TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yetimlarning sonini kamaytirish, davlat maktab-
internatlarining bitiruvchilari va o‘z oilalarida yashamaydigan nogiron bolalarni
qo‘llab-quvvatlash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamiyatdagi
kamsitishlarga qarshi kurashish, shuningdek, ularning qobiliyati, sog‘lig‘i yoki
millatidan qat’iy nazar, bolalar huquqlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarda ish olib
bormoqda.
Yuqoridagi tashkilotlar bilan bir qatorda Xalqaro Qizil Xoch yoki Qizil Yarim
oy jamiyati faoliyati hozirgi vaqtda dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda yo‘lga
qo‘yilgan. Tashkilot Shvetsariyada vujudga kelgan bo‘lib, Qizil Xoch timsoli
Shvetsariya bayrog‘idagi ranglarning o‘zaro o‘rin almashtirilishidan olingan. Aslida
Shvetsariyaning bayrog‘i qizil rangda bo‘lib, undagi xoch oq rangdadir. Xalqaro
harakat uchta tarkibiy qismdan iborat: Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (XQXQ), Qizil
Xoch va Qizil Yarim oy milliy jamiyatlari (milliy jamiyatlar), Qizil Xoch va Qizil
Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi
4
. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi
(XQXQ)ga 1863-yilda asos solingan. XQXQning faoliyati hech qanday davlat,
davlatga qarashli, mintaqaviy yoki xalqaro tashkilot tomonidan nazorat qilinmaydi.
Qo‘mita 50 dan ortiq mamlakatlarda o‘z vakolatxonalariga ega bo‘lib, ularning har
biri qurolli mojarolarda aziyat chekkanlarga tibbiy va moddiy yordam berish hamda
himoya qilish kabi xayrli ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda XQXQning vakolatxonasi 1993-yildan faoliyat
olib boradi. Umuman olganda, ushbu milliy jamiyatlar faoliyati davomida kam
ta’minlangan, bemor, muhtoj oilalarga g‘amxo‘rlik qiladi. Shuningdek, tabiiy ofat
natijasida baxtsizlikka yo‘liqqan oilalarga shoshilinch yordam ko‘rsatish,
qariyalarning yashash sharoitini yaxshilash kabi xayrli ishlar bilan shug‘ullanadilar
5
.
O‘zbekistonda xayriya va homiylik borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni
takomillashtirish uchun 2006-yil yurtimizda “Homiylar va shifokorlar yili” deb
nomlangani
6
, xayriya va homiylikka doir bir qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul
qilinganligi
7
ham sohaga bo‘lgan e’tiborning mavjudligini belgilovchi muhim
4
“Инсон ва жамият” курси бўйича қўшимча ўқув қўлланмаси юзасидан ўқитувчиларга услубий кўрсатмалар//Муаллифлар:
Симона Роберто, С.Т.Газиева, О.А.Овчаренко ва бошқ. - Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1999. –
Б. 15-16.
5
Ўзбекистон Республикасининг “Ҳомийлик тўғрисида”ги 2007 йил 5 майдаги № ЎРҚ-96 Қонуни. Ўзбекистон Республикаси
Олий Мажлиси Палаталарининг Ахборотномаси, 2007. № 5.http://www.lex.uz/acts/1183667?ONDATE=03.05.2007%2000.
(20.01.2018)
6
Ўзбекистон Республикасининг “Ҳомийлик тўғрисида”ги 2007 йил 5 майдаги № ЎРҚ-96 Қонуни. Ўзбекистон Республикаси
Олий Мажлиси Палаталарининг Ахборотномаси, 2007. № 5.http://www.lex.uz/acts/1183667?ONDATE=03.05.2007%2000.
(20.01.2018)
7
Ўзбекистон Республикаси Президентининг: “Наврўз” хайрия жамғармасини ташкил этиш тўғрисида” (1992 й. 23 май);
“Республика “Маҳалла” хайрия жамғармасини ташкил этиш тўғрисида” (1992 й. 12 сентябрь); “Республика “Маҳалла”
хайрия жамғармасига маблағ ажратиш тўғрисида” (1997 й. 7 январь); “Диний-маърифий соҳа фаолиятини тубдан
такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги (2018 й. 16 апрель) Фармонлари, “Ҳомийлар ва шифокорлар йили”
дастурини ишлаб чиқиш ва амалга оширишнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида”ги (2005 й. 16 декабрь) Фармойиши,
“Ҳомийлар ва шифокорлар йили” дастури тўғрисида” (2006 й. 23 январь); “Аҳолининг кам таъминланган қатламларини
120
Do'stlaringiz bilan baham: |