“Iqtisodiyot nazariyasi”
Variant-4
1.Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar
2.Marjinal unumdorlik nazariyasi
3.Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari
1.Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar,maktablar vujudga kelgan.Ular jamiyat boyligining manbai nima,u qayerda va qanday qilib ko’payadi,degan savollarga javob topishga urinishgan.Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan.Bu oqim tarafdorlari odamlarning,jamiyatning boyligi puldan,oltindan iborat,boylik savdoda,asosan,tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo bo’ladi,ko’payadi,savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat,boshqa mehnatlar esa unumsizdir,deb tushuntirib keldilar.Keyinchalik,iqtisodiy bilimlar rivojlanib,takomillashib borgani sari,ayirboshlash,ya’ni bevosita savdo jarayonida mahsulot yaratilmasligi,faqat ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda qiymatning ko’payishi ma’lum bo’lib qoldi.Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar.
Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan.Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi,degan g’oyani olg’a surdilar.Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur “Iqtisodiy jadval”asarini yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi.Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi.Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi.Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi,almashuv jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y beradi,tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo’ladi.F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o’rin egallaydi.Uning fikricha,yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan.F.Kene sof mahsulot bilan qo’shimcha mahsulotni chalkashtirib,ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi.U qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi,ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab,uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi,deb tushuntiradi.Bu yerda u o’zi bilmagan holda qiymat bilan naflilikning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi.F.Kene ta’limotini A.Tyurgo,Dyupon de Nemur va boshqalar davom ettirdi.Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib,boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.
2.Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishining bozor tizimi to’g’risidagi marjinalizm deb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi.U inglizcha so’zdan olingan bo’lib,so’nggi,qo’shilgan degan ma’noni beradi.Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (K.Menger,F.Vizer,Bem-Baverk va boshqalar) bo’lib,ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining,qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqiladi.Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo’llaniladi.
3.Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo’lganligi uchun har qanday mahsulot,shu jumladan,bozor sharoitidagi yoki unga o’tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega:iste’mol qiymatiga,ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo’lib,jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o’zida mujassamlashtiradi.Bu tovarning o’zaro bog’liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir.Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi.Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib,kishilar ehtiyojini qondirish ekan,uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o’sishida,ko’payishida ko’rinadi.Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni,ya’ni iste’mol qiymatini yaratish,ko’paytirish va qiymatlarning o’sish jarayoni hisoblanadi,uning asosiy maqsadi esa,iste’mol qiymatini,ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo’lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo’yishi uning ijtimoiy yo’nalishini ifoda etadi.Lekin bu umumiy ijtimoiy yo’nalish aniq kishilarning,tadbirkorlarning manfaati bilan bog’langandagina amalga oshadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o’tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni,sarflangan vositalariga,pul mablag’lariga nisbatan ko’proq qiymatga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yadi.Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan,naflilikni yaratish jarayoni bo’lsa,ikkinchi tomondan,qiymatning o’sish jarayoni bo’lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish,bir tomondan iste’mol qiymatini yaratish va ko’paytirishidir,ikkinchi tomondan,moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi,yangi qiymatning yaratilishi,boshqacha qilib aytganda,qiymatning o’sish jarayonidir.Bu ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
HBA-71 Sotvoldiyev Jasurbek
Do'stlaringiz bilan baham: |