M. V. Alekseevaning (1960, 1967) bergan ma’lumotlariga ko’ra Xitoy va Osiyo-oldi mamlakatlari piyoz turlari eng ko’p tarqalgan makon bo’lganligi, ammo u yovvoyi va madaniy piyozlarni birini ikkinchisidan ajratmagan


III. Bob. PIYOZNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 28,35 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi28,35 Kb.
#333624
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat

III. Bob. PIYOZNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

3.1. Yer tanlash va ekishga tayyorlash.

Sabzavot ekinlari qaysi muddatda yetishtirilishidan qat’iy nazar, u ekiladigan maydon tuprog’i strukturali, havo aeratsiyasi me’yorida bo’ladigan bo’lishi kerak. Chunki sabzavotlarning ildiz tizimi u darajada rivojlanmagan va shu bilan birga ular asosan yerning xaydalma qatlamiga joylashadi va o’sadi. Shuning uchun yer sabzavot ekilishidan oldin va uni turidan kelib chiqqan holda sifatli tayyorlanishi kerak.

Piyoz urug’i mayda va tarkibida efir moyini saqlaydi, shuning uchun uni tarkibiga suvni singishi uzoq vaqt davom etadi. Bundan tashqari piyoz ildizi torsimon bo’lib, tuproqning 10-15 sm qatlamiga joylashadi. Shuning uchun piyoz ekiladigan yerga ishlov berish alohida e’tibor berishni talab etadi.

Sabzavotchilikda ekinlar ekilishidan oldin yerga ishlov berish o’ziga xos xususiyatga ega. Bu ko’pchilik sabzavot urug’larining mayda bo’lishi, uzoq vaqt unishi hamda ularning to’liq unib chiqishi uchun yetarli miqdorida kislorod va namlikni talab qilishi bilan bog’liq. Shuning uchun ham ularga kislorod va namlik yetkazib beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Ko’pchilik sabzavotlar o’z mahsulotini mevasini tuproqda hosil qiladi, ularni shakli va sifati tuproqning donadorligi va qanday chuqurlikda unga ishlov berilganligiga bog’liq.

V.Zuev, A.Abdullaev (1997), V.D.Muxin (2000), K.N.Tkachenko va boshqalar (1991) sabzavotlarning yer osti mahsuloti (mevasi) hamda ildiz tizimining yaxshi o’sib rivojlanishini ta’minlash uchun tuproqqa ishlov berishning o’ziga xos tadbirlari qo’llaniladi, deb ta’kidlaganlar.

Yozda takroriy ekinlar va kuzgi ekinlar (piyoz, sarimsoq) ekilishidan oldin yerlar ekinlar qoldiqlaridan tozalanib, tuproq namligi yetarli bo’lsa 28-30 sm chuqurlikda ag’darib xaydaladi va bir yo’la boronalanib tekislanadi. Agar ertagi sabzavot hosili yig’ishtirib olinganidan so’ng tuproq qaqrab ketgan bo’lsa, u sug’oriladi va yetilgan vaqtida xaydaladi.

Begona o’t bosadigan maydonlarga yozda piyoz yoki ildizmevali sabzavotlar ekiladigan bo’lsa, yerni ekishga tayyorlash tizimiga begona o’tlar urug’ining yoppasiga unishini tezlashtirish maqsadida sug’orishni ham kiritish kerak. O’tlar yoppasiga unib chiqqandan keyin ular boronalash yoki dalani yuza yumshatish yo’li bilan yo’qotiladi.

Urug’i yuza ekiladigan (piyoz) mayda urug’li ekinlar hoh bahorda, hoh yozda ekilsin, tuproqni tobiga keltirish uchun boronalashdan tashqari, albatta, MV-6 markali tekislagich bilan mola ham bosish zarur.

Sabzavotlar ekilishidan oldin yerni ekishga tayyorlash tizimiga qiyalab tekislash usuli ham kiritilgan bo’lib, u o’simliklarning yaxshi o’sishini ta’minlovchi yuza hosil qiladi. Sabzavotlar tuproq namligi yetarli bo’lganda tekis dalaga ekiladi yoki mexanizmlarning to’g’ri va aniq yurishini ta’minlash maqsadida yunaltiruvchi egatlar olib, ekiladi.

Piyoz mexanik tarkibiga ko’ra yengil, qumoq, begona o’tlardan toza bo’z tuproqlarda yaxshi o’sadi. Og’ir soz tuproqli, botqoqlashgan va sho’rlangan yerlar piyoz yetishtirishga unchalik yaramaydi. Piyozdan eng yuqori hosil olishda och tusli bo’z tuproqli, shuningdek, daryo sohillaridagi loyqa o’tirgan, mineral moddalarga boy yerlar qulaydir. Ayniqsa, u o’zlashtirilgan quriq yerlarda yetishtirilganda juda yaxshi samara beradi.

Piyoz uchun dalani begona o’tlardan tozalovchi kartoshka, karam, pomidor, baqlajon, qalampir va bodringlar eng qulay o’tmishdosh ekin hisoblanadi. Almashlab ekishlarda piyoz yangi bo’zilgan (xaydalgan) bedapoya o’rniga, shuningdek, go’nglangan maydonlarga faqat ikkinchi yoki uchinchi yili ekilishi lozim. Bedapoya o’rniga yoki go’ng solingan maydonlarga birinchi yili piyoz ekilsa, uni begona o’tlar bosadi hamda piyozboshlarning yetilishi qiyinlashadi, saqlanish xususiyatlari yomonlashadi. Piyozni o’zining o’rniga va dalani o’t bostiruvchi ildizmevali sabzavotlardan keyin joylashtirish ham yaramaydi. Piyoz o’zining o’rni maydoniga uch yil oralatibgina qayta ekilishi mumkin.

Piyoz unumdor, yengil, loyqa o’tirgan yerlarda, shuningdek, soz tuproqli va yaxshi o’g’itlangan qumloq tuproqli yerlarda yaxshi o’sadi. Og’ir soz tuproqli yerlar piyoz ekish uchun unchalik yaramaydi. Sho’rlangan yoki botqoqlangan yerlarda piyoz mutlaqo o’smaydi. O’rta Osiyoda mexanik tarkibi jihatidan yengil bo’z tuproqli yerlarda piyozdan mo’l hosil olinadi.

X.Bo’riev va boshqalar (2002) ta’kidlashicha piyoz mexanik tarkibiga ko’ra yengil, qumoq, begona o’tlardan toza bo’z tuproqlarda yaxshi o’sadi. Og’ir soz tuproqli, botqoqlashgan va sho’rlangan yerlar piyoz yetishtirishga unchalik yaramaydi. Piyozdan eng yuqori hosil olishda och tusli bo’z tuproqli, shuningdek, daryo sohillaridagi loyqa o’tirgan, mineral moddalarga boy yerlar qulaydir. Ayniqsa, u o’zlashtirilgan quriq yerlarda yetishtirilganda juda yaxshi samara beradi.

Piyoz yetishtirish uchun ajratilgan yerni xaydashdan oldin gektariga 500-600 kg superfosfat hamda 200-250 kg kaliy tuzi bir tekis sochilib solina-di, so’ngra 28-30 sm chuqurlikda PD-4-30, PDN-3-30 kabi yarusli sukalar yor-damida sifatli qilib shudgorlanadi. Bunda yer betiga solingan mineral o’g’itlar tuproqqa ko’milib ketishi lozim. Shudgorlashdan so’ng darhol, paydo bo’luvchi ag’darma-egatlar va egatsimon uyumlar yengil tekislash orqali yo’qotiladi. So’ngra CHKU-4A chizel-kultivatorda 16-18 sm chuqurlikda chizellanadi. Bunda ildizpoyali o’tlarni qoldiqlarini yig’ishtirib olinadi. SHunday qilinganda keyinchalik yana ham o’t kam o’sib chiqadi (Bo’riev X. va boshqalar, 2002).

Demak, piyozdan yuqori hosil olish uchun unga begona o’tlardan toza yerlarni hamda o’tmishdosh ekinlarni to’g’ri tanlash va tuproqqa sifatli ishlov berish kerak ekan.


Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish