Amaliy audit


 Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish va u belgilangan



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

12.4. Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish va u belgilangan 
muddatlarda topshirilishi ta'minlanishini tekshirish 
Korxonaning asosiy vazifasi – mahsulot (ishlarni bajarish yoki xizmatlarni 
ko`rsatish) ishlab chiqarish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotilishidan istiqbolda 
ko`zlangan natijalarni olish - ishlab chiqarish va iste'molchilarga sotuv bozorida 
tovarlarni, nomoddiy xizmatlarni sotish (loyiha-tadqiqot ishlarni bajarish, transport 
va bank xizmatlarini ko`rsatish va boshqalar) va iste'molchilarga boshqa xizmatlarni 
bajarish jarayonida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish-xojalik faoliyati jarAyonida korxona ishlab-chiqarish-xojalik 
jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan schyotlar bo`yicha to`lovlarni 
amalga oshirish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. Bu korxonani faollik bilan moliyaviy 
faoliyatini amalga oshirishga, investitsiya bozorlarida faoliyat ko`rsatishga undaydi. 
Xodimlarni boshqarish va ma'muriy faoliyat ham ishlab chiqarishning bir qismi 
hisoblanadi, chunki u ishlab chiqarish jarayonini qo`llab-quvvatlaydi va uning 
rivojlanishiga imkon yaratadi. 
Korxona o`zining ishlab chiqarish faoliyati bilan yagona tizim hisoblangan 
jamiyatning bir qismi hisoblanadi. BU umumiy tizimning boshqa bo`g`inlaridan turli 
darajada qaram bo`lgan ochiq bo`g`indir, o`z navbatida, ular ushbu bo`g`inga 
bog`liqdirlar. Korxona bilan o`z manfaatlari va maqsadlari bilan bog`liq bo`lgan va, 
shu bois, unga qaram bo`lgan shaxslar, guruhlar yoki uyushmalar korxonaning o`zaro 
bog`liq guruhlari deb ataladi. Bular: xususiy mulkdorlar, xodimlar, moliyachilar, 
ta'minotchilar, Xaridorlar va umuman jamiyatdir. O`zaro bog`liq guruhlar korxonaga 
qo`yilmalarni amalga oshiradilar va buning uchun turli ko`rinishdagi ulush 
to`lovlarini oladilar. O`zaro bog`liq guruhlar ichida korxona faoliyati va uning 
natijalariga muayyan ta'sir ko`rsatuvchi ayrim raqobatchilar ham bo`lishi mumkin. 


440 
Ishlab chiqarish jarayonlari va pul aylanishi u yoki bu darajada vaqt bilan 
bog`liq. Ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tarkibiy qismlarni sotib olish va ishlab 
chiqarishni o`zini tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan 
daromadlardan oldin hosil bo`lishi munosabati bilan korxona rahbariyati ishlab 
chiqarish jarayonini korxonaning moliyaviy imkoniyatlari bilan muvofiqligini 
ta'minlashi lozim. Bu korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyati to`g`risida haqqoniy 
xulosalar shakllantirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish uchun 
korxonada audit o`tkazishning eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. 
Korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyatini o`rganishda mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishining hajmi ko`rib chiqiladi; ular hisobot 
davrida mo`ljallangan ko`rsatkichlar bilan solishtiriladi; mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
ishlab chiqarish va sotilishi dinamikasi, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi va 
hisobga olinishi, sifatsiz mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishdan 
nobudgarchiliklar va sifatsiz hamda butlanmagan mahsulot yetkazib berilganligi 
uchun to`lovlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo`yicha 
xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo`yicha hisobot ma'lumotlari dastlabki 
hujjatlar va buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga muvofiqligi, korxonaning sanoat-
ishlab chiqarish va barcha xodimlarining soni va korxonaning o`ziga xos bo`lgan 
xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan boshqa masalalar tahlil qilinadi. 
Yuqorida 
qayd 
etilganidek, 
korxonaning 
moliyaviy-xojalik 
faoliyati 
to`g`risidagi ma'lumotlarning asosiy hajmi korxona faoliyatining barcha jabhalarini 
pul ifodasida aks etuvchi va bir vaqtning o`zida hisobot davri bo`yicha hisob 
ishlarining yakuniy bosqichini ifodalovchi moliyaviy hisobotda mujassamlangan. 
Moliyaviy hisobotlarning namunaviy shakllari, tayyorlash qoidalari, taqdim 
etish muddatlari, ularni ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonuni (keyingi kiritilgan qo`shimchalar va 
o`zgartirishlar bilan) va korxonalarning chorak va yillik moliyaviy hisoboti 
shakllarini to`ldirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
yo`riqnomalari bilan tartibga solinadi. 
Korxonalar tomonidan chorak va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 
quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim: hisobot davri bo`yicha barcha xojalik 
operatsiyalar va ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot va hisob-kitoblarni 
inventarizatsiya natijalari to`liq aks etilishi; sintetik va tahliliy hisob ma'lumotlari bir 
biriga mos kelishi; hisobot va balans ko`rsatkichlari sintetik va tahliliy hisob 
ko`rsatkichlari bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilgan asos bo`luvchi hujjatlar yoki 
ularga tenglashtirilgan ma'lumot texnikaviy saqlovchi manbalar asosida to`ldirilishi 
va bir biriga to`liq muvofiqligi; balans moddalari to`g`ri baholanishi. 
Balans ma'lumotlari yil boshi va oxiriga solishtirishligini ta'minlash uchun 
tasdiqlangan balansining yil boshiga moddalar nomenklaturasi balansning yil oxiriga 
belgilangan bo`limlar va moddalar nomenklaturasi va guruhlanishi bilan muvofiq 
bo`lishini ta'minlanishi lozim. 
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 -yil 27 -dekabrda 
«Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va ularni to`ldirish qoidalari to`g`risida»gi 
140-sonli buyrug`i bilan yuridik shaxslar uchun (budjet muassasalari, sug`urta 


441 
tashkilotlari va banklar bundan istisno) yillik va chorak hisobotlari quyidagi shakl va 
hajmlarda tasdiqlagan: 
yillik hisobot: 
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»; 
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»; 
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»; 
3-sonli shakl «Asosiy vositalar harakati to`g`risida hisobot»; 
4-sonli shakl «Pul oqimlari to`g`risida hisobot»; 
5-sonli shakl «Xususiy kapital to`g`risida hisobot». 
yarim yillik va chorak hisobot: 
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»; 
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»; 
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»; 
Korxonaning yillik moliyaviy hisobotiga hisobot yili davrida korxona faoliyati 
natijalariga ta'sir etgan omillarni yoritgan holda, korxonada yillik moliyaviy hisobot 
natijalari va sof foydani taqsimlash yuzasidan ko`rib chiqib qabul qilingan qarorlarni 
aks ettiruvchi tushuntirish xati va buxgalteriya hisoboti tekshiruvi to`g`risida 
auditorlik xulosasi ilova qilinadi. 
Agar yil boshiga kirish balansi o`zgartirilgan bo`lsa, hisobotga ilova qilingan 
tushuntirish xatida buning sabablari ko`rsatiladi. Bunda, shuningdek, korxonada 
qabul qilingan hisob siyosati, kelgusi yil uchun hisob siyosati, agar u hisobot yilida 
qabul qilingandan farq qilsa, keltiriladi. 
Chorak va yillik hisobotlarni tayyorlashda korxona egalari va davlat 
manfaatlariga rioya qilish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, soliq idoralari, 
ta'sischilar, banklar, xalqaro andozalar talablarini hisobga olish va O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to`g`risida»gi qonun, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda 
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tayyorlashga oid amaldagi barcha 
yo`riqnomalarga asoslanish lozim. 
Moliyaviy hisobot tuzish uchun sana bo`lib hisobot yilining oxirgi taqvimiy 
kuni hisoblanadi. Tugatilgan yoki hisobot yilida davlat tasarrufidagi mulkchilikni 
jamoa mulkchiligiga aylantirib qayta tashkil etilgan korxona tomonidan yil boshidan 
tugatilgan (qayta tashkil etilgan) vaqtgacha bo`lgan muddatga amaldagi yillik hisobot 
shakllari bo`yicha hisobot taqdim etiladi. 
Yangi tashkil etilgan korxonalar hisobotda o`z mablag`lari va ularning 
manbalarini (sotib olingan, qabul qilingan qiymati bo`yicha) belgilangan tartibda 
ro`yxatga olingan oyning 1 sanasidan hisobot yilining 31 -dekabrigacha hisobotda 
ko`rsatadilar, hisobot yiling 1 -oktyabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa - 
davlat ro`yxatidan o`tgan sanadan boshlab keyingi yilning 31 -dekabrigacha hisobot 
beradilar. Qayd etilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning 
filiallari va tarkibiy bo`linmalariga taalluqli emas. 
Korxona balansining bandlari aktivlar va passivlarning sinchkovlik bilan 
o`tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi lozim. Bunda yillik hisobot taqdim 
etilgunga qadar, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan 


442 
inventarizatsiya vaqtida qiymatliklarning amaldagi mavjudligi bilan buxgalteriya 
hisobidagi ma'lumotlar o`rtasidagi farqlar tartibga keltirilishi lozim. Shuningdek, 
solishtirma dalolatnomalari yoki o`zaro hisob-kitoblar bo`yicha qoldiqni tasdiqlovchi 
xatlar bilan rasmiylashtirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha 
inventarizatsiya amalga oshiriladi. O`tkazilgan inventarizatsiyaning soni va natijalari, 
shuningdek, ular o`tkazilmaganligi sabablari yillik hisobotga ilova qilinadigan 
tushuntirish xatida aks etilishi kerak. 
Moliyaviy, soliq idoralari va bank muassasalari bilan hisob-kitoblar bo`yicha 
balans moddalaridagi summalar ular bilan kelishgan va muvofiq bo`lishi lozim. 
Balansda ushbu hisob-kitoblar bo`yicha tartibga solinmagan summalarni qoldirish 
mumkin emas. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish