M. V. Alekseevaning (1960, 1967) bergan ma’lumotlariga ko’ra Xitoy va Osiyo-oldi mamlakatlari piyoz turlari eng ko’p tarqalgan makon bo’lganligi, ammo u yovvoyi va madaniy piyozlarni birini ikkinchisidan ajratmagan



Download 28,35 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi28,35 Kb.
#333624
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat


Mavzu: Sarimsoq piyoz turining turli navlari va ularni ekish texnologiyasi

2.2. Piyozni tashqi muhit omillariga munosabati

2.3. Piyozni morfologik tuzilishi

2.4. Piyoz klassifikatsiyasi va navlari

G’arbiy

III. Bob. PIYOZNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 3.1. Yer tanlash va ekishga tayyorlash.

3.2. Ekish oldidan urug’ni ekishga tayyorlash

Tarqalish tarixi. Bu qimmat baho o’simlikni kelib chiqish makoni va tarqalish tarixini bilish, uni yetishtirish texnologiyasi tizimini tuzishda xal qiluvchi omillardan biri bo’ladi.

M.V.Alekseevaning (1960, 1967) bergan ma’lumotlariga ko’ra Xitoy va Osiyo-oldi mamlakatlari piyoz turlari eng ko’p tarqalgan makon bo’lganligi, ammo u yovvoyi va madaniy piyozlarni birini ikkinchisidan ajratmagan.

P.N.Dudko (1954)ning ma’lumotiga binoan oddiy bosh piyozning vatani O’rta va Kichik Osiyo bo’lib, bu yerlarda hozirgi kungacha ularning yovvoyi turlari shu yerlarda tog’lik rayonlarda uchrashi qayd etilgan.

F.Shermatovni (1973) ma’lumotlariga ko’ra, piyoz eng ko’p ishlatiladigan piyozguldoshlarga mansub o’simliklardan biridir. U allium turqumiga kiradi. Mamlakatimizda piyozning 228 turi borligi aniqlandi. Piyozlarning aksariyat qismi tog’larda va tog’oldi tekisliklarida bitadi. Ba’zilari cho’llarda ham o’sadi. Botanik olimlarning ma’lumotlariga ko’ra O’rta Osiyoda piyozlarning 191 yovvoyi turi uchraydi. Ularning ko’pchiligi O’rta Osiyo uchun endem hisoblanadi. Piyoz tog’li rayonlarda, xususan Tarbagatay, Talas, Qoratog’, Tyanshanь tog’lari va Pomir-Oloy tizmalarida hamda Turkmanistonning Kopetdog’ida keng tarqalgan.

Piyoz juda qadim zamonlardan beri ekilib kelinadi. Shuning uchun uning iste’mol qilinadigan juda ko’p navlari mavjud. Bundan tashqari mahalliy xalq undan dori-darmon sifatida ham juda qadimdan foydalanib keladi.

Yovvoyi piyozlar O’zbekistonda juda keng tarqalgan bo’lib, 70 dan ortiq turi mavjud. Ularning ham ko’pchiligi nihoyatda foydalidir. Ularning ba’zilari xalq tabobatida ishtaxdni ochuvchi va tanni tozalovchi dori sifatida qo’llanilgan. Pskom piyozi, piyozi anzur, dasht piyozi va boshqalar ana shular jumlasidandir. Ular hozirgi madaniy piyozlarning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Chunki Pskom piyozi ta’mi va kattaligi jihatidan madaniy piyozlardan deyarli tafovut qilmaydi.

Respublikamizda piyozning Kaba, Farob, Andijon oq piyozi, Tuxum piyoz va Samarqand qizil navlari keng tarqalgan. Kaba piyozi asosan Toshkent viloyatida ekiladi. Po’sti jigar rang bo’lib, ba’zi piyozboshlarning og’irligi 250-300 g ga yetadi, gektaridan qariyb 20 tonnagacha hosil beradi.

Tuxum piyoz Farg’ona viloyatida ko’proq ekilib, piyozboshi uncha yirik bo’lmaydi. U Yunonistonda qadimda dorivor o’simlik sifatida ishlatilgan.

Piyozning vatanini aniqlash masalasi olimlarni ko’pdan qiziqtirib kelgan. Ayrim botaniklar piyozning vatanini ikki katta geografik region bilan bog’lashadi. Masalan, ba’zi olimlar piyoz dastlab Eron va Afg’onistonda paydo bo’lgan deyishsa, ayrim olimlar piyozning asl vatani Markaziy va Sharqiy Osiyo, degan fikrni bildirmoqdalar.

Keyingi yillarda piyoz turlarining ko’pchiligi O’rta Osiyoda tarqalganligini nazarda tutib, piyoz dastlab O’rta Osiyodan kelib chiqqan degan fikrni quvvatlamoqdalar.

Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra 4 ming yildan beri yetishtiriladi va iste’mol qilinar ekan. Shuning uchun ham piyoz, iste’mol qilinadigan sabzavotlar qatorida o’zining ahamiyati, yetishtiriladigan maydoni va hosildorligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadi.

X.Ch.Bo’riev, V.I.Zuev, O.Qodirxo’jaev va M.Muhamedovlarning (2002) ta’kidlashicha piyoz O’zbekistonda sug’orib dehqonchilik qilinadigan 212-213 ming gektar maydonni 23-25% ida yetishtirilar ekan. Demak, bu o’simlikni bunday katta maydonda yetishtirilishiga sabab nima degan savolning tug’ilishi tabiiy bir holdir. Bunga uning kimyoviy tarkibini turli xildagi mineral tuzlar, vitaminlar, fitontsidlar va efir moylariga boyligidir.

2.2. Piyozni tashqi muhit omillariga munosabati

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida o’simlik biologik vosita hisoblanadi. U rivojlanishining har bir bosqichida o’ziga xos muhit talab etadi. Shuning uchun o’simlikning o’sishi va rivojlanishi davrida ta’sir etadigan omillarni “undan so’rab”, uning talab va ehtiyojiga ko’ra o’tkazish katta ahamiyatga ega. Bu chora-tadbirlar “qanday” ta’sir etadi va ularni “qachon” o’tkazish kerak degan savollarga javob topilishi kerak.

Atoqli fiziolog K.A.Timiryazev (1957) quyidagilarni yozadi “O’simlik talabini bilish – bu nazariy muammo, talablarini to’g’ri xal etish – bu amalyotning asosiy masalasidir”. Shunday ekan, biz piyoz o’simligini tashqi muhit omillariga: harorat, namlik, yorug’lik hamda tuproq va havo oziqasiga munosabatini bilishimiz shartdir.

Piyoz tog’lik zonalardan kelib chiqqani uchun u, nisbatan, sovuqqa chidamli sabzavot hisoblanadi. Biologik xususiyatiga ko’ra, M.V.Alekseevaning (1982) xabar qilishicha piyoz urug’i juda sekin bo’rtadi, chunki u qattiq va qalin qobiq bilan o’ralgan bo’ladi.

Piyoz urug’i +2-3°S da una boshlaydi, urug’ini yaxshi unib o’sishi uchun o’rtacha harorat +20°S. Dala sharoitida urug’ini unishi ma’lum darajada tuproq haroratiga ham bog’liq bo’ladi. Tajribalarda aniqlanishicha erta bahorda ekilgan piyoz urug’i tuproq harorati 7-10°S bo’lsa, nihollari urug’ ekilganidan 25-30 kundan, 10-12°S bo’lganda 15-17 kundan so’ng hosil bo’ladi. Yoz va kuzgi muddatda ekilganida tuproq harorati 18-22°S gacha ko’tarilganida esa nihollarni hosil bo’lishi ikki barabarga tezlashib, urug’ ekilganidan 9-10 kundan so’ng nihollar chiqa boshlaydi, harorat +30°S gacha ko’tarilsa nihollarni hosil bo’lishi kechikar ekan.

Piyoz ildiz tizimi +2°S dan +25°S gacha bo’lgan haroratda rivojlanadi, u -4-6°S sovuqni va qisqa muddatli -15°S sovuqni zararsizlanmasdan o’tkazadi.

Urug’bargi sovuqqa chidamsiz bo’lib, u “sirtmoq” davrida -2°S sovuqda nobud bo’ladi. Barglari 15-25°S issiqda yaxshi o’sadi va -7°S sovuqqa bardosh bera oladi, +30°S darajali yuqori haroratda zararlanmaydi.

Harorat +20°S bo’lib, u surunkali davom etsa, assimilyatsiya jarayoni to’xtaydi, barglari soni yetishmasa ham muddatidan oldin piyozbosh shakllantiradi.

Yaxshi pishib yetilgan piyoz 0°S dan 20°S gacha va minus 3°S da yaxshi saqlanadi. U qisqa muddatli +40-45°S va minus 10°S darajali sovuqqa bardosh bera oladi.

Piyozbosh gulpoya chiqarishi uchun past +7-15°S haroratda saqlangan bo’lishi kerak, shu bilan birga piyoz 5-6 dona barg chiqargan davrida past harorat ta’sir etib, piyozbosh diametri 15 mm bo’lsa, piyozbosh hosil qilmasdan gulpoya hosil qilish bosqichiga kiradi, deb yozadi M.V.Alekseeva (1962). U o’z fikrini davom ettirib, piyoz kuz faslida ekilsa, uni gulpoya chiqarishi odat tusiga aylangan, uni oldini olish usullaridan biri urug’lik piyozlarni +18-20°S va 0°S dan minus 1°S oralig’ida bo’lgan haroratda saqlash kerakligini ta’kidlagan.

M.V.Alekseeva (1953) urug’ olish uchun ajratilgan urug’lik piyozboshlarni yarovizatsiya bosqichini to’liq o’tashini va dalaga ekilganida yaxshi gulpoyalar hosil qilishini ta’minlash maqsadida ularni +5-15°S da saqlashni tavsiya etgan.

U o’z fikrini davom ettirib, urug’lik piyoz ekilganidan so’ng haroratni 20°S gacha ko’tarilishi gulpoya hosil qilishga salbiy ta’sir etadi. Gulpoya va gul to’plami hosil bo’lganidan so’ng haroratni +35°S gacha ko’tarilishi gullarni changlanishiga salbiy ta’sir etsa, haroratni +15°S gacha pasayishi esa urug’larni pishishini kechiktiradi, deb ta’kidlagan.

P.D.Dudkoning (1954) xabar qilishicha piyoz yarovizatsiya davrini 2°S dan 8°S gacha tez, 0°S dan 2°S gacha sekin o’tkazar ekan. Janubdan chiqgan navlar yarovizatsiya davrini qisqa muddatda (60-80 kunda), shimoliy navlar esa bu bosqichni 130-150 kun da o’tar ekan.

N.N.Balashev, G.O.Zeman (1981) piyoz urug’i 3-5°S da una boshlaydi va piyozboshi o’sadi, ammo piyoz uchun optimal harorat 18-20°S hisoblanadi. Piyoz bargi 6-7°S gacha bo’lgan sovuqqa bardosh bera oladi. Yaxlagan va asta sekin yaxdan tushgan piyozlar hayotchanligini yo’qotmaydi, deb xabar qilganlar.

Piyoz uzun kun talab o’simlik. Rossiya Federatsiyasi sharoitida kunning tabiiy uzayishi davrida o’sadi, shuning uchun barglarini shakllanishi hamda piyozboshni o’sishi jadal sur’atda o’tadi. Janubiy mintaqalarda kunni uzunligi 13-15 soat, shimolda esa 15-18 soatdir.

M.V.Alekseeva (1982) piyoz qisqa 10-12 soatli yorug’ kunda yaxshi o’sadi, ammo bunday sharoitda zahira oziq moddalari to’planmaydi, piyozbosh hosil bo’lmaydi va u tinim davriga kirmaydi, deb xabar qilgan.

O’simlik yirik piyozbosh uchun o’stirilganda soyalatish piyozboshlar shakllanishini kechiktiradi va hosilni kamaytiradi.

Piyozboshning shakllanishi va yetilishi, oziq sharoitiga va o’simlikning suv bilan qanchalik ta’minlanganligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Urug’ qancha qalin ekilsa, o’simlik oziq moddalar va suv bilan qanchalik kam ta’minlansa, piyozbosh shunchalik tez shakllanadi va mayda bo’ladi.

N.S.Bakurasning (1971) xabar qilishicha. piyozdan yuqori hosil olish uchun, u tez-tez sug’orilishi va tuproq namligi 80-90% oralig’ida bo’lishi kerak ekan.

A.S.Krujilin (1954) piyoz ko’p organik modda to’plashi va yuqori hosil shakllantirishi uchun tuproq namligi uni biologiyasi talabi darajasida bo’lishi kerak, deb yozadi.

X.Bo’riev, V.Zuev va boshqalarning (2002) xabar qilishicha, piyoz o’simligini ildiz tizimi kuchsiz rivojlanganligi tufayli tuproq namligiga talabchanligi doimo yuqori bo’lib, surunkali sug’orishlarni xush ko’rar ekan. SHuning uchun tuproqning eng qulay namligi 75-80% bo’lishi piyozga eng qulay hisoblanar ekan.

Demak, yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, avgust piyoz yetishtirilayotganda uni begona o’tlardan o’z vaqtida tozalash, yagana qilish va tuproq namligini 80-90% oralig’ida saqlash ijobiy natija berar ekan.


Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish