138
X BOB. SAVDO, TO’LOV VA YOISOB-KITOB BALANSLARI
1-§. Hisob-kitob balansi va uning tashqi iqtisodiy aloqalarda o’rni
Xalqaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar tegishli davlatning xalqaro
hisob-kitob balanslarida o’z aksini topadi. U yigma iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimida
muhim rol uynaydi, chunki davlatlarning milliy daromadini qayta taqsimlanishini
ifodalaydi. Shuning uchun YaMM va MDni aniqlashda
xalqaro talab va
majburiyatlarning sof qoldigi hisobga olinadi.
Xalqaro hisob-kitob balanslari - bir mamlakatning boshqa mamlakatga nisbatan
pul majburiyatlari va talablari, tushumlari va to’lovlari nisbatidir. Bunday
balanslarning asosiy turlari:
To’lov balansi, xalqaro qarzdorlik balansi va hisob-kitob balansidir.
Hisob-kitob balansi - mazkur davlatning, to’lov muddatidan kat’iy nazar,
boshqa davlatlarga nisbatan o’zaro talab va majburiyatlarining ma’lum vaqtdagi
nisbatidir. Bunday talab va majburiyatlar tovar va xizmatlarni eksport (import) qilish,
kredit, zayom berish (olish) natijasida vujudga keladi.
Hisob-kitob balansining aktiv moddalari bu tegishli
kalendar davrdagi bir
davlatning boshqa davlatlarga yangi talablari (da’volari) va investitsiyalari
yig’indisidir.
Balansning passiv moddalari yangidan vujudga kelgan majburiyatlar va shu
davlatga xorijdan qilingan investitsiyalari miqdoridir.
Davriy hisob-kitob balansi o’zaro talab va majburiyatning dinamikasinigina
(ma’lum bir davrdagi) ko’rsatadi. U orqali davlatning valyuta - moliyaviy holatiga
baho berib bulmaydi.
Davlatning xalqaro hisob-kitoblar bilan holatini bilish uchun ma’lum
fursatdagi (yil oxiri yoki boshi) hisob-kitob balansi muhimdir. U o’zaro talab va
majburiyatlarni kelib chiqish muddatidan mustasno tarzda umumiy summani
139
tavsiflaydi. balansning aktiv saldosi davlatning boshqa davlatlardan kreditni va
investitsiyani jalb etganiga nisbatan ularga ko’proq kredit berganini, investitsiya
qilganini (sarflanganligini) bildiradi. Passiv saldo esa
davlatning qarzdorligidan
dalolat beradi.
Xalqaro qarzdorlik balansi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
statistiqasida keng qo’llaniladi. U hisob-kitob balansiga uxshaydi, ammo undan
moddalari va turli davlatlardagi hisoblash uslublari bilan farq qiladi. Masalan,
AQShda quyidagi moddalardan iborat xalqaro investitsiyalar balansi ishlatiladi:
(mlrd. dollar
)
1981 yil 1992 yil
AQShning xorijiy aktivlari. rasmiy
oltin-valyuta zahiralari
719,6
1253,7
Boshqa davlat aktivlari, (uzoq va qisqa muddatli zayomlar bilan
birgalikda)
68,7
85,5
AQShning xorijdagi xususiy aktivlari
620,8
1120,4
shu jumladan:
tqg’ri investitsiyalar 228,3
326,9
portfel investitsiyalar 63,1
156,8
AQSh nobank korporatsiyalarining xorijiy aktivlari 35,9
32,9
AQSh banklarining xorijiy aktivlari
293,5
603,8
Xorijiy investorlar oldida
AQShning majburiyatlari
578,7
1786,2
Xorijiy xukumat qqyilmalari (asosan AQSh qimmatli qog’ozlariga) 180,4
322,1
Boshqa majburiyatlar (asosan xususiy)
398,3
1464,1
shu jumladan:
Tqg’ri investitsiyalar 108,7
328,9
portfel investitsiyalar 93,6
490,2
AQSh nobank korporatsiyalarining majburiyatlari (xorijiy)
30,6
35,5
AQSh xalqaro investitsiyalar balansi
140,9
- 532,5
AQSh banklarining xorijiy majburiyatlari
165,4
609,5
Manba : International Financial Statistics, Feb. 1993.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, AQSh 80-90 yillarda
kreditordan netto-qarzdorga
aylangan. Bu «portfel investitsiyalar» va «AQSh banklarining xorijiy majburiyatlari»
moddalari bo’yicha majburiyatlarning oshuvi hisobiga bo’lgan. Bu asosan AQSh
qimmatli qog’ozlari va banklarga qo’yilgan «issiq pullar» dir. (Bular bir
mamlakatdan boshqasiga oson o’tkaziladigan, valyuta kursi va foiz stavkasi
o’zgarishi natijasida foyda olish maqsadidagi mablag’lardir.)
140
Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlar ham netto-qarzdordir. Ammo «issiq
pullar» oqimi sababli emas, balki chet el qarzlari va zayomlariga ko’p murojaat qilish
natijasidadir. Bu shu gurux davlatlarida tashqi qarz muomalasining chuqurlashuviga
olib keldi. 90-yillar boshida shu davlatlarning qarzida 1,5 trln. dollarni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: