109
«
Og„ish effekti hammasidan ham, Quyoshga eng yaqin joylashgan yulduzlar
nurlari bilan yaqqolroq seziladi. Shu sababli ham kuzatuv olib borish uchun
eng qulay va yagona fursat bu - Quyoshning to„liq tutilishi jarayonidir. Hatto
shu holatda ham, Quyosh gardishining chetlaridan ma‟lum yorug„lik miqdori
chiqib turadi va diskdan ancha olis masofalarga tarqaladi. Yulduzlarni
kuzatuvchi astronom, yorug„lik nurin ing og„ish ni ko„rish va aniq hisoblash
uchun eng qulay fursat 29-may ekanligini aytadi. Ushbu kunda Quyosh o„z
orbitasi bo„ylab harakatlanish jarayonida turli xil zichlikdagi yulduz to„dalari
orqali o„tadi; 29 mayda u yulduzli osmonda eng yaxshi ko„rinadigan juda
yorqin yulduzlar turkumi o„rtasidan – Giad
1
to„dasidan o„tadi
».
Kembrij universiteti va Qirollik astronomiya jamiyati hamkorlikda Shimoliy va
Janubiy yarimsharlarning har ikkisidan ham kuzatishni amalga oshirish birvarakayiga
maqsadida ikkita ilmiy ekspeditsiya tashkillashdi. Ulardan biri ekvatorni kesib o„tib
janubga – Braziliyaning Sobral shahri yaqiniga yo„l olgan bo„lsa,
ikkinchisi esa
shimolga – Gvineya qo„ltig„idagi Prinsipi oroliga tomon safar qildi.
Shimoliy ekspeditsiya noqulay ob-havo sharoiti tufayli barbod bo„lishiga oz
qoldi. Tutilish yuz beradigan kuni qalin bulutlar osmonni butunlay qoplab oldi va erta
tongdanoq yomg„ir sharros quya boshladi. Kunduzi soat 13
30
lar chamasida
Quyoshning ilk nurlari ko„rinish bergan bo„lsa hamki, baribir osmondagi bulutlar
ko„pik singari butun samoni egallab, nisbiylik nazariyasini tekshirilishi lozim bo„lgan
sahnani to„sib turaverdi. Oy diski Quyoshni to„sib qo„yishni boshlashi hamonoq
Artur
Eddington g„oyat hayajon bilan shosha-pisha osmonni fotosuratga ola boshladi.
Uning harakatlarida jazava va asabiylashish kuzatilardi. Chunki uzoq kutilgan noyob
fizik hodisani fotoplyonkaga muhrlab olish uchun uning ixtiyorida atiga besh
daqiqacha vaqt bo„lib, shu besh daqiqani ham osmondagi bulutlar undan qizg„anardi.
Bulutlar Quyoshni to„sib qo„yaverdi. Eddington olib ulgurgan 16 dona fotosuratdan
atiga ikkitasidagina Giad yulduz to„dasi ko„rinish bergan. Olim sabrsizlik bilan hisob-
kitoblarga kirishdi.
Sobralda-chi? U yoqda nima yuz bergan edi? Braziliya ekspeditsiyasi rahbari Endryu
Krommelin
hikoya qilganidek, Janubiy yarimsharda ham ob-havo olimlarni
asabiylashishga majbur qilgan: Lekin ularning baxtiga «
Aynan
Quyosh tutilishi
arafasida osmon musaffolashib, bulutlar tarqab ketdi. Tutilish davom etgan 4-5
daqiqa mobaynida, osmonning Quyosh joylashgan qismida voqe‟likni to„suvchi hech
narsa bo„lmadi
».
Eddingtonning tahlillari nisbiylik nazariyasi tarafdorlarining xulosalarini tasdiqladi: u
Giad yulduz to„dasidagi yulduzlarning bir yil avval yozda Angliyada olingan, lekin
1
Buzoq yulduz turkimi o„rtasidagi yulduz to„dasi –
tarjimon izohi
.
110
hali ularning nurlariga og„ish ta‟sir qilmagan
paytdagi fotosuratlari bilan, Quyosh
tutilishi paytida olingan fotosuratlarini qiyosan tekshirdi. Astronom tantanavor tasdiq
bayon qildi: 29 mayda yulduz nurining og„ish burchagi 1.7 sekundni tashkil qildi!
Do'stlaringiz bilan baham: