TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
omillardan biridir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Homiylik to‘g‘risida”gi
qonuni 2007-yil 2-mayda qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi homiylik sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Respublikamizda qonunlarga binoan,
xayriya va homiylik aholining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinmagan va kam
ta’minlangan toifalarining moddiy ahvolini yaxshilash, ishsizlar, nogironlar va
boshqa shaxslarni ijtimoiy reablitatsiya qilish, oilaning jamiyatdagi nufuzi va rolini
mustahkamlashga ko‘maklashish, ta’lim, fan, madaniyat, san’at, ma’rifat sohasidagi
faoliyatga, tabiiy ofatlar, ekologiya, terrorchilik harakatlari natijasida jabrlanganlarga
yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi davlat dasturiga kiritilgan
vazifalar belgilangan. O‘zbekiston jahon mamlakatlari bilan hamkorlikda xalqaro
talablarga mos “Bolalar uyi” mahallalarini qurish, tarbiyalanuvchilar bo‘sh vaqtini
mazmunli o‘tkazishni tashkil etish maqsadida bir qator xayrli va homiylik ishlarini
amalga oshirilib kelmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida “SOS-Kinderdorf”
(Avstriya) homiyligida bolalar mahallalari 1998-yil apreldan faoliyatini boshlagan.
“O‘zbekiston bolalar mahallasi”ni qurish uchun 5 gektar yer ajratilib, 12 mln. dollar
hisobida sarmoya kiritildi
8
.
Shuningdek, bepul madaniy tadbirlar ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
“O‘zdavlatsirk” Respublika birlashmasi binosida 2004-yil 23-iyuldan 26-
sentabrgacha “Mehr va muruvvat yili”ga bag‘ishlab Rossiyaning “Hindiston fillari”
va “Afrika shou sirk” xayriya sirk tomoshalari namoyish etildi. Ushbu tadbirlarda
Miroboddagi “Mehribonlik uyi”dan 250, Shayxontohur “Sog‘lom avlod uchun”
tashkilotidan 450, Respublika realibitatsiya markazidan 1200, Chilonzor tumani
“Mehribonlik uyi”dan 450, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika Bolalar xayriya
jamg‘armasidan 500, “Cila dushi”(«Сила души”) eko klubidan 55 nafar bolalar
ishtirok etdilar
9
. Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi ham mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab kam ta’minlangan va ko‘pbolali oilalarga, beva ayollar
va yolg‘iz qariyalarga, urush va mehnat nogironlariga moddiy yordam ko‘rsatib,
xayriya ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Jamg‘arma 1997-yilda xayriya aksiyasi
sifatida “Navro‘z-97” lotoreyasidan yigirma ming dona chiqarib, o‘n oltita 3-4 xonali
kvartira, “O‘zavtosanoat”dan 36 ta avtomashinani e’lon qildi
10
. Ta’kidlash joizki,
O‘zbekistonda Nodavlat notijorat tashkilotlari ham xalqaro yo‘nalishda BMTning
Taraqqiyot dasturi, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JIKA), Janubiy
қўллаб-қувватлашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги (2017 й. 12 сентябрь) Қарорлари; “Мурувват” ва “Саховат”
интернат уйларида яшайдиган ногирон ва кексаларни ижтимоий қўллаб-қувватлашни янада кучайтириш чора-тадбирлари
тўғрисида” (2017 й. 3 июль); “Эзгу мақсад” халқаро хайрия жамғармаси фаолиятини янада ташкил этиш чора-тадбирлари
тўғрисида”ги (2017 й. 19 октябрь) Қарорлари ва бошқалар. http://www.lex.uz/
8
ЎзР МДА, М – 38 фонд, 1 – рўйхат, 90 – йиғма жилд. 76 – варақ.
9
ЎзР МДА, М – 37 фонд, 1 – рўйхат, 2031 – йиғма жилд, 38 – варақ.
10
Холиқулова Ҳ. Ўзбекистонда имконияти чекланган шаҳсларни ҳимоя қилиш сиёсати (1991-2014 йй).: Тарих.фан.бўйича
фалсафа доктори (PhD) ... дисс. – Тошкент, 2018. – Б. 37.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |