76
qilinmaganligi va muallifga tegishli bo„lmish nisbiylik nazariyasiga aloqasi yo„qligi
hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Bern universiteti nihoyat fevral oyida
Eynshteynning privat-dotsent lavozimiga yozgan arizasini qabul qilid va 1908 yilning
bahorgi smestriga kelib u universitetning fizika kafedrasida to„laqonli o„qituvchiga
aylandi. Uning issiqlikning molekulyar nazariyasi fanidan qilgan ma‟ruzalari
haftaning sheshanba va shanba kunlari tonggi soat 7-00 ga belgilangan bo„lib, odatda
uchtadan ortiq tinglovchi yig„a olmasdi. Ma‟ruzada doimo albatta hozir bo„ladigan
sodiq tinglovchilardan biri Mishel Besso bo„lgan. Ba‟zan o„z akasini qo„llab
quvvatlash uchun ma‟ruzlarga Maya Eynshteyn ham kelib turardi.
U ham bu
vaqtlarda Bernda yashab, roman tillari mavzusida dissertatsiya yozayotgan edi. O„z
darslariga bo„lgan bunday munosabatdan so„ng, Albert Eynshteyn yana patent
idorasidagi ishiga qaytishdan boshqa chora topa olmadi.
Keyingi yil may oyida olim, uzoq muzokaralardan so„ng, Syurix universitetida
dotsent lavozimiga tayinlandi. Avvaliga bu lavozim, Eynshteynning Politexnika
maktabidagi kursdosh do„sti Fridrix Adlerga tegishli bo„lgan. Biroq, yaqin do„sti va
fan osmonida tobora charaqlab borayotgan daho olim foydasi uchun Adler o„ziga
tegishli lavozimdan mardlarcha voz kecha oldi. Bu haqida u o„ta
nozik did bilan
shunday degan edi: «
Agar universitetimiz ma‟muriyatida bu lavozim uchun
Eynshteyndek insonni tayinlash imkoni bo„lsa, uning o„rniga meni ushlab turish bu
be‟mani ish bo„lur edi
». Eynshteyn ishga kirishdi. Biroq tez orada uning pedagogik
mahorati haqida bahs-munozaralar yuzaga kela boshladi. Asosiy tanqidlar, olimning
o„z dasrlarida olib borayotgan monologlariga nisbatan yog„ilar edi.
Bunga javoban
olim «
Mendan tashqari boshqa o„qituvchilar ham yetarli-ku
» degan ma‟noda xitob
qilgan edi. Bir muddat o„tib, 1909 yilning fevralida Syurix Fizika Jamiyati Eynshteyn
uchun didaktikadan imtihon topshirishni tayinladi. Eynshteyn bu imtihonni
qiyinchiliklar bilan arang topshirdi. Universitet o„quv ishlari bo„yicha qo„mitasi
xodimlarida dotsent Eynshteynning millati ham katta xavotir uyg„otar edi. «
Akademik
doiralarda yahudiylarga nisbatan, nokamtarlik, qo„pollik va qo„rs muomala singari
salbiy xarakter belgilarini bekorga biriktirishmaydi. Qolaversa ularning aksariyati,
ilm-fan ishlariga nisbatan, bozordagi mayda-chuyda bilan savdo qiluvchi
chayqovchining darajasi bilan munosabatda bo„lishadi
»
-
deb qay qilingan edi
qo„mita hisobotlarining birida. Qaysarlik haddan ziyod edi.
Lekin yakunda baribir
universitet ma‟muriyatidagilar, antisemitizm g„oyalari borasida muayyan sog„lom
fikrga to„xtab, bunday millatchilik illatlari o„zlarining oliy ilmiy darajalari uchun
munosib bo„lmagan pastkashlik ekanligini anglab yetishgan.
Biroq, millatchilik illatlaridan o„zini baland tutgan ma‟muriyat, yulduzi endi-
endi porlayotgan xodimiga patent idorasidagi maoshidan ham kamroq maosh
tayinlashdan uyalmadi. Eynshteyn bu shartlarni qabul qila olmadi va o„zi uchun hech
bo„lmasa, patent idorasida olgan maoshi, yani, yillik 4500
frank moyanani
tayinlashlarini so„rab turib oldi. O„zi uzoq kutgan fizika fani dotsenti lavozimiga
77
tayinlangan Albert Eynshteyn, hamkasblarining bu boradagi tabriklariga nima uchun
zaharhandalik bilan javob qaytarganining sababi ham shunda edi.
1909 yilning iyulida Eynshteynga Jeneva universitetining faxriy doktori
(honoris causa) darajasi berildi, oktyabrda esa uning nomzodi ilk bora Nobel
mukofotiga taqdim etildi. Joyidan siljishi o„ta qiyin bo„lgan olimning ilmiy karyerasi
katta qadamlar bilan olg„a yura boshladi. U o„z alma-materi bo„lmish Pragadagi Karl-
Ferdinand Universitetida (1911 yil aprelidan) ishlay boshladi.
Keyin esa, 1912 yilning
avgustida Syurixga qaytib keldi. Vanihoyat 1914 yilda unga Berlinda o„qituvchilik
majburiyatlaridan holi bo„lgan ilmiy lavozim taklif etishdi va Prussiya Fanlar
Akademiyasiga a‟zolikka saylashdi.
Bu manzillar bo„ylab har bir ko„chib o„tish, Eynshteynlar oilasi uchun o„zining
jamiyatdagi o„rnini yanada mustahkamroq belgilash hamda, moliyaviy barqarorlikni
ta‟minlash imkonini berardi. Biroq aynan shu davrda Albert va Milevaning oilaviy
munosabatlariga darz ketdi.
Syurix shahri yakunda, Albert va Mileva dramasining
barcha asosiy sahnalari – uchrashuv, nikoh va ayriliq syujetlari ijro etilgan maskanga
aylandi. Aynan Syurixda Eynshteynlar oilasi bir-birlarini sevib qolishdi, ularning ilk
oilaviy mojarosi ham 1909 yilda aynan shu yerda yuz berdi. Ikkinchi farzandalari –
Eduard dunyoga kelishi ma‟lum bo„lgan vaqtlarda esa, ularning oilani saqlab qolish
borasidagi so„nggi imkoniyatlari ham qo„ldan chiqdi. Eynshteyn Berlinda ishlash
taklifini qabul qilganida, uning oilaviy hayoti uzil-kesil barbod bo„lganini yaqqol
ko„rinib qolgan edi.
Mileva nihoyatda ta‟sirchan va murakkab xarakterli shahs bo„lib, tez-tez ruhiy
tushkunlikka tushib qolishga moyil edi. U bilan yashash oson bo„lmagan.
Talabalik
yillari ularning munosabatlari avvalo ilm-fanga va o„zaro muhabbat bilan yo„g„rilgan
edi. Lekin oltin davr asta-sekinlik bilan o„tmishga aylana boshladi. O„z vaqtida ular
birgalikda ilmiy faoliyat olib borish haqida orzular qilishardi. Lekin Milevaning
ketma-ket homilador bo„lib qolishi, ushbu orzularni vaqtincha bir chetga surib
turishga majbur qilgan. Oilaviy hayotning Bernda kechgan eng qiyinchilik damlarida
ham ular turmushning zarbalariga yelkama-yelka turib qarshi kurashishgan edi.
Mileva bu haqida juda nozik ifodali qilib «
Do'stlaringiz bilan baham: