TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
Paniyskiy (V asr), Menandr Protektor (VI asr), Zaxariy Ritor (VI asr), Kozma Indi-
koplava (VI asr), Feofilat Simokatta (VI asr) asarlarida uchraydi
6
. Feofan
Vizantiyskiyning ma’lumot berishicha, eftalitlarning hukmdori Vahshunvor Eftalon
bo‘lib, xalq uning nomi bilan yuritilgan
7
.
Arab va fors manbalari eftalitlarni Markaziy Osiyoning tub joy aholisi bilan,
ayniqsa, Zobuliston, Kobuliston, Garjiston, Baqtriya - To‘xoriston, Buxoro va
Samarqand aholisi bilan bog‘laydi. Ular Baqtriya - To‘xoristonni eftalitlarning asl
yashash joyi deb ko‘rsatadilar
8
. Eftallar tarixiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arman
tarixchilari asarlarida ham mavjud bo‘lib, ularda eftalitlar va ular bilan bog‘liq
voqealar ko‘plab o‘rta asr manbalarida ham uchraydi, lekin ularning aksariyatida
eftalitlarni kushonlar bilan birdek ifodalaydilar. Favstos Buzand o‘zining “Armeniya
tarixi” asarida sosoniylar shohi Shopurning Sharqdagi janglari haqida juda qiziq
ma’lumotlarni keltiradi. Egishe Vardapet esa shaxsan o‘zi ushbu voqealarning guvohi
sifatida sosoniy podsho Yazdigird II ning shimoliy-sharqiy elatlar, jumladan eftalitlar
bilan bo‘lgan jangini tasvirlaydi. Shunga o‘xshash yana boshqa ma’lumotlar Lazar
Parpetsiyning “Armaniston tarixi” asarida uchraydi. Eftalitlar heptalk shaklida
Ananii Shirakatsiyning “Geografiya” hamda Sebeosning “Imperator Irakl tarixi”
asarida uchraydi. Arman manbalarda eftalitlar To‘xoriston va Xurosondagi hukmron
toifa o‘laroq tilga olinadi
9
. Arman manbalari orqali bizgacha yetib kelmagan ikkita
asar haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz, ular fors muallifining “Rastsaxun” (Ishonchli
hikoya), hamda yunon tilida yozilgan “Eftalitlar tarixi” asaridir. Eftalitlarning
sosoniylar shohi Peroz bilan jangi haqidagi ma’lumotlarni Suriya manbalarida,
jumladan Iyeshu Stilitning “Xronika” (“Хроника”) asarida uchratish mumkin.
Eftalitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hind manbalarida ham uchrab ular “xun” deb
yuritilgan. Eftalitlarga qarshi harbiy harakatlar haqidagi ma’lumotlar Bxitar, Kur,
Mandasor va Gvaliordagi tosh ustunlarda uchraydi. Hind eposlari hamda VI asr hind
astronomi Varaxamixirning “Brxat Samxit” asarida oq va qora xunlar haqida
ma’lumotlar uchraydi. Eftalit shohlar haqidagi ma’lumotlar Kalxan tomonidan
jamlangan “Radjatarangin” nomli Kashmir tarixiy solnomasida hamda IV-VI asrlarga
oid Prakritining “Kuvalayamala” va “Puran” asarlarida keltirilgan. Hind manbalarida
ular Shimoliy Hindistonga shimoldan, Markaziy Osiyodan kelgan ko‘chmanchi elat
o‘laroq tilga olinadi
10
.
6
Гумилев Л.Н Эфталиты и их соседы в IV веке // Вестник древней истории. 1959.№ 1 С. 129; Ртвеладзе Э.В. Великий
Шелковый путь: Древность и раннее средневековье. Ташкент,1999.С.271
7
Tревер К.В. Эфталитское государство (V-VI вв.) // История народов Узбекистана.Ташкент,1950.Т.1. С.126. Гафуров Б.Г.
Таджики. Древнейшая, древняя и средневековая история. М., 1972.С.50.
8
Исоматов М.М. Эфталитское государство и его роль в истории Центральной Азии. Автореф. дисс. на соискание ученой
степени д.и.н. Душанбе: ТГПУ им. С. Айни, 2009. 45- бет.
9
ТерМкртичян Л. Х. Армянские источники о Средней Азии V – VII вв. М.: Наука, 1979. 40, 49, 55- бет.
10
Ғ.Бобоёров. Эфталитларнинг этник келиб чиқиши тарихшунослиги. Т:.2019 й. 12-б
127
Do'stlaringiz bilan baham: |