Quyosh
Yer
Haqiqiy joylashuvi
Ko‘rinadigan joylashuvi
1-rasm
1°
2°
2°
1°
1°
2°
2°
1°
2-rasm
Quyosh o‘ziga yaqin masofalardan o‘tayotgan yorug‘lik nurlarini o‘z trayektoriyasidan
og‘ishga majbir qiladi va shu sababli bizga ayrim yulduzlarning samodagi joylashuvi
koinotdagi haqiqiy o‘rnidan farqli ravishda, biroz «siljigan» holatda ko‘rinadi (1-rasm).
Yorug‘lik nurining og‘ish burchagini, koinotning yulduzli qismining Quyosh tutilishidan
avval va Quyosh tutilgan vaqtda olingan fotosuratlarini o‘zaro qiyoslash orqali osongina
hisoblash mumkin (2-rasm). 2-rasmdagi har bir ko‘rsatkichlarning boshlanish
(yumaloqlangan joy) va oxiri (o‘tkir uchi) mos ravishda, yulduzning haqiqiy joylshuvi va
bizga ko‘rinadigan joylashuvini ifodalaydi.
111
Bu hodisotni ba‟zi inglizlar, buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton bilan, olmon olimi
Albert Eynshteyn o„rtasidagi ilmiy bahsning davomi sifatida qabul qildilar. Shunisi
qiziqki, Eynshteynni Germaniyaning o„zida nemis deb hisoblashmas edi. Britaniya
Qirollik jamiyati hamda Qirollik Astronomiya jamiyatlarining 1919 yilning 6-
noyabrida Londonda bo„lib o„tgan qo„shma yig„inida, Eddington fotosuratlarining
tahlilidan umumiy nisbiylik nazariyasi doirasida ilgari surilgan g„oyalarning haqiqat
ekanligini tasdiqlani bayon qilindi.
Agar bu boradagi birinchi ilmiy ekspeditsiya, ya'ni, Freyndlix missiyasi tarixan
va ilmiy jihatdan nomuvofiq sharoitlarga to„g„ri kelib qolgan bo„lsa, ikkinchi
ekspeditsiya, ya'ni, Eddington va Kromellin tekshirishlari nishonga aniq urgan edi.
Olamshumul ahamiyat kasb etgan mazkur ilmiy yangilik, o„sha zamonning deyarli
barcha nashrlarining peshsahifalarini egallagan edi. Ularda: «Eynshteyn nazariyasi
g„oliblikni tantana qilmoqda» (New York Times); «Ilm-fanda inqilob!», «Nyuton
g„oyalari to„ntarildi» (Times); «Jahon tarixida yangi olamshumul shaxs: Albert
Eynshteyn» (Berliner Illustrirte) kabi sarlavhalarni uchratish mumkin edi. Olim
haqiqiy mashhurlik cho„qqisini zabt etdi.
Nazariyaning tasdiqlanishi nafaqat jurnalist va quruq maddohlarni, balki
zamonaning boshqa yirik olimlarni ham o„ziga jalb etdi. Albatta, uning asosiy
tenglamasini boshqa fanlar uchun ham tadbiq etish mumkin edi. Lekin koinot
nisbiylik tamoyili uchun eng mos tabiiy muhit bo„lib tuyulardi. Va agar elektronlar va
yadrolar harakatida ushbu tamoyilni ilg„ashning imkoni qiyin bo„lsa, lekin yulduzlar
va galaktikalar maskani bo„lmish koinot o„lchamlarida u o„zining butun bor latofatini
ko„z-ko„z qilayotgan edi. Postnyuton mexanikaning birinchi qonuni oldidagi barcha
eshilkar lang ochildi!
Gilbert bilan olib borilgan ilmiy pyga musobaqasi paytida Eynshteyn tezkorlik bilan
amaliy tasdiqlarga yetishish maqsadida o„z tenglamasini uchta xususiy holat bilan
to„ldirdi. Ular: Merkuriy orbitasining anomalaiyalarini hisob-kitobi; yorug„lik
nurining og„ishi, hamda, qizilga tomon siljish (bu haqida quyiroqda batafsil
to„xtalamiz) hodisalari edi. Bu effetktlardan ikkinchi va uchinchilari, og„irlik
kuchining ta‟siri tufayli yuzaga kelgan edi. Biroq, vaqt kam bo„lgani sababli
Eynshteyn bular borasida taxminiy-taqribiy yaqinlashuv asosidagi xulosalar bilan
cheklangan edi.
Bu orada uning nazariyasi istisnosiz ravishda faqat fiziklar orasida qiziqish
uyg„ota boshladi. Dastlabki aniq o„lchovlarni astronom Karl Shvartsshild (1873-
1916) tomonidan olindi. Shvartsshild tug„ma astronom bo„lgan. Uning qo„shaloq
yulduzlar orbitasi haqidagi ilk maqolasi, hali o„quvchilik yillaridayoq, aniqrog„i, 16-
112
yoshga kirgan paytida nashrdan chiqqan edi. Yangi 1915 yil kirishiga uch kun
qolganda u Eynshteynga xat yozib, Merkuriy orbitasidagi anomaliyalar haqidagi o„z
qarashlarini va hisob-kitoblarini bayon qilgan edi: «
Ko„rib turganingizdek, urush
olovi hozircha meni chetlab o„tmoqda va Sizning ilmiy g„oyalaringiz nafasidan
bahramand bo„lishim imkonini bemrmoqda
».
Shvartsshild,
izolyatsiyalangan
nuqtaviy
yulduz
uchun
Eynshteyn
tenglamalarining aniq yechimini topishga muvaffaq bo„ldi. U qaralayotgan osmon
jismini, sferik simmetrik shakldagi zaryadlanmagan va qo„zg„almas jism tarzida
soddalashtirib qabul qildi. Shvartsshild metrikasi orqali sferik osmon jismining
tashqarisidagi zamon-makon egrilanishini hamda, iozlyatsiyalangan, aylanmaydigan,
zaryadlanmagan massaning gravitatsiya maydonini yetarlicha katta aniqlikda
tasvirlash mumkin. U, yulduzga yaqinlashib borgan sari, ya'ni, yulduz gravitatsiya
maydoni zichligining ortib borishi yo„nalishida vaqtning o„tishi ham sekinlashuvi
hodisasiga o„z diqqatini jalb etdi. Bu fenomenning yaqqol isboti asifatida, yulduz
chuqaradigan yorug„lik nurining qizilga tomon siljishi hodisasi keltirilishi mumkin.
Yorug„likni tadqiq qilish jarayonida shu narsa ma‟lum bo„ldiki, elektronlar
turli to„lqin uzunliklaridagi elektromagnit nurlanishlar hosil qilar ekan. Xuddi Quyosh
nuri alohida-alohida rangli nurlarga taqsimlangani singari, boshqa istalgan
nurlanishni ham tegishli uskunalar yordamida tashkiliy tarkibiy qismlarga ajratish va
tahlil qilish mumkin. Atom spektral tahlili, yulduzlarning nurlanish spektri asosida,
uning elementar va molekulyar tuzilishini anqilash imkonini beradi.
Shvatsshild hisoblashlari shuni ko„rsatdiki, istalgan moddaning atomlari
uchun vaqtning o„tishi, Yerdagiga qaraganda yulduz sirtida sikinroq kechar ekan
(Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan). Shu sababli ham ularning vaqt shkalalari o„zaro
muvofiq kelmaydi (1-rasm).
Ushbu tafovut esa, bizning yulduzlar nurini ko„rishimizga ham ta‟sir qiladi.
Garchi, aynan bir xil harorat sharoitida Yer va yulduz sistemalarining har birida
aynan bir xil spektrli bir xil atomlar hosil bo„lsa hamki, astronomlarning aniqlashicha,
yulduzlarning yorug„lik nurlanishi nisbatan kattaroq to„lqin uzunligiga yoki, davr (
T
)
ga ega bo„lar ekan (2-rasm).
Davr bu – chastotaga teskari bo„lgan birlikdir (
).
T
ning o„sib borishi
bilan, kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari uzunroq to„lqinli tomonga (qizilga)
siljib boradi. Yulduzlar massalarining ta‟siridagi koinotda ushbu siljish gravitatsion
deb ataladi va u gravitatsiya maydoni zichligining ortib borishi yo„nalishida
kattalashib boradi. Yulduzning zichligi va massasi qanchalik katta bo„lsa, undagi
qizilga siljish shunchalik aniq va ochiq-ravshan sezila boshlaydi, hamda bunday
yulduz atrofidagi fazoda vaqtning o„tishi ham shunchalik sekinlashadi. Mulohazani
davom ettirsak, muayyan kritik zichlikka erishgan yulduz atrofida vaqtning o„tishi
113
deyarli to„xtab, qizilga siljish ham butun spektrni egallagan tarzda keskin kuchayishi
lozim.
Shvartsshild ushbu xususiy holatni, real voqe‟lik bilan hech bir umumiylikka
ega bo„lmagan shunchaki matematik illyuziya deb hisoblagan edi. O„zi bilmagan
holda Shvartsild, keyinchalik butun dunyo fiziklarini va havaskor astronomlarni, shun
ingdek, oddiy xalq orasidagi barcha ilmiy fantastika ixlosmandlarining katta
qiziqishlariga sabab bo„lgan fizik hodisa – qora tuynuklar haqida yozgan edi. Bu
ilmiy atamani Shvartsilddan ancha keyinroq, anoqrog„i, Goddard Institutining
NASAda bo„lib o„tgan 1967 yildagi kuzgi konferensiyasida Jon Uiler fanga taklif
qilgan edi.
1s 2s 3s 4s 5s
Do'stlaringiz bilan baham: |