7-variant
1) Qo’shilgan kapitalini shakllanishini buxgalteriya hisobida aks ettirishni tushuntiring?
Qo’shilgan kapital hisobi Buxgalteriya hisobining 8400 shotida aks ettiriladi va u 2 ta 8410 va 8420 sub shotlaridan iborat.
8410 – shoti emissiya daromadi bo’lib, u, agar aksiyalar nominal qiymatidan yuqori sotilgan bo’lsa ishlatiladi. Masalan aksiyadorlik jamiyatining nominal qiymati 4 000 so’m bo’lgan 50 dona aksiyasi 250 000 so’mga sotilganda, aksiyalarning nominal qiymati ya’ni 200 000 so’m 4610 schetida, nominal qiymatidan ortig’i ya’ni 50 000 so’m 8410 “emissiya daromadi” shotida aks ettiriladi.
Debet
|
Kredit
|
Summa
|
5010, 5110
|
4610
|
200 000
|
5010, 5110
|
8410
|
50 000
|
8420 - Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi bo’lib, Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida o‘rnatilgan hollarda va ustav kapitaliga ulushlar kiritish milliy valyuta — so‘mda yoki boshqa mulk shaklida amalga oshirilganda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyotida aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasida vujudga keladigan salbiy kurs farqi buxgalteriya hisobida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyotining debetida ustav kapitalini shakllanishida vujudga kelgan oldingi ijobiy kurs farqi summasi chegarasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishdagi salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga olib boriladi.
Masalan
2017 yil 27 iyulda ta’sischi tomonidan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ustav jamg‘armasini oshirish uchun bankka topshirildi. Mablag‘ni ustav jamg‘armasiga kiritish sanasidagi Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha 1 AQSH dollari 4070,38 so‘mga teng.
Buxgalteriya o‘tkazmasi:
debet 5210 "Mamlakat ichkarisidagi valyuta hisob-raqami";
kredit 6630 "Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning ulushlari".
40 703 800 so‘m miqdorida (10 000 x 4070,38).
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav jamg‘armasini o‘zgartirish bo‘yicha ta’sis hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi – 2017 yil 10 avgustda Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha 1 AQSH dollari 4126,45 so‘mga teng.
Buxgalteriya o‘tkazmasi:
debet 6630 «Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning ulushlari»;
kredit 8330 «Pay i ulushlar».
41 264 500 so‘m miqdorida (10 000 x 4126,45);
Salbiy kurs farqlari oldingi davrlarda ustav jamg‘armasini shakllantirishda yuzaga kelgan ijobiy farqlardan kam bo‘lsa:
debet 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishda yuzaga keladigan kurs farqlari»;
kredit 6630 «Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning ulushlari».
560 700 so‘m miqdorida (10 000 x (4126,45 - 4070,38) .
Salbiy kurs farqlari oldingi davrlarda ustav jamg‘armasini shakllantirishda yuzaga kelgan ijobiy farqlar bo‘yicha qoldiq bo‘lmasa:
debet 9620 «Valyuta kurs farqlari bo‘yicha ko‘rilgan zararlar»;
kredit 6630 «Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning ulushlari».
560 700 so‘m miqdorida.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobida kurs farqlarini hisoblashda asosiy masala Markaziy bank tomonidan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursining qaysi sanada o‘rnatilgan ekvivalenti hisobda aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Bunda quyidagi holatlarda valyuta operatsiyalari amalga oshirilgan sanadagi o‘rnatilgan kurslarda hisobga olinadi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari, valyutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;
d) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;
e) chet el valyutasida bojxona to‘lovlarini amalga oshirish;
f) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
g) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
2) Chet el valyutasi bilan bog’liq operasiyalar buxgalteriya hisobini tushuntiring?
Бухучет валютных операций ведите на основании НСБУ № 21 и приложения № 2 к нему. Для обобщения информации о наличии и движении иностранной валюты на валютных счетах, открытых в уполномоченных банках, в бухучете предназначены счета:
Do'stlaringiz bilan baham: |