Albert va
Milevaning 1904-
1905 yillar
atrofida birga
tushgan
fotosurati.
O‘ngda
:
Eynshteynlar
oilasi farzandi
Gans Albert bilan.
Pastda:
Eynshteynning
xotini Mileva va
o‘gillari Gans
Albert hamda,
Eduard.
40
Eynshteyn biografiyasining eng bahsli jihatlaridan biri, uning xotini Milevaning
nisbiylik nazariyasining shakllanishidagi ta‟siri haqidadir. Ming yillar davomida
ayollar ilm-fanda asosan ikkinchi darajali joylarni egallardilar. Ularning
kashfiyotlari eng yaxshi hollarda shunchaki e‟tiborsiz qoldirilardi, ba‟zan esa, ilm
sohasida faoliyat yuritayotgan erkaklar tomonidan yuzsizlarcha o„zlashtirib olinar
edi. O„qituvchi, homiy, yoki sherik sifatida ishlab ayollarning ilmiy yutuqlarini
o„zlashtirib olgan bunday «erkak»lar tarafidan qilingan bunday noxolisliklar haqida
kitoblar yozilsa, ular butun boshli bir kutubxonani egallashi mumkin. Misol uchun,
britaniyalik matematik Uilyam Yung (1863-1942) o„z xotini, ajoyib iqtidorli
matematik ayol Greys Chizxolmning (1868-1944) yutuqlarini o„ziniki qilib
ko„rsatishdan aslo uyalmagan. U uyalmay netmay xotiniga shunday mazmundagi
noma ham yo„llagan: «
To„g„risini aytganda, bizning maqolalarimiz uchun
ikkalamiz ham imzo qo„yishimiz kerak edi. Lekin bu har ikkalamiz uchun ham naf
keltirmaydi. Shu sababli bunday qilmaymiz. Shon-sharaf ham, bilimlar ham meniki,
senga esa bilimlarni o„zi ham yetadi. Bizning davrimizda sen mavqe‟
shohsupalariga oshkora erisholmaysan. Men esa erisha olaman va shu sababli fan
bilan mashg„ulman
».
Albert va Molevaning oilasi uchun ham shunday yondoshuvni tadbiq etish
mumkinmi? Nisbiylik nazariyasining muallifligida Albert Eynshteyndan boshqa
biror shahsning qisman bo„lsa-da ulushi bormi? Biz Eynshteyn va Milevaning bu
boradagi tortishuvlarini, yolg„iz qolganda bu borada yuzma-yuz nimalar deb
bahslashishganini bilmaymiz. Bu borada yangragan eng keskin ayblovlardan biri –
«Harakatlanayotgan jismlarning elektrodinamikasi» nomi bilan chiqqan va er-xotin
Eynshteynlarning ikkovining izmolari bilan nashr etilganligi haqida da‟vo qilingan
qandaydir maqola bilan bog„liq bo„lib, o„tkazilgan jiddiy tekshiruvlardan so„ng
bunday maqola bo„lmaganligi va ayblovning asossiz ekani oydinlashdi.
Shuningdek, Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasining haqiqiy muallifi
ekanligiga shubha qilguvchilar orasida, mazmunan bu nazariyaning asoslarini
shakllantiruvchi qo„lyozma maqolalarda ikki xil husnixat mavjudligini xaspo„shlash
odati mavjud. Eng asosiy ayblov da‟vosi esa quyidagi ikki narsadan iborat:
Birinchidan, Eynshteynning Milevaga yozgan xatlaridan biridagi ayrim jumlalar
shubha uyg„otadi. Chunonchi uning qalamiga mansub bo„lgan va tarixan 1901 yilga
taaluqli yozishmalarning birida «
Harakatning nisbiyligi haqidagi ilmiy ishimizni
birgalikda muvaffaqiyat bilan yakunlaganimizda men qanchalik baxtiyor bo„lib
gu„rurga to„larkinman...
» degan mazmundagi ritorik jumlalar bor. Qolaversa,
keyinchalik olim o„ziga berilgan Nobel mukofotining qiymatiga teng qiymatdagi
pul mablag„ini, allaqachon ajrashganiga qaramay, sobiq xotini Milevaga jo„natgani
ham tanqidchilarning shubhalariga shubha qo„shadi. Lekin e‟tibor bilan tekshirilsa,
harakatning nisbiyligi tushunchasi, mazkur davr fizikasi uchun nisbatan keng
41
tarqalgan va ancha ommaviylashgan konsepsiya bo„lib, 1901 yilgi xatdan ham
bunday o„rinsiz xulosa chiqarish o„rinli emas. Chunki, asl mohiyati 1905 yilda e‟lon
qilingan nisbiylik nazariyasi uchun, 1901 yil, ya'ni, 4 yil avvalgi muhlat ancha
ertalik qiladi deb o„ylaymiz. Ajrashishdan keyingi mablag„ jo„natishlar esa,
mualliflik huquqlariga aslo dahli bo„lmagan bo„lishi va shunchaki, g„amxo„r
otaning o„z sobiq oilasi haqida qayg„urshi bilan bog„liq bo„lishi ehtimoli ham
yuqori.
Shuni ham inkor etib bo„lmaydiki, Mileva Marich, eri Albert Eynshteynni
ilhomlantirib yurgan bo„lajak buyuk nazariyaning mohiyatini haqiqatan ham juda
yaxshi tushungan. U Eynshteynning bu borada yozayotgan maqolalarini tahrir qilib,
kerakli o„rinlarda zarur tuzatishlarni ham kiritib borishi mumkin edi. Bundan
tashqari yosh olim o„z g„oyalarini boshqa shahslar – Mishel Besso, Filipp Frank,
hamda, Moris Solovinlar bilan muhokama qilishni ham juda xush ko„rgan. Bunday
munozaralarda u qo„shimcha g„oyalar olar va o„z fikrlarini mustahkamlab borardi.
Shunday ekan, u o„zining dilida pishitib yurgan yangi nazariyasini, o„ziga eng yaqin
deb bilgan insoni – xotini bilan o„rtoqlashmagan bo„lsihi ehtimoldan yiroq. Lekin
biz endi, Eynshteynga xotinining maslahatlari qanchalik yordam bergani va ular qay
darajada qimmatli bo„lgani haqida hech qachon bila olmaymiz. Milevaning eriga
yozgan xatlarining asosiy qismi yo„q bo„lib ketgan; saqlanib qolganlaridan ham
nisbiylik nazariyasi haqida va umuman ilm-fan haqidagi qaydlar juda-juda kam.
Shuningdek, Eynshteynning o„zi tomonidan Milevaga yozilgan maktublar ichida
ham, o„qib chiqilgan kitoblar va suhbatlashishga muvaffaq bo„lgan olimlari haqida
zavq-shavq bilan yozilgan jumlalarga taqqoslaganda, nisbiylik nazariyasi haqidagi
gaplar kamlik qiladi. Albatta, shubhakorlar fikrida doimo, Milevaning buyuk
nazariya paydo bo„lishidagi xissasini tasdiqlovchi yozishmalarni Albert Eynshteyn
shunchaki yonib turgan kaminga irg„itib yo„q qilgan bo„lishi mumkinligi haqidagi
gumonlar ham to„la bo„lgan. Biroq, Mileva Marichning hali ajrashmagan paytida
o„z yaqin dugonasi Elen Kauflerga yozgan xatlaridan biri saqlanib qolgan bo„lib,
unda Mileva, erining olib borayotgan ilmiy ishlaridan qanchalik hayrat va zavqqa
to„layotganligi haqida yozgan. Lekin nazariyaning shakllanishidagi o„zining
ishtiroki haqida hech bir so„z bitmagan.
Aniq tasdiqlashimiz mumkin bo„lgan yagona narsa shuki, qanchalik og„ir
bo„lmasin, Eynshteyn suyukli rafiqasi bilan ajrashganidan keyin ham avvalgidek
buyuk olim bo„lib qolaverdi va yana boshaqa buyuk ilmiy kashfiyotlar asoschisi
bo„ldi. Uning eng nufuzli va ko„p qirrali loyihasi bo„lmish umumiy nisbiylik
nazariyasi, olim endilikda oilasiz, yolg„iz yashayotgan vaqtida Berlinda tugallandi.
Eynshteyn
xarakteridagi
Milevaga
nisbatan
bo„lgan
ayrim
iltifotsizlik
munosabatlari esa, o„sha davr erkaklarining barchasi uchun yalpi tegishli bo„lgan
jihatlardan biri bo„lib, shunday bo„lsa ham, o„z oilasiga nisbatan bepisand
qarashdek illat Eynshteyn portretining hech bir rakursiga mos kelmaydi.
42
Milevaning akademik orzulari barbod bo„lganida ham va bitiruv imtihonlaridan
ikkinchi marta yiqilganida ham, Eynshteyn o„z suyukli xotinini doimo zo„r ishtiyoq
bilan qo„llab quvvatlab, birgalikdagi ilmiy loyihalarga rag„batlantirib kelgan. U
Milevani doimo uchragan omadsizliklarga qaramasdan ilm-fandan yiroqlashib
ketmaslikka undar edi. Eynshteyn shuningdek, ilm-fan sohasida kurashga kirishgan
boshqa ayol olimalarning himoyasiga ham bel bog„lagani ma‟lum. Xususan, yetuk
olmon matematik olimasi Emmi Nyoter (1882-1935) ijodi uning doimiy diqqat
markazida bo„lgan.
Eynshteyn garchi tashida bildirmaslikka intilgan bo„lsa hamki, o„zi va jamiyat
o„rtasidagi ziddiyatlarni juda og„ir qabul qilardi. Albatta u, o„zi suygan qizga
uylanishga erishdi, lekin uning professional kelajagining juda omonat ekanligiga
ishora qilgan ota-onasining gaplaridan qattiq xafa bo„ldi. Singlisi Mayaga yozgan
maktublaridan birida Albert o„z hasratlarini yashira olmaganligini ko„ramiz:
«
Do'stlaringiz bilan baham: |