Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
11.5. Zaxira kapitali auditi 
Zaxira kapitali, agar Nizomda ko`zda tutilgan bo`lsa, sof foydani zaxira qilish 
yo`li bilan xususiy kapitalni to`ldirib borish uchun tashkil etiladi. O`zbekiston 


430 
Respublikasi amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari jamiyat 
Nizomi bilan belgilangan, lekin Nizom kapitalidan 15% kam bo`lmagan miqdorda 
zaxira kapitali tashkil etish huquqiga ega. 
21-son BHMS ga ko`ra, «Korxona ta'sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan 
shakllantiriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan 
inflyatsiya rezervlari, pul mablag`laridan tashqari tekinga olingan mulklar 
to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
8510 - «Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar»; 
8520 - «Rezerv kapitali»; 
8530 - «Tekinga olingan mulk». 
Auditor zaxira kapitali hisobi bo`yicha buxgalteriya o`tkazmalari to`g`ri 
ekanligini tekshirishi lozim. 
Korxona Nizom kapitalini xorijiy kapital ishtirokida shakllantirishda 
qo`shilgan kapital deb ko`rsatiladigan kurs farqi hosil bo`lishi mumkin. 
Nizom kapitaliga ulush sifatida haqiqatda kiritilgan, moddiy qiymatliklar, 
nomoddiy va moliyaviy aktivlarni baholash ularni ta'sis hujjatlarida va dastlabki 
kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin. 
Auditor, shuningdek, zaxira kapitali to`g`ri tashkil etilganligi va 
to`ldirilganligi, ya'ni: foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan zaxira kapitali 
Nizom kapitalining 15% dan kam emasligi, mol-mulkni (asosiy vositalarni) qayta 
baholashdan hosil bo`lgan barcha inflyatsiya zaxiralari zaxira kapitali ko`payishiga 
o`tkazilganligi, bepul kelib tushgan mol-mulkning barchasi zaxira kapitalning 
ko`payishiga o`tkazilganligini tekshiradi. Tekshirish manbasi bo`lib korxona Nizomi, 
O`zbekiston Respublikasi hukumatining qayta baholash to`g`risidagi qarori, qayta 
baholash bo`yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to`g`risida shartnomalar, 
qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, bildirishnomalar (avizo) va boshqalar 
hisoblanadi. 
Zaxira kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxona faoliyati tugatilganda 
ish haqi va soliqlarni budjetga to`lash, inflyatsiya bo`yicha zararlarni qoplash,
aksiyadorlik jamiyati hay'ati qaroriga muvofiq Nizom kapitalini to`ldirish, qayta 
baholash summalarini qoplash va aksiyadorlik jamiyatining boshqa yo`nalishlari 
uchun foydalaniladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yo`qligi yoki u 
yetarli emasligida zaxira kapitali imtiyozli aksiyalar bo`yicha dividendlarni to`lash 
uchun yo`llanishi mumkin. 
Auditor zaxira kapitali mablag`lari korxona xodimlariga moddiy yordam 
ko`rsatishga, mehnatga haq to`lashga yoki mukofotlar to`lashga ishlatilganligi 
holatlari bilan to`qnash kelishi mumkin. Shu bois, auditor zaxira kapitali ishlatilishini 
zaxira kapitali schyotidagi yozuvlarni tahlil qilish yo`li orqali ta'sischilar bilan hisob-
kitoblar hisobi va taqsimlanmagan foyda schyotlari bilan korrespondentlanishini 
sinchkovlik bilan tekshirishi lozim. 


431 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish