Amaliy audit


 Balans to`g`ri tuzilganligini tekshirish



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

12.5. Balans to`g`ri tuzilganligini tekshirish 
Auditor korxona moliyaviy-xojalik faoliyati tekshiruvini amalga oshirishda 
xojalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki va ular vujudga kelish manbalari 
to`g`risida hisob va hisobot ma'lumotlari to`liq va ishonchli ekanligi nuqtainazaridan 
o`z vaqtida amalga oshirilganligi, tahliliy hisob holatini o`rganishga jiddiy diqqat 
e'tiborini qaratish lozim. 
Buxgalteriya hisobi nazariyasi va turli xil faoliyatlarni amalga oshirayotgan 
korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha nazariy adabiyotlar, o`quv 
qo`llanmalar va boshqa tadqiqotlarda shu vaqtgacha buxgalteriya hisobining nazariy 
va amaliy asoslari, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy ta'minlashda tahliliy hisobga 
yetarli e'tibor berilmagan, va, buning natijasida, auditorlik xulosasi ishonchli 
tayyorlanishining ta'minlanishi murakkablashadi. 
Odatda tahliliy hisobni qo`llash korxona mablag`lari, ularning hosil bo`lish 
manbalari, moliyaviy va xojalik jarayonlari hisobini batafsillashtirishdan kelib 
chiqadi. Lekin, buxgalteriya hisobining amaliyotida tahliliy schyotlar bo`yicha 
iqtisodiy turdosh guruhlarning har biri nafaqat korxonaning umumiy mablag`lari, 
ularning manbalari va moliyaviy-xojalik jarayonlarini aniq bir buxgalteriya schyotida 
hisobga olingan pul va miqdoriy ko`rinishda ifolashdan tashqari, buxgalteriya 
hisobotini tayyorlash, korxona faoliyatini tahlil qilish va audit o`tkazish uchun asosiy 
negiz hisoblanib, umuman buxgalteriya hisobi holatini tavsiflaydi. 
Tahliliy hisob buxgalteriya hisobining tahliliy imkoniyatlarini chuqurlashtirish 
va kengaytirish maqsadida ma'lumotni umumlashtirish quroli hisoblanadi. 
Tahliliy schyotlarning tarkibi va mazmuni xojalik operatsiyalarining aniq 
tavsiflari, korxona moliyaviy-xojalik faoliyatini nazorat va tahlil qilish vazifalari 
bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi bilan jamlanadigan xojalik operatsiyalarning 
yig`indisi alohida tahliliy schyotlarda batafsillashtiriladi. Ular hisobot davrida amalga 
oshirilgan xojalik operatsiyalar, xojalik holatlari va operatsiyalar to`g`risidagi 
ma'lumotlarni joriy hisobda aks etish usullari, buxgalteriya hisobi bilan jamlangan 
ma'lumotlarni 
umumlashtirish 
va 
guruhlash 
bo`yicha 
batafsillashtirilgan 
ma'lumotlarning guruhlangan belgilari sifatida nazarda tutish lozim. 
Tahliliy schyotlar tizimi korxona tomonidan xojalik operatsiyalarini nafaqat 
pul o`lchamlarida, balki sintetik buxgalteriya hisobining umumlashtirilgan 


443 
ko`rsatkichlariga nisbatan tahliliy hisobning batafsillashtirilgan ko`rsatkichlari 
ma'lumotlilik darajasini oshiruvchi natural yoki mehnat o`lchamlarida aks etish 
imkonini beradi. 
Agar korxonada tahliliy hisob yuritilmasa, unda amalda buxgalteriya hisobi 
yuritilmagani va hisob ma'lumotlari umuman mavjud emasligini amaliyotchi 
buxgalterlar yaxshi bilishadi. Lekin, bir qator holatlarda, ayniqsa tijorat tizimlarida, 
xususiy komputerlarni qo`llash sharoitlarida, ushbu ish umuman olib borilmaydi yoki 
nihoyatda past darajada yuritiladi. Bu esa, o`z navbatida, faoliyat ko`rsatayotgan 
korxonada tahliliy buxgalteriya hisobini yuritish talablariga javob beradigan tegishli 
chop etilgan hujjatlar yo`qligi sababli, sintetik buxgalteriya hisobi ko`rsatkichlarining 
haqqoniyligi va balans moddalarining ishonchliligini aniqlash imkonini bermaydi. 
Tahliliy hisobning haqiqiy vazifasi sintetik buxgalteriya hisobi tizimida aks 
etilgan moliyaviy-xojalik operatsiyalarni to`liq aks etishdan iboratdir. Busiz tahliliy 
hisobning umumlashtirilgan ko`rsatkichlarini buxgalteriya hisoboti hisobot 
shakllarining asosi hisoblangan va faqat tahliliy hisob tizimida barcha ishlar 
yakunlanganidan keyingina tayyorlanishi mumkin bo`lgan balansning tegishli 
schyotlar ko`rsatkichlari va alohida moddalari bilan solishtirish yo`li orqali 
buxgalteriya hisobining tahliliy va sintetik ko`rsatkichlari bir biriga mos kelishligini 
tekshirish imkoni bo`lmaydi. Bu joriy oyning yoki hisobot davrining har bir sanasiga 
bir vaqtning o`zida tahliliy hisob tizimi bo`yicha batafsillashtirilgan ko`rsatkichlar 
bilan bir qatorda, sintetik buxgalteriya hisobida joy olgan umumlashtirilgan 
ko`rsatkichlarga ham ega bo`lish maqsadida, sintetik hisobni yuritish bilan bir 
vaqtning o`zida tahliliy hisobni ham yuritishni taqozo etadi. 
Auditor korxona moliyaviy-xojalik faoliyatining tekshiruvida, uni amalga 
oshirishning dastlabki bosqichlarida, tahliliy hisob ko`rsatkichlari Bosh kitobda 
umumlashtirilgan sintetik hisob ko`rsatkichlariga, uning ko`rsatkichlari esa, 
korxonada qo`llaniladigan tahliliy hisob tizimida batafsilllashtirilganligini hisobga 
olgan holda, balans aktiv va passivining tegishli moddalarining ko`rsatkichlari bilan 
muvofiqligini tekshirishi lozim. 
Ushbu ko`rsatkichlarning bir-biriga mos kelmasligi, korxonada moliyaviy-
xojalik faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritish amaldagi qonunchilik bilan 
belgilangan tartibi jiddiy ravishda buzilganligi to`g`risida dalolat beradi, bu esa, 
auditorlik tekshiruvi dasturi va kelajakda tuziladigan auditorlik xulosasi tuzilishiga 
tegishli xususiyatlarni kiritishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida 
korxonada tahliliy hisob yuritilmasligi aniqlansa, bu to`g`risida tegishli dalolatnoma 
tuzgan holda, tekshiruvni to`xtatish maqsadga muvofiqdir, korxona bilan esa, agar u 
mustaqil ravishda tahliliy hisobni tashkil eta olmasa, auditorlik tashkiloti kuchi bilan 
tahliliy hisobni tiklash to`g`risida shartnoma tuzilishi lozim. 
Moliyaviy hisobotni buzib ko`rsatish turlari. Auditorlik tekshiruvi jarayonida 
auditor moliyaviy hisobot mijozning moliyaviy holatini to`g`ri aks etishiga kafolat 
olish maqsadida, muayyan muolajalarni amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, 
hisobotda bir qator buzib ko`rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini 
inkor qilib bo`lmaydi. 


444 
Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko`rsatishlar 
mavjud bo`lishi mumkinligi to`g`risidagi har bir shubhasi, o`z shubhalaridan kechish 
yoki ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni kengaytirishni talab qiladi. 
Moliyaviy hisobotdagi buzib ko`rsatishlar, ya'ni buxgalteriya hisobini tashkil etish va 
yuritish bo`yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida buxgalteriya 
ma'lumotlarini noto`g`ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi mavjud: ataylab 
qilingan va bilmasdan sodir etilgan. 
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko`rsatishlarni sodir etish 
tekshirilayotgan iqtisodiy subyekt xodimlarining oldindan bilgan holda harakat qilishi 
(yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni 
chalg`itish uchun g`arazgo`ylik maqsadida amalga oshiriladi. Shuning bilan bir 
qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma'lumotlarida buzib ko`rsatishlarga olib 
keladigan iqtisodiy subyektining xodimi tomonidan oldindan bilgan holda qilgan 
harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to`g`risida xulosa faqat bunga vakolatga ega 
bo`lgan idora tomonidan chiqarilishi mumkinligini unutmasligi lozim. 
Moliyaviy hisobotda bilmagan holda buzib ko`rsatishlar tekshirilayotgan 
subyekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) 
natijasidir. Ular hisob yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob to`liqligi 
yuzasidan nazorat yetarli bo`lmaganligi, hisobda xojalik faoliyatiga oid voqealar
mol-mulkning mavjudligi va holati noto`g`ri aks etilishi natijasida hosil bo`lishi 
mumkin. 
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko`rsatish ahamiyatli 
(ya'ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday darajada ta'sir etadiki, natijada 
yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto`g`ri xulosalarga kelishi yoki 
noto`g`ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo`lishi mumkin. 
Moliyaviy hisobotni buzib ko`rsatish tavakkalchiligini oshirishga ta'sir etuvchi 
omillar. Audit o`tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib 
ko`rsatish tavakkalchiligini baholashi lozim. Bunda ataylab va bilmagan holda ham 
buzib ko`rsatish paydo bo`lishiga ta'sir etuvchi muayyan omillar mavjudligini 
nazarda tutish kerak. 
Buzib ko`rsatishlar paydo bo`lishiga sabab bo`lgan iqtisodiy subyektning ichki 
xojalik yuritish faoliyatiga mansub omillar quyidagilardir: 
- iqtisodning inqiroziy tarmoqlariga katta miqdorda moliyaviy qo`yilmalarni 
amalga oshirish; 
- iqtisodiy subyekt sotuvlari (ishlab chiqarish) hajmining tez o`sishiga yoki 
foydaning ko`p miqdorda kamayishiga aylanma mablag`larning nomuvofiqligi; 
- ma'lum bir vaqt mobaynida iqtisodiy subyektning bir yoki bir nechta 
buyurtmachilar yoki mol yetkazib beruvchilarga qaram bo`lishligi; 
- foydaning katta miqdorda o`zgartirishga olib keluvchi shartnomaviy 
munosabatlar amaliyotida yoki hisob siyosatida o`zgarishlar; 
- iqtisodiy subyekt tomonidan, ayniqsa yil oxirida, moliyaviy natijalar 
miqdoriga ahamiyatli ta'sir ko`rsatuvchi odatdan tashqari kelushuvlarni amalga 
oshirish; 
- bajarilgan xizmatlarga ochiqdan-ochiq nomuvofiq to`lovlar mavjudligi; 


445 
- iqtisodiy subyekt tashkiliy-boshqaruv tizimi xususiyatlari, ushbu tizimda 
kamchiliklar mavjudligi; 
- kapital tarkibi va foydani tasdiqlash xususiyatlari; 
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda 
belgilangan qoidalardan chetga chiqish. 
Buzib ko`rsatishlar hosil bo`lishiga sabab bo`luvchi iqtisodiy subyekt 
moliyaviy-xojalik faoliyatini amalga oshiruvchi aniq bir tarmoq va umuman 
mamlakat iqtisodiyotini xususiyatlari holatini aks etuvchi omillar quyidagilardan 
iborat: 
- iqtisodiyot tarmog`i va umuman mamlakat iqtisodiyoti holati, inqiroz, 
depressiya yoki yuksalish; 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish