TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
O‘zbekiston hamda jahon mamlakatlarida o‘z mazmun-mohiyati, ahamiyati, o‘rni
bilan rivojlanib kelmoqda.
Metsenatlik harakati tarixi jahon mamlakatlarida o‘rganilgan bo‘lsada,
O‘zbekiston tarixi tadqiqotlarida tarixiy jihatdan tahlil etilmagan. Dunyo miqyosida
xayriya va homiylikka oid me’yoriy-huquqiy asoslar ham yaratilib kelinmoqda.
Hozirda jahonda mavjud xalqaro xayriya tashkilotlarini ikki guruhga - donor
jamg‘armalarini to‘playdigan va tarqatadigan hamda bevosita xayriya tadbirlarini
amalga oshiruvchi tashkilotlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mansub
tashkilotning misoli sifatida CAF (Charity Aid Foundation, Xayriya yordam
jamg‘armasi)ni keltirish mumkin. Tashkilot 1974-yildan buyon mustaqil faoliyat
yuritib keladi. CAFning asosiy maqsadi notijorat tashkilotlarni ko‘paytirish va
dunyoda xayriya faoliyatini rivojlantirishdir. CAFning asosiy vazifasi xayriya
jamg‘armalariga pul mablag‘larini jalb qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish, shuningdek, xayriya dasturlarini boshqarishda yordam berish
hisoblanadi. Bugungi kunda CAF tarkibini 250 mingdan ortiq homiy va to‘rt
mingdan ortiq xayriya tashkilotlari tashkil etadi. 1992-yildan boshlab jamg‘armaning
filiallari Rossiya, Belgiya, AQSh, Janubiy Afrika, Hindiston, Avstraliya, Bolgariya,
Gana davlatlarida ochilgan
2
.
Bevosita xayriyani amalga oshiruvchi ikkinchi guruhga “Chegara bilmas
shifokorlar”, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF),
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyati kabi tashkilotlar kiradi.
“Chegara bilmas shifokorlar” (fr. Médecins sans frontières, MSF) 70 dan ortiq
mamlakatda harbiy mojaro, ochlik, epidemiya, majburiy migratsiya va tabiiy
ofatlardan zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi xalqaro
mustaqil, notijorat tashkilotdir. Tashkilot Nigeriyadagi qurolli mojaro qurbonlariga
yordam berish maqsadida 1971-yilda Parijda tashkil etilgan. “Chegara bilmas
shifokorlar” jamiyati tabiiy va texnogen fojia tufayli jabrlanganlarga, shuningdek
qurolli mojarolar qurbonlariga yordam ko‘rsatadilar, insonparvarlik tamoyilini
ustuvor deb hisoblaydilar
3
.
Xayriya faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardan yana biri Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) hisoblanadi. Jamg‘arma
1946-yil 11-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining qarori bilan tashkil etilgan.
1953-yilda tashkilot o‘zining faoliyatini kengaytirdi va vakolatlarini muddatsiz
ravishda uzaytirdi. Bugungi kunda YUNISEF dunyoning 157 mamlakatida o‘z
dasturlarini amalga oshirmoqda. Tashkilot hozirgi kunda bolalarni tarbiyalash uchun
2
Хартия “Врачей без границ”. http://www.ru.msf.org/russia/article.cfm?article (23.07.2018)
3
Танишинг Халқаро Қизил Хоч Қўмитаси (ХҚХҚ). 2007 йил. – Б. 9.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |