Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Kvazarning ko‘rinadigan 
joylashuvi 
Kvazar 


117 
Keyingi bir necha o„n yilliklar davomida ilmiy kuzatuv va tahlil asbob-
uskunalarining tobora rivojlanib borishi bilan, astronomlar koinotning bizning 
galaktikamiz chegaralaridan juda-juda olis masofalargacha cho„zilganligini anglab 
yetishdi. 1929 yilda AQSHlik astronom Edvin Xabbl, muayyan galaktika bizdan 
qancha olisda joylashgan bo„lsa, uning bizdan uzoqlashuv tezligi ham shunchlik katta 
bo„lishini aniqladi. Bu hodisani, galaktikaning koinot bo„ylab ko„chishi tarzida emas, 
balki, Butun Olamning – Koinotning o„zini kengayayotganli sababli akenligini 
ta‟kidlash joiz. Yanan rezina shar misoliga qaytamiz: uni puflab shishirganimiz sari, 
shar yuzasidagi nuqta yonma-yon qo„shni nuqtalardan tobora uzoqlashib boradi, lekin 
bunda uning o„zi yuza bo„ylab joydan-joyga aslo ko„chmaydi. Ushbu effekt 
koinotdagi manzaraga juda-juda o„xshashdir: koinotdagi jismlar ham, olamning - 
makonning kengayayotganligi sababli harakatdadirlar.
Xabbl taklif qilgan uzoqlashayotgan galaktikalar manzarasi, Eynshteynning 
statik koinoti manzarasidan farq qilar edi. 1922 yilda rus fizigi Aleksandr Fridman 
(1888-1925) gomogen va izotrop koinotda ham kengayish, ham qisqarish hodisalari 
yuz berishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Unga ko„ra, kengayishni to„xtatishi 
mumkin bo„lgan kuch – gravitatsion tortishish bo„lishi kerak ekan. Gerogiy Gamov 
o„zining tarjimai holida shunday yozgan edi: «
Kosmoligiya muammolari haqida fikr 
yurita turib Eynshteyn, kosmologik doimiyni joriy etish, mening hayotimdagi eng 
katta xatoim bo„lgan bo„lishi mumkin – deb aytgandi
». Biroq, kosmologik doimiy 
astronomlarni hayratga soldi: 1990 yillar oxirida yetakchi astronom olimlar 
tomonidan qayd etilgan fikrga ko„ra, Koinotning kengayishini gravitatsion tortishish 
hecham kompensatiyalamas ekan va kengayish, fizik-nazariyotchilar uchun ko„plab 
jumboqlarni taklif etgan tarzda, tobora tezlashib borayotgan ekan.
Yangicha gravitatsiya nazariyasi endi-endi taraqqiyot yo„nalishiga tushib olgan 
baxtiyor 1920 yillarda, Eynshteyn kvant mexanikasi atrofida yuzaga kelgan ochiq 
ilmiy munozaralar ishtirokchisiga aylandi. Nisbiylik nazariyasidan farqli o„laroq, 
kvant mexanikasi bir necha o„nlab yukask zakovatli fiziklarning hamjihatlikdagi 
umumiy mehnatlari evaziga dunyuga kelgan bo„lib, unda muayyan ketma-ketlik yoki, 
izchillikni ko„rish mushkul edi. Ustiga-ustak, kvant mexanikasi tabiatining o„zi ham, 
mumtoz fizika qonuniyatlarining hech biriga muvofiq kelmasdi. 
Bu nazariyani ko„plab nufuzli olimlar ham qattiq tanqid ostiga olishdi. Nils 
Bor esa shunday degan edi: «
Kvant mexanikasi bilan birinchi tanishuvdayoq qalbida 
hayajon sezmagan kishi, uni tushunishga qodir bo„lmaydi
». Shryodinger esa, kvant 
mexanikasining shakllanishida ishtirok etgani uchun afsuslangan: «
Bu nazariya 
menga yoqmaydi va men u bilan aloqdor bo„lganimdan afsusdaman
». Eynshteyn esa, 


118 
bu borada o„ziga hos aforistik uslub bilan (garchi uning aforizmlari har doim ham 
xushkalom bo„lmagan bo„lsa-da) yondoshgan edi: «
Kvant mexanikasi qanchalik 
muvaffaqiyatga erishgani sari, u shunchalik tutruqsiz tuyulaveradi
».
Ichida mazkur nazariyaning tamal toshini qo„ygan o„tkir zehnli olimlar ham 
bo„lgan ko„p sonli muholiflarning ishonchsizlik bilan yondoshuvlariga qaramasdan, 
kvant nazariyasi keyingi avlod olimlarining qat‟iyat va sinchkovlik bilan olib borgan 
favqulodda aniqlikdagi tajribalari tufayli yuzga chiqqan ulkan ilmiy kashfiyotlari 
silsilasida ilm-fanda baribir o„z mustahkam o„rniga ega bo„ldi. Pol Dirak aytganidek, 
juda oz nazariyalar haqidagina, «
Fizikaning katta qismini va kimyoni to„la egallagan
» 
- deb ta‟rif berish mumkin.
Eynshteynga qaytib, yana yorug„lik haqidagi munozarani yodga olamiz. Uni 
eng birinchi bo„lib ilhomlantirgan narsalardan biri – yorug„lik nuri edi. Yorug„lik 
nurining Quyosh massasi bilan to„qnashuvidan keyin o„z trayektoriyasidan og„ishi 
ma‟lum bo„lgach, olim butun dunyoga dong„i ketgan tirik afsonaga aylandi. Lekin bu 
bilan yorug„lik haqidagi mulohazalrning yakuni keldi degani emas edi. Eynshteyn 
yorug„likning tarigi tarafidan – kvant mexanikasi nuqtai nazaridan yondoshuv ila 
yangi mulohazalrga kirishdi. Aynan shu sababli, XX asr ilm-fanining ikkita eng 
yuksak imoratlari barpo etildi: nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi.
Ehtimol men, yaramas kvantlar bilan to„qnahs kelmaslik uchun
doimo kallasini nisbiylik tuprog„iga tiqib berkitib oladigan 
tuyaqushga o„xshasam kerak
.

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish