Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/103
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#749974
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
Bog'liq
PUL KREDET VA BANKLAR

Xaridor o’rtacha kursi
- xaridor va o’rtacha kursning o’rta 
arifmetigi.
1 yapon ien ----------- 76 so’m x 1 x 1 / 1 x 115 = 0,661 so’m, yoki 10 yapon ieni 6
so’m 61 tiyinga teng. 
1 dollar -------115 yapon ieni desak, u holda kross kursda 1 yapon ien necha so’m 
turishini 
76 so’m -------1 dollar


133 
Xalqaro to’lov oborotida xorijiy valyuta naqd emas, balki naqdsiz holatda amal 
qiladi. Tabiiyki turli xil to’lov vositalari kurslari turlicha, chunki ularning ishonchlilik 
va valyuta riski darajalari turlichadir. Telegraf o’tkazmasi kursi eng yuqoridir
chunki unda xorijiy valyuta shu zahoti yoki kelasi kuni to’lanadi. Bu valyuta riskini 
deyarli chetlab o’tish imkonini beradi. Odatda ularning kurslari rasmiy byulleten va 
kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to’lov vositalari kursi u asosida 
aniqlanadi.
Valyuta bozorida turli xildagi shartnomalar amal qiladi. Ularning ko’pchiligi 
spot
shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy xususiyati shundaki, bitimni 
imzolash va bajarish vaqtlari qariyib mos keladi. Bitimning bunday turida valyuta 
sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq etkaziladi (ko’pi bilan 
ikki ish kuni ichida). Spot shartnomalariga jami valyuta shartnomalarining 90 % 
to’g’ri keladi.
Ikkinchi valyuta shartnomasi turi - 
muddatli 
shartnoma. Bunday 
shartnomalarning ikki xususiyati bor. Birinchidan, shartnoma imzolanishi va 
bajarilishi orasida ma’lum vaqt intervali bor: bir haftadan olti-o’n ikki oygacha.
Ikkinchidan, valyuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilangani bo’yicha 
kabul qilinadi. Valyuta kurslari o’zgarishlari unga ta’sir etmaydi. Muddatli 
shartnomalar valyuta risklaridan sug’urtalanish yoki valyuta spekulyatsiyasi 
maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o’zini xorijiy valyuta kursining tushishidan 
sug’urtalash maqsadida kelgusi valyuta daromadini muddatli kurs bo’yicha sotishi 
mumkin. Importyor xorijiy valyuta kursi oshuvidan o’zini sug’urtalashi maqsadida 
kelgusi valyuta tushumini ma’lum muddatga muddatli kurs bo’yicha sotishi mumkin. 
Rivojlangan davlatlar valyuta bozorlarida valyuta kursining o’zgarishiga qarab 
ishlovchi valyutachilar faoliyati to’g’risida qisqacha to’xtalish mumkin. Bu 
valyutachilarning asosiy maqsadi valyuta bozorlarida valyuta kurslarining o’zgarishi 
asosida katta foyda olishdan iborat. Valyuta kursining oshishi yoki pasayishiga qarab 
faoliyat ko’rsatuvchilarni xalqaro amaliyotda *ayiqlar* va *buqalar* deb atashadi. 
Ular faoliyatining mohiyati quyidagilardan iborat. Agar amaliyotda valyuta kursi 
tushishi kutilsa, valyuta kursi pasayishiga uynovchilar (ularni xalqaro valyuta 


134 
bozorlarida «ayiqlar» deb atashadi) valyutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli 
kurs) kursi bilan sotish to’g’risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar bu muddatda 
valyuta kursi tushsa, ayiqlar valyutani bozordan pasaygan kursda sotib olib, uni 
muddatli kurs, ya’ni oldingi shartnomada ko’rsatilgan yuqori kurs bo’yicha sotadilar 
va kurslar o’rtasidagi farq miqdorida foyda oladilar.
Valyuta kursining ko’tarilishiga o’ynovchilar («buqalar») esa valyuta kursi 
oshishi kutilganda, valyutani keyinchalik shartnoma tuzilgan vaqtdagi kurs bo’yicha 
sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma tuzadilar. Kurs oshganda esa valyutani 
muddatli shartnomada belgilangan (oldingi) narx bo’yicha sotib oladilar va oshgan - 
yuqori narxda sotib foyda ko’radilar.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan muddatli operatsiyalar 
forvard
operatsiyalari deb yuritiladi.
Farvard operatsiyalaridagi valyuta kursi spot shartnomasi bo’yicha kursdan 
farqlanadi. U mukofot va chegirma (skidka) usuli bilan o’rnatiladi. Mukofot forvard 
kursi spot kursidan mukofot miqdoriga ko’pligini bildiradi. Forvard marjasi, ya’ni 
spot va forvard orasidagi farq jahon kapitali bozoridagi depozitlarning fond 
stavkalariga bilan bog’liq bo’ladi. Depozit foizi kam davlatlarda valyuta kursi 
mukofot bilan, depozit foizi katta davlatlarda valyuta kursi chegirma bilan 
belgilanadi.
Kassa va forvard operatsiyalarini muvofiqlashtiruvchi valyuta 
shartnomalaridan biri 
svop
shartnomasidir. Bu shartnoma ikki valyuta savdo-sotig’ini 
darhol amalga oshirish sharti (spot) va shu bilan birga unga qarshi muddatli 
shartnomani tuzishni anglatadi. Masalan, dollarni markaga spot shartida sotish va shu 
zaxoti uni sotib olish bo’yicha muddatli shartnomani tuzish yoki unga teskari 
operatsiya dollarni markaga sotib olish spot shartnomasi va uni sotish bo’yicha 
muddatli shartnomani tuzish kiradi.
Forvard shartnomasi turlaridan biri optsion shartnomasidir. Optsion 
shartnomasining o’ziga xos xususiti bu sotib oluvchining valyutani emas, balki uni 
sotib olish huquqini sotib olishidir. Bunda sotuvchi ma’lum valyutani ma’lum 
miqdorda sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi. Sotib oluvchi esa shu 


135 
miqdordagi valyutani sotish yoki sotib olish huquqini foydalanmaslik huquqiga ham 
ega. U bu uchun sotuvchiga optsion mukofotini tulaydi. Agar sotib oluvchi o’z 
huquqidan foydalanmasa, u mukofot summasida zarar ko’radi.
«Spot», forvard va optsion shartnomalari banklararo bozorlarda va birjalarda 
amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan shartnomalarga 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish