushunchalarni mazmunini aniq ifodalash uchun maxsus
terminlardan foydalaniladi.
III . Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar . Talaba tushuncha mohiyaiga etibor qaratadi. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash
tushunchalar ustida olib boriladigan mantiqiy amallardan biridir. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi
teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshadi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan
hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) o’tishdan iborat mantiqiy amal bo’lib, bunda tor
hajmdagi tushunchalar keng hajmdagi tushunchalarga bo’ysunish munosabatida bo’lishi lozim.
Tushunchani umumlashtirish amali Eyler doirasi bilan qo’yidagicha ifodalanadi.
D Sazan
S Baliq
V hayvon
ATirikmavjudot
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor
tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha jins tushuncha
deb qabulqilinib, undan hajmi keng tur tushunchaga o’tiladi. Tushunchani chegaralash amalining sxemasi
qo’yidagicha:
D Tirik mavjudot