Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Suv yuzasidagi mayda zarrachalarning



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Suv yuzasidagi mayda zarrachalarning 
betarib harakatini ifodalovchi Jan 
Perren diagrammasi.
 


44 
Bu esa, Albert Eynshteyn uchun, bir paytlar amakisi Yakob hamrohligida
sho„ng„igan olami – kommutatorlar, cho„lgamlar, dinamo-mashinalardan iborat 
ajoyib ijodiy atmosferaga qaytish imkoniyati edi. Keyinroq, oradan 34 yil o„tib, 
endilikda vafot etib ketgan xaloskori Grossmanning bevasiga yozgan maktubida, 
uning marhum erining Albert Eynshteyn uchun qilgan xizmati, «o„lib qolmasa ham, 
harholda, ruhan sinishdan qutqargan ulkan ish» bo„lganligini tan olgan edi. Patent 
idorasigai faoliyat, olimga o„z ishlarini tartibga keltirib olish va tadqiqotlarini 
davom ettirishga yetarli moddiy imkoniyatlar eshigini ochgan edi.
Va mana, 1905 yil keldi. Eynshteyn ilm-fan tarixidagi eng yorqin iz 
qoldirgan debyutlardan birini amalga oshirdi. Ilmiy jamoatchilikdan allaqachon bir 
chetga chiqib qolgan mutlaq marginal holda u, yuksak ilmiy zakovat bilan 
yog„rilgan mufassallikka ega bo„lgan beshta maqolasini birin-ketin e‟lon qila 
boshladi. Bu maqolalarda Eynshteyn yorug„likning kvant tabiati, Broun harakati, 
maxsus nisbiylik nazariyasi, hamda, massa va energiyaning o„zaro ekvovalentlgi 
borasida bahs mulohazalar yuritar edi. Bu maqolalar ziyoli-zehnli olimlar hamda, 
turli xil ilmiy uyushmalarning korchalonlari nazariga tushgach, ular maqola 
so„ngida beriladigan izohlaridan va bibliografik ko„rsatkichlarda biron-bir nufuzli 
professorning ilmiy ishlariga murojaatlarni izlay boshladilar. Lekin ular istagan 
narsalarini topa olishmadi. O„zining «Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga» 
nomli eng asosiy maqolasida u faqat Isaak Nyuton, Maykl Faradey va Jeyms Klark 
Maksvelllarning ilmiy ishlariga murojaat qilib, shuningdek, maqola xotimasida 
o„zining patent idorasidagi hamkasbi M. Bessoga nisbatan qarata «
So„zim yakunida 
shuni alohida ta‟kidlamoqchimanki, mening hamkasbim va do„stim M. Besso, bu 
o„rinda bayon qilingan masalalarni ishlab chiqishda menga yaqin ko„makchi bo„ldi 
va uning qator qimmatli maslahatlari uchun men undan behad minnatdorman
» deb 
minnatdorchilik izhor etib o„tadi. Shunga binoan aytishimiz mumkinki, Eynshteyn 
o„z zamonasining ilmiy jamoatchiligining o„ziga nisbatan hech qanday burch yoki 
minnatdorchilik tuyg„ularini tuymagan.
Falsafa, tarix, huquq kabilar imkonsiz qolgan o„rinlarda va olamda sodir 
bo„layotgan o„zgarishlarga nisbatan turlicha xil nuqati nazarlarimizni mushtarak 
qila olmasligimiz singari kundan-kunga biz o„zimiz ham yutqazib borayotgan 
jihatlarda, ilm-fan tantana qilib kelayotir. Fanning tantanasiga esa matematik 
hisoblashlar ham katta xissa bo„lib qo„shilgan. Albatta, ayrim narsalardan voz 
kechishga ham to„g„ri keldi: ilm-fan zamon va makon haqidagi avvalgi sodda 
tushunchalaridan yuz o„girishga majbur bo„ldi.


45 
Nisbiylik tamoyili tomon birinchi qadamni Galileo Galiley qo„ygan edi. 
«Olamning ikki asosiy tizimlari haqida suhbatlar» asarining «Ikkinchi kuni»da u 
mutolaachilarga ajoyib bir tajriba taklif qiladi: 
«
Biror bir kemaning palubasi ostida, biror do„stingiz bilan yolg„iz qoling. 
Shuningdek, pashshalar, kapalaklar va shu kabi qanotli, mayda hashoratlarni to„plab 
oling. Yana o„zingiz bilan, kattaroq bir suv idishda mayda baliqchalar ham olib oling. 
Tepaga paqirda suv ilib qo„yingda undan pastga qo„yilgan og„zi tor biror idishga suv 
tomib qo„yadigan qilib qo„ying. Kema harakatsiz turgan vaqta, mayda, qonotli 
hashoratlarning xonaning u yog„idan bu yog„iga bir maromdagi tezlik bilan, uchayotganini 
kuzating; baliqchalar ham, idishda turli tomonlarga bexavotir suzib yurgan bo„ladi; 
paqirdan pastdagi idishga tomib turgan suv ham to„ppa to„g„ri idish og„ziga kelib 
tushaveradi; siz ham, turli tomonlarga bir xil masofaga biror narsani uloqtirmoqchi 
bo„lsangiz, uni bir tarafga uloqtirishda boshqa tarafga uloqtigandan ko„ra kattaroq kuch 
sarflashga to„g„ri kelmaydi; va siz ikki oyoqlab sakrasangiz, istalgan yo„nalishda bir xil 
masofaga sakraysiz 
Kema qo„zg„almay turganda bu narsalarning barchasi aynan shunday sodir 
bo„lishi haqida bizda biror shubha paydo bo„lmayotgan bo„lsa hamki, bu kuzatuvni qunt va 
hafsala bilan davom ettirish kerak. Endi kema istalgan yo„nalish tomon harakat boshlasa, 
(va albatta bunda harakat bir maromda bo„lishi va hech qaysi tarafga chayqalmayotgan 
bo„lsa) siz yuqorida aytilgan harakatlarning hech birida qilcha ham o„zgarishlar sodir 
bo„lmaydi. Ularning hech biri orqali kemaning harakatlanyaptimi-yo„qmi aniqlay 
olmaysiz
».
«Bir maromda» deganda Galileo Galiley, kemaning o„zgarmas tezlik bilan 
harakatlanishini nazarda tutgan. Bu tajribaning muddaosiga ko„ra, pashshalarning 
uchish traektoriyasi, tomchilarning tushishi va baliqchalarning harakatiga ko„ra, 
kemaning harakatlanayotganligini yoki, tinch turganini aniqlash maqsad qilingan. 
Lekin, bunda harakat belgilari ko„zga tashlanmaydi. Paluba ostida biz tashqi 
belgilarga murojaat etmasdan turib, kemaning doimiy tezlik bilan harakatlanyaptimi 
yoki, joyida harakatsiz turibdimi – buni aniqlay olmaymiz. Amerika tog„chalari 
attraksionida esa, eng yaxshi detektor sifatida qorindagi sezgilar xizmat qiladi. lekin 
bu szegilar faqat tezlanishga nisbatan o„zini namoyon qiladi.
Ko„zlarimizga ishonishni to„xtatib, matematikaga murojaat qilamiz.
Agar galiley kemasiga qaytsak, uning tajribasini boshqacharoq usulda bayon 
etish mumkin. biz ikkita nuqati nazar, yoki, fiziklar tili bilan aytganda ikkita 

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish