80
Biz ularning qanday uchrashishgani borasida tafsilotlarni bilmaymiz.
Lekin
Eynshteyn ushbu safardan Pragaga qaytgach, maktublar orqali yashirincha Elza bilan
iliq munosabatlar o„rnata boshladi. Uning maktublaridan birida shunday misralar bor
edi: «
Men kim bilandir mehr-muhabbat bilan birga yashashga muhtojman. Aks holda
hayot o„ta zerikarli bo„lib qomoqda. Va men uchun o„sha kimdir bu – Siz bo„lasiz
».
Elza haqida gap borganda u Mileva bilan tamomila teskari dunyo bo„lganini aytish
joiz. Mileva – vazmin, kamgap va odamovi ayol edi. Elza esa, xushchaqchaq,
kirishimli qaqildoq ayol bo„lib, ilm-fan borasida zig„ircha
ham qiziqishga ega
bo„lmagan. Eynshteyn o„zining avvalgi turmushi haqida mahzun xotiralar bilan yodga
olgan bo„lsa, Elzaga sobiq oilasini eslatib turuvchi hech narsa qolmagandek edi
g„oyo. Albert o„zining Milevaga bo„lgan munosabatiga va u orqali tug„ilgan
farzandlari oldida doimiy otalik ma‟suliyati bilan yashagan. U Elza bilan jiddiy
munosabatlarga
kirishar ekan, so„nggi damda ham, Mileva bilan oilasiga qaytish
haqida o„ylab ko„radi. Xatlarning birida u shunday degandi: «
Biz siz bilan o„zaro
tortishish kuchlariga erk bersak, bu orqali o„zimiz uchun faqat iztirob va qayg„u
keltirmiz
». May oyining so„nggi sanalarida yozgan
maktubida u Elza bilan
munosabatlarni to„xtatmoqchidek edi: «[...]
Men Sizga so„nggi bora yozmoqdaman va
muqarrar hukmga bo„ysunaman
[...]». Biroq, ushbu «so„nggi bora» yozilgan
maktubning so„ngida, Albert Eynshteyn Elzaga o„z manzilining o„zgarayotganligini
ham xabar qilib o„tadi. Yozishmalar orasidagi tanaffus bir yildan ziyodroq muddatga
cho„zildi.
1913 yil mart oyida sukunatni Elzaning Albertni 34 yoshi bilan tabriklab
yo„llagan xati buzib yubordi. Albert ham javoban minnatdorchilik xati yozdi va ular
orasidagi munosabatlar yangi kuch bilan alangalanib ketdi.
Bu orada uning Mileva bilan qurgan shirin oilasi buzilishda davom etardi. Ular
allaqachon boshqa-boshqa xonalarda yotishardi. Albert o„zi haqida, professional
vazifalari girdobida qolganek taasurot uyg„otuvchi
rol ijro etish bilan, oilani yolg„iz
tashlab qo„yish masalasini san‟at darajasiga olib chiqdi. 1914 yil martida esa, oila
Berlinga ko„chib o„tdi va Albertning o„zi do„ti Mishel Bessoga yozganidek, endi
unga, xolavachchasi bilan «oradagi iliq munosabatlardan cheksiz zavqlanishga» hech
nima halaqit qilmayotgan edi. Uning o„sha paytlarga oid qaydnomalaridan shunday
taasurot uyg„onadiki, u hech qachon Mileva bilan ham ajrashishni istamas edi. U
Elzaga shunday yozgan: «
Biz uning
(Milevani aytyapti)
dilini og„ritmasdan ham
o„zaro birgalikda baxtli yashashimiz mumkin
». Ehtimolki, Albert Eynshteyn xotini
Mileva bilan ham ajrashmasdan, ya'ni,
oilasini saqlab qolgan holda, farzandlarini
hamda, Milevaning dilini yaralamasdan, ular oldida aybdor bo„lib qolmaslikni
maqsad qilib, lekin ayni vaqtda Elza bilan
ham munosabatlarni uzmasdan, u bilan
hayotdan zavqlanib yashashni orzu qilgan bo„lsa kerak. Lekin u Elza bunday
uchburchakning burchaklaridan biri bo„lishga rozi bo„ladi deb puch xayol qilgan edi.
81
Elza Albertga, uning Mileva bilan ajrashishini cheksiz ortga surib bo„lmasligini ko„p
bora uqtirib kelar edi.
Oqibatda avvaldan kutilgan muqarrar oilaviy inqiroz bo„y korsatdi. Iyul
oyining oxirgi kunlaridan birida tong saharlab, bolalari Gans Albert va Eduardni olib,
Mileva Berlin-Syurix poyezdiga o„tirib jo„nab qoldi. Avvaliga Albertga hammasini
joy-joyiga qaytarish mumkindek tuyulgan edi. Oilaning sodiq do„stlari, er-xotinlarni
yarashtirib qo„yishga
nozik did bilan yondoshib, turli usul va vositalar yordamida
urinib ko„rishdi. Agar vaziyat biroz boshqacha bo„lganida, ehtimol ular buni
uddalashgan bo„lishar edi. Biroq, o„chakishib, aynan shu vaqtda Avstro-Vengriya
imperiyasi Serbiyaga bostirib kirdi va birinchi jahon urushi alangalanib ketdi. Davlat
chegaralari yopildi va Albert bilan
Elza chegaraning bir tarafida, Mileva farzandlar
esa narigi tarafda – Syurixda qolib ketishdi.
Albert yangi qallig„i bilan munosabatlar orqali yomon xayollarda chalg„ishga
harqancha urinmasin, uning farzandlari taqdiri haqidagi o„ylar va ularning sog„inchi
tinch qo„ymasdi. Ikki yil o„tib u Mileva o„z dugonalaridan biriga yozgan maktubida
shunday yozgan edi:
«
Do'stlaringiz bilan baham: