432
REJA:
12.1. Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va ma'lumot manbalari
12.2. Ichki nazorat tizimini baholash, auditni rejasi va dasturini tuzish
12.3. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlarni asoslanganligini tekshirish
12.4. Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish
va u belgilangan
muddatlarda topshirilishi ta'minlanishini tekshirish
12.5. Balans to`g`ri tuzilganligini tekshirish
12.1. Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va ma'lumot manbalari
Moliyaviy hisobot auditining maqsadi moliyaviy hisobot ma'lumotlarining
to`liqligi va ishonchliligini, ular amaldagi qonunchilikka muvofiqligini tekshirishdan
iborat.
Auditorlik tekshiruvi o`tkazishning asosiy manbalari bo`lib
quyidagilar
hisoblanadi (12.1-jadval):
12.1-jadval
Auditning me'yoriy-huquqiy asoslari
№
Me'yoriy hujjatlar
1.
O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonuni. 1996- yil 30 -
avgustda qabul
qilingan
2.
O`zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi qonuni (yangi tahrirda). 2000-
yil 26 -mayda qabul qilingan
3.
21-son «Xojalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xojalik faoliyatining
buxgalteriya hisobi
schyotlar rejasi va uni qo`llash haqida yo`riqnoma» nomli BHMS. 2002 -yil 9 -sentyabrda
103-son bilan O`z. R. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2002- yil 23 -oktyabrda
1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan
4.
O`z.R. Vazirlar Mahkamasining 1999 -yil 5 --fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha xarajatlar tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi Nizom»
5.
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bo`yicha kontseptual asos
6.
1-son «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMS
7.
3-son «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot» nomli BHMS
8.
3-son «Auditni rejalashtirish» nomli AMS
9.
10-son «Moliyaviy hisobotdagi boshqa ma'lumotlar» nomli AFMS
10.
70-son «Moliyaviy hisobot to`g`risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi»
nomli
AFMS
11.
«Moliyaviy hisobot shakllarini to`ldirish qoidalari» O`zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligining 2002 -yil 27 -dekabrdagi 140-sonli buyrug`i
bilan tasdiqlangan
Moliyaviy hisobot auditini amalga oshirishda quyidagi
dastlabki hujjat va
hisob registrlari ma'lumotlaridan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: