47
Illyuminatorlardan biri orqali Galley ham hashoratning
uchish balandligini
ko„rib turadi va uning koordinatlarini, Dominikning
y′m
koordinatlari bilan o„zaro
mos keluvchi
ym
koordanat orqali belgilaydi. Biroq, pashshaning gorizontal
vaziyatining ustoz va shogird tomonidan olingan koordinatalari o„zaro farqlanadi:
x′m
va
xm
o„zaro mos kelmaydi. Pashshaning tryum bo„ylab
harakatiga, Galiley
kemaning tezligi
u
ni ham qoshib qo„yadi.
Biz shu o„rinda to„xtab, ustoz va shogirdning kuzatuvlarini o„zaro
bog„lovchi biror-bir uslub bormi? – deb so„rashimiz mumkin. Galiley
almashtirishlari deb nomlanadigan quyidagi tenglamalar biz uchun yuqoridagi
savolga ijobiy javob beradi:
Bu tenglamalar yordamida Galiley, Dominik tomonidan berilgan har qanday
raqamlarni, u hoh pashshaning uchish traektoriyasi, yoki,
boshqa bir obyektning
harakat koordinatlari bo„lsin, o„z sanoq tizimiga o„girib ola oladi.
Shogirdda ham, Galileyning kuzatuvlari natijalarini o„zining sanoq tizimiga
o„girish uslubi bor:
Usullar orasidagi farq shundaki, Dominik kema bosib o„tgan gorizontal yo„l
masofasini qo„shishi emas, balki, ayrib tashlashi kerak. Agar tryumda joylashib
olgan shogird Dominikka Galileygacha bo„lgan masofani doimiy yetkazib turilsa, u
o„z ustozining o„zidan doimiy tezlik
u
bilan uzoqlashib borayotganligi haqida
xulosaga keladi. Lekin u orqa o„girib illyuminatorga qarasa, Galiley qirg„oqda
qo„zg„almay
turganini va aksincha, uning o„zi harakatlanayotganligini fahmlaydi.
O„z navbatida bu xulosa ham o„rinsiz bo„ladi chunki, Galileyni mutlaqo harakatsiz
deb bo„lmaydi: u Quyosh atrofida soatiga 30 km tezlik bilan aylanib
harakatlanayotgan va o„zi o„qi atrofida 1500
dan ortiqroq tezlik bilan
aylanayotgan sayyoraning sirtida turibdi. Demak, tinch (qo„zg„almas) holatda
turgan obyekt Quyosh bo„lar ekanda? Bu ham bo„lmagan gap. Quyosh – Somon
Yo„li markazi atrofida aylanadigan yulduz. Bizning galaktikamizchi?..
Shu tarzda
tarektoriyalar kalavasini yechib borish orqali, bir tizimdan ikkinchisiga cheksiz
ravishda sakrab o„tib borish mumkin.
Agar avtomobilning bosib o„tgan yo„lini hosblamoqchi bo„lsak, unda bizga
mashinaning o„z tezligidan tashqari, Yerning, Quyoshning va Somon Yo„lining
tezligini ham e‟tiborga olishimiz zarur bo„lardi. Buning uchun esa biz bus-butun
sahifalarni bekorchi hisob-kitoblar bilan to„ldirib chiqqan bo„lardik. Shu sababli, bu
borada amaliy jihatdan eng qulay yechim, avvaliga muayyan
sanoq tizimini tanlab
[1]
[2]
48
olib, keyin esa, harakatni mazkur sanoq tizimiga
nisbatan
aniqlash maqsadga
muvofiqdir. Geliosentrizm va geosentrizm borasidagi bahslar,
amalda nima aslida
nimaning atrofida aylanishi, ya'ni, Yer Quyoshning atrofidami, yoki Quyosh
Yerning atrofidami – bu haqida emas. Bu nuqatai nazarlarning har ikkisi ham,
amalda mavjud bo„lish uchun teng huquqqa ega va ulardan
birini ikkinchisidan
afzal bilish noo„rindir. Vaholanki, harakat traektoriyasining soddaligiga ko„ra,
geliosentrik (Yerning Quyosh atrofida aylanishi) harakat shubhasiz ustunroq
ko„rinadi. Yer Quyosh atrofida aylanib, ellipslar chizadi. Quyosh esa galaktikamiz
markazi atrofida aylanish yo„nalishida murakkab spirallar chizadi. Pashshalar,
yo„ldoshlar va kemalar, vaqt o„tishi bilan bizning egallagan o„rnimizga nisbatan o„z
vaziyatini o„zgartiradi va obyektlarning bunday raqsi turlicha bo„lishi mumkin.
Lekin bu manzaralarning barchasi to„g„ri va hech bir ichki ziddiyatlarsiz boshqasi
bilan o„zaro bog„liqlikka ega bo„lishi mumkin.
Galiley
taklif qilgan, kema tryumida bajariladigan tajriba tezlanishni
nazarda tutadi. Tomayotgan tomchilar, uchayotgan hashoratlar va sakrayotgan
odamlar, dinamika qonunlarining muqobil ifodasini ixtiro etgan olim – Nyuton
formulalariga binoan harakatlanishadi.
Uning tenglamalari tezlanishni, ya'ni,
tezlikning o„zgarishini ham nazarda tutadi; bu hisoblashlar esa kemaning doimiy
tezligiga nisbatan so„qirdir (ya'ni, tezlikning doimiyligini inobatga olmaydi
–
tarjimon izohi
).
Do'stlaringiz bilan baham: