Qonuniyatlar esa talabalarni behisob fakt va raqamlarni
yodlab olishdan ozod
qiladi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda
xom ashyo,
yoqilg‘i, elektr-
energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol
va
transport, iqtisodiy
geografik o‘rin
kabi omillar e’tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya,
ITT va
bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham ortib bormoqda (3-
chizma).
Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy
va ekologik guruhlarga
birlashtirish mumkin. Ularning mohiyati va ta’sirchanligi jamiyat o‘zgarishi bilan
o‘zgarib turadi. Chunonchi, ITT natijasida xom-ashyo, yoqilg‘i, elektr-energiya va
tansportning hal qiluvchi ta’siri biroz susayib boradi. Ayni paytda ijtimoiy
(iste’mol) va ekologik omillar hamda bozor iqtisodiyoti
munosabatlari ishlab
chiqarishni tashkil etishda ustivor o‘ringa ega bo‘lmoqda.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, omillar
hisobga olinadi. Lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar
emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol o‘ynaydi (1-jadval).
1-jadval.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar.
Mahsulotlar
va
tarmoqlar
Xom
ashy
o
Yoqilg‘i-
energe-
tika
Ish-
chi
kuchi
Transp
ort
Ekolo
giya
Iqtisodiy
geografi
k o‘rin
Suv
Iste’mo
l
Aluminiy
+
++
Misni tozalash
++
Cho‘yan
+
++
Temir qotishmasi
+
++
+
Po‘lat
+
+
Kaliy o‘g‘iti
++
+
Fosfor o‘g‘iti
+
+
+
Azot o‘g‘iti
+
+
++
Sintetik tola
++
+
Qishloq
xo‘jaligi
mashinalari
++
Radio,
priborsozlik,
aniq mashinasozlik
+
++
Sellyuloza-qog‘oz
sanoati
+
+
+
+
Sement
+
+
Paxta tolasi
++
+
To‘qimachilik sanoati
+
+
+
Paxta yog‘i
++
Go‘sht
+
+
Sut
+
+
Izoh: ++ hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi omil.
+ o‘rtacha ta’sir qiluvchi omil.
Áó
masalani talabalarga tushuntirib berishda yaratilgan mahsulot uchun suv
yoki elektr-energiya, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini ko‘rsatish kifoya.
Boshqacha
qilib aytganda, kasr mahrajida mahsulot birligi, uning sur’atida esa
alohida-alohida omil turlari (masalan, bir tonna shakar olish uchun qancha xom
ashyo, ya’ni qancha
qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr-energiya yoki mehnat
sarflanadi) turadi. Qaysi omil bo‘yicha yirik son chiqsa,
odatda uning ahamiyati
shuncha yuqori bo‘ladi va u ko‘rsatilayotgan ishlab chiqarish tarmog‘ini
jamlashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o‘taydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ma’lum tarmoqqa kiruvchi barcha
korxonalar yoki kichik “tarmoqchalar” uchun bittagina omil tegishli bo‘lmaydi.
Jumladan, mashinasozlik tarmog‘iga kiruvchi ba’zi bir korxonalarni joylashtirishda
xom ashyo (metall) ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lsa boshqasi uchun malakali ishchi
kuchi muhim omil hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: