3)
tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to’lash vaqtlari orasida
vaqtincha bo’sh turib qolgan pul mablag’lari;
4)
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan va kapitallashtirish
uchun mo’ljallangan qo’shimcha mablag’lar;
5)
shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari va boshqa bo’sh pul mablag’lari.
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har
birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato
hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o’zi kredit berilishi uchun u yoki bu
darajada etarli bo’lmasligi mumkin.
Masalan,
aytaylik
korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi
jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug’iladi. Shunga asosan kredit takror ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi degan
shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo, bunda qo’shimcha resurslarga
muhtojlik o’z-o’zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi.
Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham mavjud
bo’lishi kerak.
156
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri kredit
munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va
qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xo’jalik hisobida ish yuritishida ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma
fondlarining doiraviy aylanishining to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarning
moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasining maromiyligini saqlash,
korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to’lov
summasini olish ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli kechiktirgan holda kreditning
zarurligi kelib chiqadi.
Ammo, kredit berish uning zarurligi bilangina kifoyalanib qolmasdan uning
maqsadli ishlatilishi shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi.
Iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ijtimoiy ishlab chiqarish ta’minlaydi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini esa kredit vositasida uzluksiz davom
ettirib, moddiy ne’matlar yaratish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan, bir zum
bo’lsada, to’xtab qolishga yo’l qo’yilmaydi.
Demak, kredit iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ta’minlovchi
dastaglardan biri degan xulosaga kelishimiz mumkin.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |