O'yinlar nazariyasining zamonaviy matematika va iqtisodiyotda tutgan o'rni



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana07.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#755381
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21


2.1. O'yinlar nazariyasining zamonaviy matematikadagi va iqtisodiyotdagi 
o'rni. Operatsion tadqiqot masalasi tushunchasi. 
O'yinlar nazariyasining zamonaviy matematika va iqtisodiyotda tutgan o'rni 
tavsifi bilan tanishamiz. Agar rasmiy ta'rifga murojaat qiladigan bo‟lsak, o'yinlar 
nazariyasi – bu har bir ishtirokchining qaror qabul qilish mezoni boshqalar 
tomonidan qabul qilingan qarorlarga bog'liq bo‟ladigan bir nechta sub'ektlarning 
xatti-harakatlarini modellashtirish uchun foydalaniladigan amaliy matematika 
bo‟limidir. Boshqa darslik va monografiyalarda, ziddiyatli vaziyatlarda qaror qabul 
qilishning matematik nazariyasi - o'yinlar nazariyasi deb tushuniladi. Aslida, bu 
ta'riflarning ikkalasi ham ekvivalentdir – chunki har qanday qarama-qarshi 
manfaatlar to'qnashuvi yuz beradigan vaziyat keng ma'noda ziddiyatdir. 
Qaror qabul qilish modellarini qurish va o'rganish an'anaviy ravishda 
operatsion tadqiqot masalalariga bog'liq. Rossiya operatsion tadqiqotlar maktabi 
asoschilaridan biri akademik P.S. Krasnoshchekov tomonidan taklif qilingan 
ta'rifga ko‟ra, “operatsion tadqiqotlarning nazariy jihati, optimal qarorlar qabul 
qilishning matematik modellarini qurish va o'rganishdan iborat”. Shubhasiz, har 
qanday maqsadga erishishga qaratilgan operatsion harakatlar to'plamini bu 
maqsadni aniq belgilamasdan tasavvur qilib bo'lmaydi. 
Maqsadni, umuman olganda, qaror qabul qilinadigan sohaga muvofiq har 
qanday tarzda shakllantirish mumkin. Masalan, harbiy sohada maqsad - qo'yilgan 
jangovar vazifani bajarishdir (bu binar (ikkilik) kattalik: yoki otryad vazifani 
bajargan, yoki yo'q) va iqtisodiyotda maqsad – bu odatda ma'lum bir KPI - qaror 
qabul 
qiluvchi 
inson 
muvaffaqiyatining 
miqdoriy 
ko'rsatkichini 
maksimallashtirishdir. Ko'pincha iqtisodiy matematik modellarda foyda (agar qaror 
qabul qiluvchi sub‟yekt korxona bo‟lsa) yoki foydaliligi (agar qaror qabul qiliuvchi 
sub‟yekt iste'molchi bo‟lsa) maksimallashtiriladi. 
Qaror qabul qiluvchi sub'ekt ixtiyorida aniq va umumiy holatda cheklangan 
resurslar mavjud bo‟ladi. Operatsiyaning natijasiga qiymatlari qaror qabul qiluvchi 
sub'ektning harakatlari bilan belgilanadigan boshqariladigan omillar va nazorat 
qilib bo‟lmaydigan omillar ta'sir qiladi. Qaror qabul qiluvchi sub'ekt nazorat 


qilinadigan omillarning qiymatlarini aniqlashga e'tibor berish davomida, qabul 
qiladigan qoidalar uning strategiyasini shakllantiradi. Boshqarib bo'lmaydigan 
omillarga kelsak, ular qaror qabul qiluvchi sub'ekt ta'sir qilishi mumkin bo'lmagan 
hamma narsani o'z ichiga oladi. 
Qaror qabul qiluvchi sub'ektning nazorat qilib bo'lmaydigan omillar haqida 
qanday ma‟lumotga ega va uning qiymatini qanday bashorat qila olaishiga qarab, 
ular orasidan tasodifiy omillarni (ular uchun, hech bo'lmaganda taqsimot qonuni 
va stoxastik holatlar ma‟lum) va faqat aniqlanish sohasi ma'lum bo‟lgan noaniq 
omillarni ajratish mumkin. 
Noaniq omillar orasida tabiiy noaniqliklar va qaror qabul qiluvchi 
sub'ektning noaniq maqsadlari omillari, shuningdek boshqa, qaror qabul qiluvchi 
sub‟yektning manfaatlariga mos kelmaydigan o'z manfaatlariga ega sub'ektlar 
tomonidan boshqariladigan strategiyalar ham mavjud. Sub‟yektning o‟z maqsadiga 
erishish uchun qiladigan harakati barcha omillarga bog‟liq va faqat maqsadga 
erishilgandagina maksimal qiymatga erishuvchi ba'zi funksiyalarning qiymati 
(samaradorlik mezoni) ning o'sishi bilan tavsiflanadi. 
Operatsion tadqiqot masalasiga ilk bora matematik tahlil yoki 
optimallashtirish nazariyasi kursida duch kelish mumkin. Qaror qabul qilishning 
eng sodda matematik modeli quyidagicha. Optimallik printsipiga mos 
maksimallashtiriluvchi, skalar sonli funksiya aniqlangan ko'plab strategiyalar 
mavjud. Shunday qilib, eng sodda qaror qabul qabul qilish modellari skalyar (bir 
o'lchovli) funktsiyani chekli (cheklanmagan) optimallashtirish masalasidir. Bunday 
modellarda, qaror qabul qiluvchi shaxs strategiyani tanlaydi- ya'ni mavjud 
strategiyalar to'plami (masalan, ishlab chiqarish rejalari to'plami, harakatlar 
strategiyalari to'plami) dan foydalangan holda o‟zining harakatlari rejasini tuzadi. 
Maqsad funksiyasi (samaradorlik mezoni) qaror qabul qiluvchi shaxs 
manfaatlarni aks ettiradi va uning argumentlaridan biri u tanlagan strategiya 
(masalan, foyda funktsiyasiga qarab tayinlangan ishlab chiqarish rejasi) dir. Qaror 
qabul qilish masalasi odatda maqsad funksiyasini maksimallashtiruvchi 
strategiyani topishdan iborat bo‟ladi.


Samaradorlik mezonlari yagona va aniq shakllangan muammo (masala) lar 
operatsiyalarni tadqiq qilish nazariyasining amaliy bo'limlarida kamdan kam 
hollarda uchraydi. Murakkab modellar samaradorlikning vektor mezoniga 
birlashtirilgan bir nechta samaradorlik mezonlarini o'z ichiga oladi. Bu qaysi 
holatlarda asosli? Birinchidan, yechimning sifatini turli xil parametrlar bo'yicha bir 
nechta nuqtai-nazardan tavsiflash mumkin bo'lganda hollarda. 
Ikkinchidan, qachonki yechimning sifati bir vaqtning o'zida bir nechta shartlar va 
variant(stsenariy)lar uchun baholanishi kerak bo‟lganda. Nihoyat, qaror qabul 
qiluvchi tomon qiziqishlari turli maqsad funktsiyalarida tavsiflangan bir nechta 
sub'ektlardan iborat bo‟lganida. Bu holatda biz operatsiyalar tadqiqoti uchun 
muhim bo'lim sifatida o'yinlar nazariyasi faniga murojaat etamiz. 
O'yinlar nazariyasida tahlilning asosiy maqsadi qaror qabul qilishning 
murakkab modellaridir (ularda qaror qabul qiluvchilar bir nechta - ikkitadan 
cheksizgacha). Bunda o‟yin ishtirokchilarining manfaatlari bir-biriga mos 
kelmaydi deb faraz qilinadi - ya'ni bu shaxslarning maqsad funksiyalari turlicha. 
Ziddiyatning mohiyati ham shunda: qaror bir shaxs tomonidan emas, balki bir 
nechta ishtirokchilar tomonidan qabul qilinadi. Bunda har bir ishtirokchining to'lov 
funktsiyasi 
nafaqat 
o‟zi tanlagan strategiyaga bog'liq, balki boshqa 
ishtirokchilarning qarorlari ham unga jiddiy ta‟sir ko‟rsatadi. Ushbu turdagi 
ziddiyatning matematik modeli 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish