THE PROBLEM OF CHARITY AND PATRONAGE: IN UZBEKISTAN AND
THE WORLD EXPERIENCE
117
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
Abdullaev D.N. - Lecturer at the Tashkent State Pedagogical University, Doctor
of Philosophy (PhD) in historical sciences
Annotation.
The article deals with the problem of charity and patronage, the
level of its national value on the example of the experience of Uzbekistan and the
countries of the world. The article highlights the interaction of international
organizations in the field of sponsorship and charitable activities. The legal
framework of charity and sponsorship is analyzed. The role and place of Uzbekistan
in the world charity index is determined.
social protection, charity, patronage, sponsorship, international
organization, donor fund, SAF, non-profit organizations, world charity indicators.
Ma’lumki, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p
tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish - davlatimizning mustaqilligini
mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini
yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir. Shuni e’tiborga olgan holda
respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin O‘zbekistonning ichki va tashqi
siyosatida, uni amalga oshirish jarayonida mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar,
hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni
saqlash, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi kabi
tamoyillarga asoslangan holda jamiyatning negizi bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda
madaniy sohalarda har tomonlama aloqalarni izchil rivojlantirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda,
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab puxta
o‘ylangan tashqi siyosatni izchil amalga oshirib kelmoqda. Uning zamirida o‘zbek
xalqining ko‘p asrlik tarixi va madaniyati, an’ana va qadriyatlari, ezgu orzu-intilish
va manfaatlari mujassamdir
1
.
Shu bois, umumbashariy qadriyatlar, jumladan xayriya va homiylik hamda
mamlaktimiz ilm-faniga yangi termin sifatida kirib kelayotgan metsenatlik faoliyati
tarixining mamlakatimiz hamda jahon davlatlari tomonidan katta e’tibor bilan
o‘rganilishi, uning me’yoriy-huquqiy asoslari, rivojlanish tendensiyalari hamda
istiqbolli yo‘nalishlarini tahlil etish, bu borada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish
muhim vazifalar qatoriga kiradi. Jumladan, ijtimoiy himoya tizimi tarkibidagi
umumbashariy qadriyatlar - xayriya va homiylik faoliyati ming yillar davomida
1
Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент:
Ўзбекистон НМИУ, 2018. – Б. 383.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |