M. V. Alekseevaning (1960, 1967) bergan ma’lumotlariga ko’ra Xitoy va Osiyo-oldi mamlakatlari piyoz turlari eng ko’p tarqalgan makon bo’lganligi, ammo u yovvoyi va madaniy piyozlarni birini ikkinchisidan ajratmagan


Ekish oldidan urug’ni ekishga tayyorlash



Download 28,35 Kb.
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi28,35 Kb.
#333624
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat

3.2. Ekish oldidan urug’ni ekishga tayyorlash

Urug’larning dala sharoitida unuvchanligi va unib-o’sish quvvatinii oshirish, kasallik va zararkunandalar tarqalishining oldini olish, unib chikayotgan nihollarning oziqlanishlarini sozlash, yosh o’simliklarning tashqi muhit noqulayliklariga bardoshini oshirish, hosilning yetilishini jadallatirish va miqdorini oshirish uchun urug’larga turlicha ekish oldi ishlovlari beriladi. Maydon birligiga uncha ko’p sarflanmaydigan urug’larga ishlov sarf-harajatlari ham nisbatan kamligi sababli bunday tadbirlarning iqtisodiy samarasi yuqori bo’ladi.

Dehqonchilikda qo’llanishi mumkin bo’lgan ekish oldi ishlovlari urug’larni mayda-yirik va og’ir-engilliklariga ko’ra saralash, kimyoviy va termik ishlovlar (zararsizlantirish), ivitish, undirish va nishlatishlar sabzavotkorlarga qadimdan yaxshi ma’lum. Lekin endilikda bunday tadbirlarning takomillashtirilgan yangi ilmiy uslublari ishlab chiqilgan. Masalan, urug’larning turlicha quvvatlanish xususiyatlaridan foydalanib maxsus apparat-elektro separator yordamida ular orasidan faqat to’laqonli, jadal unib o’suvchanlari ayirib olinadi.

Namlash va ivitishlarning bir qancha samarali usullari taklif qilingan. K.A.Timiryazev nomli Moskva qishloq xo’jalik akademiyasi “barbotyorlash” usulini ishlab chiqdi. Urug’ va suv solingan (1:4; 1:5 nisbatda) barbotyor pastdan 0,5-0,8 atm bosimda suvdagi urug’larni muntazam aralashtirib turuvchi kislorod yoki toza havo o’tkazib turadi. Barbotyorlash 5-10% urug’lar nishlaguncha davom etadi, deb xabar qilgan V.D.Muxin (1983).



Tojikiston bog’dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik ilmiy tekshirish instituti, ekinlar turiga qarab, odatda 10-24 soat davomida ivitilgan urug’larni 1-1,5 kecha-kunduz davomida 20-25°S da selqitish, shundan so’ng 15-16°S da sochiluvchan bo’lguncha quritishni taklif qiladi. Bu fermentlar faoliyatini faollashtiradi, deb xabar qilgan N.V.Obrucheva (1982).

Piyoz ekini urug’ini qiyinchilik bilan unib chiqishi qishloq xo’jaligi amaliyotida zarur tadbirlar qo’llashni taqazo etadi. Ya’ni, bu hodisani yengmoq uchun qadimdan urug’ni ekishdan oldin ivitish yoki undirishga harakat qilganlar.

Piyoz urug’i odatda ivitilmasdan ekiladi, lekin uni tezda undirib olish uchun (ekish kechikkan vaqtlarda) ba’zan bir oz vaqt (1,5 sutka davomida) ivitiladi yoki qumga ko’miladi. Bunda ekiladigan urug’lar o’z vazning yarmiga teng keladigan suvda ivitiladi va nishlay boshlaganda 12-15 kun davomida 0-1°S haroratda saqlanadi. Ivitilgan urug’lar ekish oldidan sochiluvchan bo’lishi uchun uni bir oz shamollatishni taklif qiladilar N.N.Balashev, G.O.Zeman (1977).

Bundan tashqari piyoz urug’ini ekishga tayyorlashda donadorlashtirish, barbartirovka, drojalash hamda kasalliklarga qarshi dorilash samarali usul hisoblanadi. Agarda barbotirovka qilinganda piyoz 18-24 soat ishlov berilib, urug’lari ertaroq nish chiqara boshlasa, unda to’xtatiladi va ishlov berilgan urug’lar yaxshi shamollaydigan joyga qo’yib boshlang’ich namligiga qadar quritishni taklif qilinadi (Kazakova A.A., 1970).

E.V.Muratovaning (1967) xabar qilishicha, drojalangan urug’ 5-6 soatdan so’ng birinchi nihol hosil bo’lishini, 3 kundan so’ng 50% va 5-nchi kuni urug’larni to’liq unib chiqishini ta’minlar ekan.

Drojalangan piyoz urug’i ekilganidan 5 kundan so’ng birinchi niholi, 7-10 kundan so’ng esa to’liq nihollar hosil qilar ekan. Shu bilan birga bahorda drojalab ekilgan urug’lar hosildorligini 10-30% oshirar ekan. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib quyidagi xulosani chiqarish mumkin: piyoz urug’iga ekish oldidan albatta biroor usulda ishlov berish ijobiy natija berar ekan.

B.J.Azimov va boshqalar (2001) yozishicha sabzavot ekinlarining ko’pchilik kasalliklari urug’i va ekiladigan materiallar orqali o’tishini ta’kidlashadi. Urug’larni zararsizlantirish (dizinfektsiya) esa ulardagi zamburug’ va bakterial florasi darajasini pasayishi, o’simlikni boshlang’ich o’sish bosqichidagi chidamliligini oshiradi, ayniqsa tuproqda ko’p tarqalgan zarurkunandalarga qarshi urug’ va ekiladigan materiallarga ishlov berish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashgan.

Ichki infekitsya (virus) bilan kurashishi uchun urug’ga termik (issiq) ishlov berish zarur uslub hisoblanadi. Piyoz urug’i 7 kecha-kunduz davomida 30-35°S haroratda va 8-10 soat davomida 40°S haroratda qizdirilib so’ng tezda ularni 2-3 minutga sovuq suvga solib, keyin quritilsa, urug’larni unuvchanligi pasaymaydi.

Demak, urug’larni ekishdan oldin ularga yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullarda ishlov berish dalada kerakli o’simlik soniga erishishni ta’minlaydi, deb xulosa chiqarsa bo’ladi.


Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish