2.4. Piyoz klassifikatsiyasi va navlari
Piyozdan yuqori hosil olishda ekiladigan nav bulajak hosil taqdirini xal etuvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun navni to’g’ri tanlash faqat ijobiy natija beradi.
Nav tur ichidagi aniq botanik birlik emas, bu xo’jalik tushunchasidir. Nav inson tomonidan yaratilgan ma’lum bir sharoitda yetishtiriladigan, biologik va morfologik ko’rsatkichlari bo’yicha qimmatli xo’jalik belgilariga ega bo’lgan bir guruh o’simliklardir.
Ushbu tur o’simligini biologik xususiyatlariga bog’liq bo’lgan holda va selektsion ishlanganlik darajasiga qarab yetishtirilayotgan navning shakli, turlar ichidagi birlik bo’yicha qabul qilingan botanik klassifikatsiyaga nisbatan har xil o’rinni egallashi mumkin.
Navning biologik va morfologik xususiyatlari yuza birligidan olina-digan mahsulotning miqdori va uning sifatini aniqlaydi, inson oziqlan-ishi uchun qimmatli bo’lgan moddalar miqdori, ta’mining afzalliklari va tashqi ko’rinishini o’ziga jal b qilishi bilan ifodalaydi.
Shu kungacha yetishtirib kelinayotgan piyoz turlari Butun Rossiya o’simlikshunoslik institutining klassifikatsiyasiga ko’ra – oddiy piyoz (Allium sera L.) uch kenja turga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |