Biz birgalikda xuddi yaxlit qoya singari
edik
» degan edi
1
. Ilmiy faoliyat borasida Albert Eynshteynning o„z orzulari ro„yobga
chiqqan bo„lsa-da, Mileva haqida bunday deya olmaymiz. Albert Karslruega ilmiy
anjumanga ketgan va Mileva o„zi Pragada uyda yolg„iz qolgan vaqtida «
Men ham sen
bilan borib, o„sha ajoyib insonlar bilan o„zgina bo„lsa ham suhbat qurib, ularni
tinglashni istardim
» deb yozgan edi. Mileva o„z eri olib borgan barcha ilmiy ishlarda
ishtirok etishni istardi, lekin Albert uni doim «uyda bolalar bilan qoldirar edi». 10
1
U oilaviy Eynshteyn familiyasining tarkibiy qismlarini mohirona ifodali talqin qilgan edi.
Ya'ni, nemischada
Ein
– bir, (yaxlit, butun ma‟nosida) va
Stein
– tosh, qoyatosh ma‟nolarida
ekanligiga nozik badiiy ishora qilgan.
78
yillik birgalikda kechgan turmushdan so„ng, 1912 yilga kelib ularning ikkalasida ham
oilaviy hayotdan noroziliklar kuchayib ketdi. Mileva kundan-kunga o„zini yo„g„iz his
qilar va tushunarsiz ahvolda qolar edi. Albert esa borgan sari undan uzoqroq yurishga
intilardi. Mileva uyda Albertning tobora kamnamo bo„lib borayotganligi borasida
«
Biz anchadan buyon ko„rishmadik va sen meni ko„rib taniy olishingingga ishonchim
komil emas
» - deb kesatiq qilgan edi. O„zining yaqin dugonasi bo„lgan Elen Savichga
yozgan maktublarida Mileva Marich, o„zi boshdan kechirayotgan qayg„u va sog„inch
hislari haqida ochiq hikoya qiladi: «
U o„z ilmiy vazifalari ustida betinim mehnat
qiladi; u aynan ular uchun yashayapti desa ham bo„laveradi. Buni aytish menga uyat,
lekin men tan olishim joizki, biz u uchun ikkinchi darajali narsalarmiz va amalda
hech nimani anglatmaymiz...
».
Haqiqatan ham, Eynshteyn oilaviy majburiyat va ma‟suliyatdan qochib
yurishni afzal bilardi. O„zining 50 yoshi arafasida yozgan «Men dunyoni qanday
ko„raman» nomli essesida Eynshteyn shunday misralarni bitgan edi:
«
Menda adolatparvarlik va ijtimoiy ma‟suliyat hissi juda kuchli rivojlangan.
Lekin bu hissiyot, g„alati tarzda, mening insoniyat tamaddunining boshqa
vakillari bilan yoki, uning turli jamiyatlari bilan to„g„ridan-to„g„ri
munosabatda bo„lishga nisbatan hech qanday ehtiyojim yo„qligi bilan yonma-
yon yashamoqda. Men doimo o„zim bilan o„zim bo„lganman va hech qachon,
o„z yurtimga, o„z uyimga, o„z do„stlarimga va hatto o„z oilamga ham to„liq chin
yurakdan taaluqli bo„lmaganman
».
Garchi ilm-fan Eynshteyn uchun eng birinchi darajaga chiqib qolgan bo„lsa,
ham, u shaxsiy hayot haqida ham qayg„urishda davom etadi. Olim endi o„zining
diqqat-e‟tibor obyekti bo„lgan (orzusidagi) ayolni boshqacha tasavvur eta boshlagan
edi. 1912 yilning pasxa bayrami munosabati bilan olgan ta‟til kunlarida Albert
Eynshteyn Berlinga yo„l oldi. Maqsad onasi Paulina Eynshteynning holidan xabar
olish edi. Bu vaqtda Paulina o„zining Fanni ismli singlisinikida mehmonda bo„lib,
uning eri Rudolf ham, Eynshteynlar oilasiga shajaraviy jihatdan taaluqli bo„lgan.
Rudolfning otasi, Albert Eynshteynning otasi bo„lmish German Eynshteynga amaki
bo„lgan. Shuni ham ta‟kidlash joizki, Yakob va German Eynshteynlarning oilaviy
elektrotexnika korxonasi faoliyatiga Rudolf ham uncha-muncha sarmoya kiritib,
sherikchilik qilgan edi. Fanni va Rudolfning Elza ismli qizlari bo„lib, u 1912 yilda
eridan ajrashgan va o„z ota-onasi yashaydigan uyning yuqori qavatidan uy olib
ko„chib kelgan edi.
Elza va Albert Myunxenda tanishib qolishdi. Elza Albertga uning bolalik va
yoshlik chog„larida skripkada Motsartning kuylarini chalgan paytlarini eslatib, o„sha
paytlar uni yoqtirib yurganlarini gapirib beradi. Bu safar bolalik va yoshlikdagi eski
hissiyotlarning uyg„onishiga nima sabab bo„lganini bilmaymiz, lekin o„sha hislar
qayta tug„ilgan bor gap edi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |