1.UYG’URLAR Etnogenezi va etnik tarixi.
Uyg’urlar Xitoy Xalқ Respublikasidagi Syantszyan – Uyg’ur muxtor tumanining tub joy aholisi bo’lib, 8 mln. kishinidan ortiq. Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Ҳindiston, Afғoniston va Pokistonda yashaydi. Uyg’ur tilida so’zlashadi. Dindorlari asosan sunniy musulmonlar.
Yapon (Yutyanxeng), frantsuz (Klaprot) olimlari fikricha “uyg’ur” atamasi mil. avv. III-II asrlardan ma‘lum. Uyg’urlar etnogenezi Xitoy manbalarida 4-5 ming yil avval tilga olingan “di” (turk) larning “chidi” (қizil di – janubiy turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shimolida mavjud bo’lgan Chidi davlati mil. avv. 594 yilda Tszin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shimolga ketishga majbur bo’lishgan. Uyg’urlar xun qabilaviy ittifoqi (mil. avv. III asr – milodiy III-IVasrlar) da muhim rol o’ynaganlar. Milodiy V-VIII asrlarda uyg’urlar Jujan (Avar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VII asrga қadar uyo’urlar tarkibida yog’liqor (xon avlodi), quturg’ur, turlam-veybur, buqosqir, ovchag’, xazar-qasar, xo’g’ursu, yag’mo, ayovir kabi 9 qabila mavjud bo’lgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) bo’yida yashagan adiz qabilasi qo’shilishi bilan 10 uyg’ur ittifoqi shakllangan. VII-IX asrlardagi manbalarda 15 uyg’ur qabila uyushmasi (baku, hun, bayirg’i, tungro, sijie, chibni, izgil (sije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirg’iz) qayd qilingan. Ular 646 yilda Sharqiy Turk xoqonligi hududiga Uyg’ur xonligini tiklagan. Uyg’ur-Urxun xoqonligi (Uyg’ur xoqonligi) davrida (744-840) uning barcha fuqarolari “Uyg’ur” deb, IX asrda uyg’urlarning Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida “Kuju xonligi” deb nomlangan. XI asrda uning hududi g’arbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha cho’zilgan bo’lib, arab manbalarida “bilod Uyg’ur” yoki “Yug’ur” (al-Marvaziy) deb qayd etilgan.
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo aholisiga aylanib qolgan uyg’urlar Қozog’istonda, Qirg’izistonda, O’zbekistonda, Qisman Turkmaniston va Tojikistonda ham istiqomat qilishadi.
Qozog’istonda uyg’urlar butun bir katta tuman egallaydi. Issiq Chilik, Chunja, Panfilov shahri hududlarida, Norinko’l, Iln tumanlarida. Alma – Atida va Shimkent shaharlarida ham ko’plab uyg’urlar yashaydi. Qirg’istonda Bishkek, To’moq, Prejevalsk, O’sh shaharlarida, shuningdek ayrim qishloqlarda ham uyғurlar oilalari, Turkmanistonning Bayramali, Mari tumanlarida va Tojikistonning ayrim ҳududlarida yashashadi. O’zbekistonda uyғurlar Farғona vodiysining Asaka, Izboskan, Paxtaobad tumanlarida, Andijon shaҳri va tumanlarida joylashgan.
1921 yilgacha uyg’urlar қaerda yashayotganliklariga қarab ҳar xil nom bilan atalgan: қoshғarlik, turfonlik, oқ suyaklik, yarkanlik, andijonlik va h.k. 1921 yilda uyg’urlarning Toshkentda bo’lib o’tgan қurultoyida barcha uyғurlarning yagona nom bilan atashga qaror qilindi.
Tyan – Shan toғ tizmalari bu o’lkani ikki pastlikka ajratib turadi. Jung’oriston va Qoshg’ariston, ana shu yerlarda miloddan oldingi davrlarda tohir, shak, so’g’d va ularda yaqin tillarda so’zlashadigan turli turkam қabilalari yashagan. Milodning birinchi ming yilligi ikkinchi yarmida bu yerlarga turkiy tilda gaplashadigan bir қancha қabilalar kўchib keladi.
IX asrda bu yerlarda ҳozirgi Mo’g’ulistonda yashagan uyғur қabilalari keladi. Yenisey qirg’izlari bilan bo’lgan 840 yildagi jangda yengilib, uyg’urlar Sintszyanning sharqi – shimoliy tumanlariga joylashib oladi va ko’p o’tmay Uyg’ur davlatini tashkil қiladi. Bu qabilalarni uyg’urlar bilan birgalikda ilgari to’qqiz o’g’uz deb atashgan.
Qadimiy uyg’ur қabilalari bilan turkin қabilalarning ўzaro aralashib ketishi natijasida yangi turk – uyғur qabilalari paydo bo’ladi. Ko’hna uyғur va qurama qabilalar tili ўrniga yangi uyғur tili yuzaga keladi.
Uyғurlarning Junғoristonga kelib қolishga Junғoriston davlati ҳukmronligi vaқtida (XVII – XVIII asrlarning ўrtalari) qalmiq (oyrat) lar bosқini sabab bўlgan. Qalmiqlar ўzlariga qarshilik kўrsatgan bir қism uyғurlarni Қoshғaristondan Jungoristonga, Ili daryosi ҳavzasi yerlariga surib chiқaradi.
XVIII asr 60 – yillarida Xitoy Jungoriston bilan Қoshғaristonni bosib oladi. Xitoy podsholigi bu yerlarni jonlashtirish, shaҳar va қishloқlarini tiklash, deҳқonchilikni yўlga қўyish uchun ўziga қarshi ғalayon kўtargan Yerkent, Қoshgar, Xўtan, Oқsuv, Қўchi, Uch Turfon shaҳarlarining bir қism aҳolisini Қoshgaristonga kўchirib yuboradi. Qoshғaristonda Uyғurlarning bir қismi esa shu vaқtda Farғona vodiysiga, Қўқon bilan Andijon atrofidagi yerlarga ўtkaziladi.
Qoshғaristondan Ili vodiysiga kўchirilgan va davlat yerlarida krepostnoylar sifatida deҳқonchilik bilan shuғullana boshlagan uyғurlar taranchi deb ataladigan bўladi. “Taran” sўzi omoch, shudgor ma‘nolarini anglatadi. Shunday қilib Yettisuv uyғurlari taranchilar, Farғona vodiysi yerlaridagi uyғurlar esa қoshғarliklar nomini oladi.
XVIII asr oxirida Қўқon atrofidagi yerlarda 12 mingga yaқin uyғurlar yashar edi. Shu davrda Қўқon xonligi askarlari Қoshғarni bosib olishadi. Lekin Xitoy қўshinlarini yaқinlashib kelayotganini eshitib Қoshғarni tashlab chiқadi. Shunda ularga қўshilib 60 mingga yaқin uyғurlar xotin va bola – chaқalari bilan Қўқonga keladi. XIX asr 40 – yillarida қўқonliklar yana Қoshғarni egallab oladi. Ammo Xitoy қўshinlar tayziқi ostida Қўқonga қaytishga majbur bўladi. 1847 yilda ayollar va bolalar bilan қўshib ҳisoblanganda yana 20 ming uyғur Қoshғaristondan қochadi. Ularning kўpchiligi қattiқ sovuқ va toғlardagi қor kўchkilaridan yўlda ҳalok bўladi. Ўn yildan sўng Қўқon yerlariga yana 15 ming uyғur қochib ўtadi.
Markaziy Osiyoda ancha davrdan buyon yashayotgan ҳozirgi uyғurlar XVIII – XIX asrlarda va XX asr boshida Xitoyning Sintszyan viloyati, қadimgi Jungoriston ҳamda Qoshғariston davlatlari yerlaridan Xitoy, Manjur қuvғinidan қochib kelgan yillar davomida қisman maҳalliy aҳoli, ya‘ni ўzbeklar, қozoқlar, қirғizlar bilan қўshilib, chatishib ketgan yangi uyғur avlodlarining bola – chaқalaridir.
XX asr 50 – 60-yillarida va undan keyin davrda Markaziy Osiyoga kўchib kelgan uyғurlar bu ҳisobga kirmaydi, albatta. Uyғur etnonimi Markaziy Osiyoda faқat Shўrolar ҳokmiyati davrida paydo bўlgan. Uyғurlarning xўjaligi, turmush – tarzi, urf – odatlari kўp jiҳatdan ўzbeklar bilan tojiklarnikiga ўxshaydi. Shuningdek uyғurlar ўz milliy an‘analari bilan boshқa қўshni xalқlardan yaққol ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |