Amaliy audit


 Ustav kapitali (fondi) auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
11.3. Ustav kapitali (fondi) auditi 
Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o`z vaqtida, 
ya'ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e'lon qilingan kirim ulushi to`liq 
kiritilganligi va shakllanish manbalari (ta'sischilarning yoki ishtirokchilarning 
xususiy mablag`lari hisobiga, uchinchi shaxslar ulushlari hisobiga) aniqlanadi. 
Ustav kapitali - bu xojalik yurituvchi subyektning Nizomida ro`yxatga olingan 
kapitalning eng kam miqdoridir. 
Boshqacha qilib aytganda, Nizom kapitali (jamg`armasi) bu korxona tashkil 
etilishida, uning ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda faoliyatini amalga 
oshirish uchun ishtirokchilar (mulk egalari) tomonidan mol-mulkka kiritilgan 
ulushlarining yig`indisi hisoblanadi. 
21-son BHMS
1
ga binoan, Korxona ustav kapitalining holati va harakati 
to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
8310 - «Oddiy Aksiyalar»; 
8320 - «Imtiyozli aksiyalar»; 
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), O’z R. AV 
2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan . 



426 
8330 - «Pay va ulushlar». 
Bozor sharoitida Nizom kapitali, bir tomondan, korxona mol-mulki qiymatini, 
ikkinchi tomondan esa - ta'sischilar, investorlar oldida korxona majburiyatlari 
bo`yicha summalarni ifoda etadi. Nizom kapitali bo`yicha moliyaviy-xojalik 
operatsiyalarni aks etish tartibi bo`yicha o`zgarishlar respublikada hosil bo`lgan 
zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan. Nizom kapitalining 
shakllanishi amaldagi qonunchilik va ta'sis hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nizom 
kapitalining shakllanishi xojalik subyektining mulkka egalik qilish shaklidan kelib 
chiqqan holda: aksiyadorlik jamiyatlarida - aksiyadorlar aksiyalarga yozilganligi 
hisobiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda - har bir ishtirokchining bergan ulushi 
hisobiga, davlat korxonalarida-mazkur iqtisodiy subyektga biriktirilgan davlat mulki 
hisobiga amalga oshiriladi. 
Nizom kapitalining tekshiruvida auditor uning summasi haqiqiy ekanligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya balansi va xususiy kapital to`g`risidagi 
hisobotda aks ettiriladi. «Nizom kapitali hisobi bo`yicha schyotlar»ga oid qoldiq 
korxonaning ta'sis hujjatlarida aks ettirilgan Nizom kapitali miqdoriga muvofiq 
bo`lishi lozim. 
Auditor xojalik subyekti davlat ro`yxatiga olingandan keyin ushbu 
korxonaning buxgalteriyasida Nizom kapitali ta'sischilarning Nizom kapitaliga 
ulushlarini kiritish bo`yicha qarzlarini hisobga olish schyotlarining debetlash va 
Nizom kapitalini hisobga olish bo`yicha schyotlarining kreditlashini hisobga olishlari 
kerakligini nazarda tutishi lozim. 
Agar, tekshirish vaqtida ushbu schyotlar bo`yicha balansdagi qoldiqlar teng 
bo`lsa, bu ta'sischilar tomonidan Nizom kapitaliga o`z ulushlarini kiritilmaganligini 
ifodalaydi. Bunday korxonalar ta'sis etilmagan (tashkil topmagan) deb hisoblanadi va 
tugatilishi lozim. 
Korxonaning Nizom kapitaliga ulush sifatida binolar, inshootlar, jihozlar va 
boshqa moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar, qo`shma korxona ishtirokchilari 
davlatlarining pul mablag`lari ko`rinishidagi valutalar va erkin konvertatsiya 
qilinadigan valuta sifatida kiritilishi mumkin. 
Auditor ta'sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarni dastlabki hujjatlar asosida 
va asosiy vositalar va pul mablag`lari, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari 
va boshqalarni hisobga olish schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan Nizom 
kapitali ulushlar bo`yicha ta'sischilarning qarzi schyotning kreditidagi yozuvlari 
asosida tekshiradi. 
Masalan, kirim kassa orderlari, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan bankning 
hisob-kitob va valuta schyotlaridan ko`chirmalar asosida ta'sischilar ulushi hisob-
kitob va valuta schyotlariga to`liq va o`z vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi. 
Ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitaliga ulush sifatida kirim 
qilingan moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuvi bo`yicha 
aniqlanadi va baholanadi. Valutalar va valuta qiymatliklari jamiyat ro`yxatdan 
o`tkazilgan kuniga amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 
kursi bo`yicha baholanadi. Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan qimmatli 
qog`ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ta'sischilarning kelishuviga asosan 


427 
baholanadi. 
Nizom kapitaliga yoki aksiyalarni to`lash uchun haqiqatda kiritilgan moddiy 
qiymatliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat aktiviga o`tkazish davrida amalda bo`lgan 
bozor narxlari bilan baholanadi. Bozor narxlariga ega bo`lmagan nomoddiy aktivlar 
ta'sis hujjatlarida qayd etilgan yoki tomonlar kelishuvi bilan belgilangan narxlar bilan 
baholanadi. Ushbu obyektlarni baholash, odatda, yuqori malakali mutaxassislarga 
topshiriladi. 
Nizom kapitaliga ulush sifatida amalda kiritilgan valuta va valuta qiymatliklari, 
jamiyatga kirim qilinishi vaqtida amalda bo`lgan rasmiy kurs bo`yicha baholanadi. 
Qimmatli qog`ozlar oxirgi birja kursi bo`yicha baholanadi. 
Moliyaviy aktivlar va birjada kotirovkaga ega bo`lmagan qimmatli qog`ozlar 
tomonlar kelishuviga asosan baholanadi. Murakkab sharoitlarda hamda amaldagi 
qonunchilik talab qilganda, Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan aktivlarning 
to`g`ri baholanishi mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi. 
Ulush sifatida Nizom kapitaliga amalda kiritilgan moddiy va valuta 
qiymatliklari, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning baholanishi ularni ta'sis hujjatlari 
va dastlabki kelishuvlardagi baholanishidan farq qilishi mumkin. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, ma'lumotlar, 
nomoddiy aktivlar kelib tushishini tasdiqlovchi hujjatlar va asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotlarining debet aylanmalariga asosida 
o`tkazilgan uskunalar, binolar, inshootlar, ma'naviy mol-mulkka egalik huquqlarining 
qiymati aniqlanadi. Materiallarni qabul qilish dalolatnomalari, tovar-transport yuk 
xatlari, ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish bo`yicha schyotlari ma'lumotlariga 
ko`ra kelib tushgan moddiy qiymatliklar qiymati aniqlanadi. 
Har bir qo`yilma, Nizom kapitalini shakllantirish tartibiga izoh qilingan 
hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Bundan tashqari, Nizom kapitaliga ulush sifatida 
kiritilayotgan mablag`larning alohida turlari ta'sischilar - jismoniy shaxslarning 
shaxsiy mulk egaligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo`lishi lozim. Bularga, masalan, 
xususiylashtirilgan xonadon, ma'naviy molk-mulk, transport vositalari va boshqalar 
kiradi. Shunday qilib, auditor ta'sischilar kiritgan ulushlarga oid ularning har biri 
bo`yicha yuritiladigan varaqalar yoki qaydnomalarda aks etirilgan ulushlar bo`yicha 
qarzlar, to`lash muddatlari, kiritilgan aktivlar summasi va qarzlarni qoplanishi 
bo`yicha tahliliy hisobni tekshiradi. 
Ishtirokchilarning Nizom kapitaliga kirim qilingan ulushlari hisobda va 
balansda ular amalda kelib tushishi bo`yicha aks ettiriladi. Korxonaning Nizom 
kapitaliga ulushning amalda kelib tushish vaqti bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 
- pul mablag`lari uchun - pullar hisob-kitob (valuta) schyotiga kirim qilingan 
sanasi; 
- moddiy va nomoddiy aktivlar uchun - moddiy va nomoddiy aktivlarni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu obyektlar kelib tushganligini tasdiqlovchi 
boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan sanasi. 
Korxona Nizom kapitaliga ta'sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarning 
to`liqligi uning ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitali hisobining 
schyotlaridagi aks etilgan miqdorini Nizom kapitali ulushlar bo`yicha ta'sischilar 


428 
qarzi schyotidagi miqdori bilan solishtirish yo`li bilan aniqlanadi. 
Nizom 
kapitalini 
tekshirish 
vaqtida 
buxgalteriya 
hisobida 
to`g`ri 
rasmiylashtirilganligi va 13-sonli jurnal-orderda Nizom kapitali hisobi bo`yicha 
schyotda qonuniy va to`g`ri aks etilganligi, ular amaldagi qonunchilikka muvofiq 
ekanligi aniqlanishi lozim. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish