99
mumkindir. Agar ular tozalangan, eski yo„ldan hotirjam yurib borishda davom
etishayotgan bo„lsa, fiziklar uchun esa o„tib bo„lmas o„rmonni yo„l-yo„lakay kesib
yurish orqali, avvaldan yaxshi tanish bo„lgan tushunchalarni ham qaytadan yangi
talqinlar ila kashf etib borishga to„g„ri kelmoqda
». O„zi ham «o„tib bo„lmas
o„rmon»ni ochib, ta‟bir joiz bo„lsa, qo„riq yerlarni o„zlashtirib
yangi ilmlarni
egallagandan biri bo„lgan Minkovskiy, sobiq shogirdining topqirligidan juda
hayratlangan va xursand bo„lgan edi. Uning «
Ox, bu doim darslarni qoldirib yurgan
Eynshteyn! Hech qachon uning bunday ishga qodir deb o„ylamagandim!
» - deb xitob
qilib yuborgani ma‟lum.
Afsuski o„sha davrning ilg„or fikrli va yetuk olimlaridan bo„lgan German
Minkovskiy, appenditsit tufayli to„satdan vafot etdi. Uning nisbiylik nazariyasi
borasidagi boshlagan ishlari esa tugallanmay qolib ketdi. Minkovskiy bilan juda
yaqin do„st bo„lgan David Gilbert, uning o„limidan nihoyatda qattiq iztirobga tushib
qoldi. U o„zining fizikaga bo„lgan munosabatini ham keskin o„zgartirishga qaror qildi
va marhum do„stining g„oyalarini davom ettirishga kirishdi: «[...]
shu bilan birga,
fizik hodisalarni tushunishning kaliti matematiklarda bo„lsa hamki, yozma
mulohazalarda fiziklar muhim mantiqiy jihatlarni osonlik bilan tashlab keta
olishadi
». Rasmiyatchilikdan holi bo„lgan, maishiy vaziyatlardan birida Gilbert
«
Fizika juda qiyinlashib, fiziklarning o„ziga tashlab qo„yib bo„lmaydigan bo„lib
qoldi
» - degan edi.
Ataylabdanmi, yoki, aksincaha, harholda Gilbert o„zining eski qadrdoni
boshlagan ishni davom ettirishga kirishdi. Uning erishgan emg muhim yutuqlaridan
biri, geometriya uchun aksiomalar tadbiq etgani bo„lib, endi u shu ishni fizika uchun
ham bajarmoqchi edi. Gilebrtning shunday shiori bor edi: «
Biz matematikani isloh
qildik, endi fizikaning gali keldi, keyin esa kimyoga o„tamiz
». U o„sha paytda umumiy
nisbiylik nazariyasi ustida ish olib borayotgan Eynshteyn bilan uchrashganida, aynan
shu ishlar bilan shug„ullanmoqda edi.
Birinchi jahon urushi boshlanganidan buyon deyarli bir yil o„tdi. Urushning
hali adog„i ko„rinmasdi. 1915 yilning aprelida nemislar Ipr daryosi bo„yida
havoga
xlor sochib, tarixda ilk marta kimyoviy qurollardan foydalanishdi. Qazilga okoplarni
sarg„ish-yashil tusdagi tuman qoplab oldi. Qon to„kishlarsiz bo„lsa hamki, nisbiylik
nazariyasi borasida keyingi rivojlanish bosqichlarga erishish yo„lida ham o„ziga xos
qarama-qarshilik, ya'ni, ilmiy kurash boshlandi. Iyun oyi oxirida Gilbertning taklifiga
ko„ra Eynshteyn Gyottingenga yo„l oldi. Olim u yerda 6 ma‟ruzadan iborat sikl
orqali, nisbiylik nazariyasi haqida axborot bermoqchi edi. Gilbert uni mehmonxonada
emas, balki o„z uyida yashashga ko„ndirdi. Bu nihoyatda oqilona qaror bo„lib,
ma‟ruzalar va ilmiy uchrashuvlardan tashqari, ikkala daho olimlar uyda, norasmiy
tarzda ham ilm-fan haqida qizg„in suhbatlar yuritib, o„tkir munozaralarga kirishishdi.
100
Har ikkala olimning bir-birining zakovati va zehni haqida olgan tasavvurlari
olamga sig„mas darajada edi. «
Meni xursand qiladigan eng katta narsa shuki, men
Gilbert va Klyaynni ko„ndirishga erishdim
» - deb o„zini-o„zi tabriklagan edi
Eynshteyn. Gilbert ham o„zining Eynshteyn haqidagi hayratini yashira olmagan:
«
Yozda bizning uyda Zommerfeld, Born va Eynshteyn mehmon bo„lishdi.
Eynshteynning gravitatsiya nazariyasi haqidagi ma‟ruzalari ayniqsa alohida
ahamiyatga molik voqea bo„ldi
».
Eynshteyn Gyottingenlik matematiklarni, tortishish kuchini o„rganishdahgi
o„zining geometrik yondoshuv usulining afzalliklariga ishontirishga muvaffaq bo„ldi.
Biroq olim, matematiklarning o„ziga nisbatan murosasizlik bilan, uning arosatda
ekanligiga, ya'ni, fizikaning fiziklarni o„ziga tashlab qo„yib bo„lmaydigan darajadagi
qiyin qismida ekanligiga qat‟iy ishonchlari borligini xayol ham qilmasdi. Gyottingen
universitetining buyuk patriarxi sanalgan Feliks Klyayn o„z matematik hamkasblariga
shunday maslahat berardi: «
Eynshteynning ishlarida shunday kamchiliklar bor bo„lib,
lekin bu kamchiliklar uning eng ahamiyatli g„oyalariga soya solmaydi. Lekin shunday
bo„lsa ham u ularni yashirmoqda
». Gilbert esa bu borada baz‟an hazil ham qilib
turardi: «
Gyottingenlik istalgan yosh bolakay ham, to„rt o„lchamli fazo haqida
Eynshteyndan ko„proq bo„ladi
».
Noyabr oyida g„alvir suvdan ko„tarildi. Bunga sabab esa, Eynshteynning, o„zi
so„nggi uchun yil mobaynida yoqlab, himoya qilishga uringan narsasiga – maydon
tenglamasiga nisbatan ishonchni yo„qotganini tan olgani bo„ldi. Olim o„zining
Nyuton fizikasiga mos kelmagani uchun e‟tiborsiz qoldirgan eski, ya'ni, 1912
yilga
oid mulohazalariga qaytishga qaror qildi. Gilbertning Eynshteyn ishlaridagi xatolikni
aniqlagani va maydon nazariyasiga nisbatan o„zining mustaqil hujumini boshlagani
haqidagi xabar, olim uchun boshidan muzdek suv quygandek ta‟sir qildi. Gilbert
matematik bilimlar borasida Eynshteyndan ko„ra ancha ilg„or bo„lib, bu omil
masalani hal etishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadishi kerakdek edi go„yo. Biroq
Eynshteynning eng tengsiz jihati shunda ediki, uning fizika va fizik tushunchalar
borasidagi o„ta fenomenal darajada rivojlangan didi hamda, voqe‟likni uchki hissiyot
bilan fahmlay olish qobiliyati bor edi.
U ishni tezlashtirdi. Barcha narsani chetga surib qo„yib, uzundan uzoq
formulalarning tubsiz ummoniga sho„ng„ib ketdi. U formulalarga to„xtovsiz
tuzatishlar kiritar, yozib, xato bo„lsa
tashlab yuborar, keyin yana boshqatdan yozib,
xatoni qidirar, shu tarzda, barcha ehtimoliy variantlarni ko„rib chiqar edi. Olim o„zi
berilib ketgan ishdan chalg„itadigan hamma narsadan voz kechib qo„ydi. U endi tun
va kunning farqiga bormasdan, ba‟zan hatto ovqatlanishni ham yoddan chiqarib
ishlardi. Nazariyaning matematik asosi atrofidagi tumanlik deyarli tarqadi... 14-
noyabr kuni Eynshteyn pochta qutisiga Gyottingenda xat keldi. Unga Gilbertning
muhri urilgan edi. Xatda matematik o„zining erishgan natijasi bilan maqtangan edi:
101
«
Avvalo, sening istisnoli masalangga nisbatan aksiomalarni tadbiq etishdan avval,
uning fiziklar uchun ahamiyatli bo„lgan, aytaylik, fizik konstantalarning orasidagi
nisbatlar singari biror amaliy qo„llanish sohasi chiqarmikan deb o„ylab ko„rishni
istar edim
». Gilbert hamda Eynshteyn orasidagi yozishmalar, ilmiy takliflar va
ogohlantirishlardan iborat bo„lgan haqiqiy ma‟nodagi ilmiy poygaga aylanib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: