TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
diagnostik, psixologik, boshqaruvchilik kabilarni kiritadilar. I.F.Isayeva kasbiy va
pedagogik madaniyat uchta asosiy: aksiologik, texnologik va shaxsiy-ijodiy
komponentdan iboratligini ta’kidlaydi. Aksiologik komponent - bu pedagogik
qadriyatlarning kombinatsiyasi: kasbiy zarur bilimlar, pedagogning fikrlari,
e’tiqodlari. Texnologik komponentga pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan turli xil
pedagogik muammo va vazifalarni hal qilish uchun texnologiyalar majmuyi kiradi.
Shaxsiy-ijodiy komponent pedagogik qadriyatlar va pedagogning innovatsion
faoliyati, o‘z pedagogik faoliyatining tanqidiy tahlili, pedagogik ijod
2
.
Tadqiqotchilar madaniyat doimiy ta’lim emas, u rivojlanmoqda, oldingi
madaniyatning yangi madaniy qadriyatlar bilan o‘zaro ta’siri mavjud, deb
hisoblashadi. Madaniyatning shakllanishi faoliyat bilan bog‘liq va olingan bilim va
ko‘nikmalar, g‘oyalar va ideallar, shuningdek qadriyat yo‘nalishlari bu jarayonga
ta’sir qiladi. Shu sababli, hozirgi vaqtda e’lon qilingan va ta’lim maqsadi, uning
tuzilishi, shakllari, usullari va texnologiyalari o‘zgarishi bilan tavsiflangan
innovatsion ta’lim yangi madaniyat turini innovatsion shakllantirishi kerak.
Mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar mamlakatimiz ta’lim
tizimini doimiy ravishda modernizatsiya qilishni talab qilmoqda. Zamonaviy
sharoitda innovatsion pedagogik faoliyat ta’limni yangilash vositasidir. Ta’lim
mazmunidagi doimiy o‘zgarish pedagogdan doimiy ravishda o‘qitishning yangi
shakllari va texnologiyalarini, shuningdek kasbiy o‘zini o‘zi o‘qitish shakllari va
texnologiyalarini izlashni talab qiladi. Pedagogik jarayonni amalga oshirish shakllari
va texnologiyalarini izlashda pedagogik nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik
mustahkamlanmoqda, pedagogik muhitda pedagogik bilimlarning ahamiyati ortib
bormoqda. Hozirgi kunda innovatsion madaniyat va uning individual komponentlari
Ye.D.Afanaseva, L.G.Borisova, V.G.Volvach, L.E.Yelizarova, S.V.Kulnevich,
V.V.Kraevskiy, V.A.Latishev, M.V.Mazurina, A.I.Nikolayev, A.M.Novikov,
I.E.Panova,
A.M.Saranov,
G.A.Safarova,
St.Sidorov,
H.M.Soltamurodova,
A.N.Tryapitsina, L.A.Xolodkova, I.I.Sirkun kabi olimlar tomonidan ko‘rib
chiqilmoqda.
Pedagogik
innovatsion
madaniyatni
o‘zlashtirish zaruriyati pedagogik
voqelikning quyidagi hodisalari bilan izohlanadi:
- o‘quv muassasalarining (ijod maktablari, litseylar, kollejlar, markazlar) yangi
modellarining faoliyati. Ularda ishlash pedagogdan nafaqat o‘qitishning yangi
usullarini egallashni, balki butun faoliyat tizimini nazariy, uslubiy va metodologik
darajada qayta qurishni talab qiladi;
2
Исаев И.Ф. Теоретические основы формирования Профессиональной педагогической культуры преподавателей высшей
школы: Автореф.дис... .докт.пед.наук. -М., 1993. 33-bet
54
Do'stlaringiz bilan baham: |