David Gilbert
Gilbert 1862 yilda, Prussiya shahri bo„lgan Kyoningsbergda (hozirgi Kaliningrad) tug„ilgan. U juda
ajoyib va yorqin ilmiy faoliyat olib bordi. Gilbert eng avval boshdanoq, o„zi tallquli bo„lgan avlod
matematiklarining yetakchisiga aylangandi. Feliks Klyayn bilan birgalikda u Gyottingen
universitetini dunyoning eng kuchli matematik tadqiqotlar markaziga aylantirishdi. 1900 yilda
Parijda bo„lib o„tgan matematiklarning xalqaro konferensiyasida Gilbert, matematika fanining
keyingi taraqqiyot yo„nalishini belgilab berishi lozim deb hisoblagan 23 ta masaladan iborat
ro„yxatni e‟lon qiladi. Eynshteyn bilan yuzaga kelgan kuchli ilmiy raqobatga qaramasdan, ular
orasidagi munosabatlar doimo samimiy va do„stona bo„lib, raqobat istisnosiz ravishda faqat va faqat
ilmiy ma‟noda edi. Olimlar tanishgan dastlabki paytlardanoq kuchli o„zaro hurmat bilan
munosabatda bo„lar edilar. Aytish mumkinki, bu ikki olim xarakteri va dunyoqarashi bo„yicha juda
ko„plab umumiylik bor edi. Ularning har ikkalasi ham, birinchi jahon urushidagi nemis
interventsiyasini qo„llab-quvvatlash to„g„risidagi deklaratsiyani imzolashdan bosh tortishdi.
Eynshteynda ham, Gilbertda ham shizofreniyaga uchragan dardmand o„g„il farzand bor edi.
Shuningdek, bu olimlar uchun umumiy bo„lgan jihatlardan yana biri qanotli iboralarga, aforizmlarga
bo„lgan intilish hamdir. Gilbert shunday degan: «
Ilmiy ishning ahamiyatini, bungacha e‟lon qilingan
va o„sha ishga ko„ra ortiqchaga aylanib qoladigan
boshqa ishlarning soniga ko„ra baholash mumkin
».
Buyuk matematik 81 yosh umr ko„rdi va hayotining
oxirgi
yillarida
o„zi 30 yil davomida mehnat-
mashaqqatlar evaziga barpo qilgan betakror matematik
maktabini natsistlar tomonidan marazlarcha barbod
qilayotganliklarini alam bilan, lekin hech narsa qila
olmasdan faqat kuzatib o„tirishiga to„g„ri keldi. 1934
yilda oliy darajadagi marosimlarning biriga taklif etilgan
David Gilbert, fashistlar Germaniyasining madaniyat
vaziri tomonidan berilgan, olmon matematikasining,
so„nggi paytlarda mamlakatda olib borilgan millatchilik-
ijtimoiy tozalov ishlaridan qanday zarar ko„rgani haqidagi
savolga javoban, istehzo va o„kinch bilan shunday degan
ekan: «
Zarar ko„rdi deysizmi? Matematiklar umuman
zarar ko„rishmadi janob vazir! Shunchaki, endi ular
umuman yo„q
!...»
Vanihoyat 18-noyabr kuni Eynshteyn yorug„likka chiqdi. Uning nazariyasining
so„nggi talqinlaridan biri, 1859 yilda farang falakshunosi Urben Leverye tomonidan
bayon etilgan va uzoq vaqt mobaynida, Nyuton fizikasi doirasida tushuntirishning
102
iloji bo„lmay kelayotgan anomaliya – Merkuriy sayyorasi orbitasi persessiya
1
sining
anomal og„ishi masalasiga oydinlik kiritdi. Nazariya shuningdek, yorug„lik nuri
trayektoriyasining ham tortish maydoni ta‟sirida egrilanishini taxmin qilar edi.
Eynshteyn tenglamalari kichik intensivlikdagi gravitatsion maydonlarga taaluqli
Nyuton formulalari sari yetaklayotgan edi va bu kashfiyot uni bir necha kungacha
eyforiya holatiga solib qo„ydi.
1915 yilning 25-noyabrida Eynshteyn maydon tenglamasining o„z talqinidagi
ko„rinishini Berlin Fanlar Akademiyasiga taqdim etdi: «
Nihoyat, umumiy nisbiylik
nazariyasi mantiqiy izchillik kasb etdi
». Bungacha besh kun muqaddam esa, Gilbert
ham Gyottingen fanlar akademiyasida o„zining aksiomatik dasturi bilan chiqish
qilgan edi. Bu ilmiy musobaqada kim g„olib bo„ldi?
Garchi Gilbert o„z ilmiy natijalarini birinchi bo„lib e‟lon qilgan bo„lsa ham,
uning Gyottingen universitetidagi ma‟ruzalar asosida yozilgan dastlabki maqolasida
maydon nazariyasi bo„yicha tayinli tenglamalar mavjud bo„lmagan. Gilbertning
ishlarida gravitatsiya maydoni nazariyasiga oid o„rinli tenglamalar mavjud
bo„lmagan. Ular Gilbertda faqat 1916 yil martida e‟lon qilingan maqolalardagina
paydo bo„ladi. demakki, birinchilik baribir Eynshteynga tegishlidir. Agar biz
kondalang qo„yilgan masalaning ko„lami va har ikkala olimning u bo„yicha olgan
natijalarini qiyoslasak, Eynshteynning bu masalani juda puxtalik bilan yechgani,
Gilbert esa, anchayin ko„zga tashlanarli xatoliklarga yo„l qo„yganini ko„ramiz.
Gilbert amaliy tajriba nuqtai nazarini deyarli butunlay inkor etgan (ya'ni u
eksperimental sinovlarni shart emas deb hisoblagan). Gravitatsiyaning relyatvistik
tadqiqi Gilbertning aksiomatik nazariyasining muhim jabhalaridan biri bo„lgan.
Uning mazkur nazariyasi esa, nafaqat gravitatsiyaning relyatvistikasini, balki,
elektromagnetizm hamda uning materiya bilan o„zaro ta‟sirini ham qamrab olgan edi.
Buyuk matematik olim, fizikaning barcha fundamental te nglamalari, uning o„zi
«olam funksiyasi» deb atagan universial funksiyadan keltirib chiqarilishi lozim deb
hisoblagan. U shuningdek bunday fundamental fizik tenglamalarning xossalarini ham,
bir juft aksioma bilan ta‟riflash mumkin bo„lishi kerak deb ta‟kidlagan. Uning
ma‟ruzalari «Fizika asoslari» deb nomlanar edi. Bu ma‟ruzalarda borgan mavzular va
yuritilgan fikrlarga asosan xulosa qilinsa, «endilikda geometriyaga o„xshash fan
shakllanishi kerak» edi.
Matematik Gilbert, nazariyotchi fizik Eynshteynga qaraganda nisbatan
murakkabroq ilmiy matematik-apparatlarni ishga soldi va ba‟zi masalalarni
to„g„ridan-to„g„ri usul bilan yechdi. Biroq, elektromagnetizm va nisbiylik nazariyasini
o„zaro unifikatsiyalashga bo„lgan urinish va shu asnoda atom ichidagi yuz beradigan
jarayonlarning mohiyatini anglashga harakat qilishga qaratilgan faoliyat Gilbertgfa
1
Persessiya – jism impuls momentining, tashqi kuch momenti ta‟sirida fazoda o„z yo„nalishini
o„zgartirishi hodisasi.
103
muvaffaqiyat keltirmadi. Umuman olganda Eynshteyn, Gilbert talpingan muddaoga
erishuvning amalda imkonli bo„lishi uchun odamzot aql-zakosidan ham kuchliroq
favqulodda ong va tafakkur talab etiladi deb hisoblar edi.
Ehtimolki, Gilbertning shogirdi bo„lgan va o„z ilmiy faoliyati orqali nazariy
fizikaga ulkan hissa qo„shgan olimlardan biri German Veyl, ustozi va Eynshteyn
o„rtrasida kechgan ilmiy munozaraning mohiyatini barchadan ham chuqorroq
anglagan bo„lsa kerak. U shunday deb yozgan edi: «
Do'stlaringiz bilan baham: |