Amaliy audit


 Qo`shilgan kapital auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
11.4. Qo`shilgan kapital auditi 
Qo`shilgan kapitalning tekshiruvi qo`shilgan kapital hisobi schyotlari bo`yicha 
amalga oshiriladi. Ushbu schyotlar Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bo`lgan 
narxlar bo`yicha birinchi bor sotilishida vujudga kelgan emissiya daromadi va Nizom 
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlarini hisobga olish uchun mo`ljallangan. 
Auditor ushbu kapital to`g`ri shakllanishi va to`ldirilishini tekshirishi lozim. 
21-son BHMS
1
ga muvofiq, oddiy va imtiyozli aksiyadan olingan, nominal 
qiymat summasidan yuqori bo`lgan qo`shilgan kapital mavjudligi va harakati 
to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish, ya'ni aksiyalarni birlamchi joylashtirishda 
nominal qiymatdan yuqori bahoda sotishdan olingan emissiya daromadi, hamda ustav 
kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlari quyidagi 
schyotlarda amalga oshiriladi: 
8410 - «Emissiya daromadi»; 
8420 0 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi». 
Odatda, aksiyalar birinchi bor nominal qiymatidan yuqori bo`lgan narxlarda, 
ya'ni mukofot bilan sotiladi. Nominal qiymati Nizom kapitaliga o`tkaziladi, emissiya 
daromadi esa (bozor qiymatini nominal qiymatidan oshib ketishi) qo`shilgan 
kapitalga o`tkaziladi. 
Shuningdek, korxonada «Nizom kapitali (fondi) hisobi schyotlari» bo`yicha, 
ya'ni, e'lon qilingan, obuna bo`lgan, to`langan kapital bo`yicha tahliliy hisob olib 
borilishi lozim. 
Dastlabki obuna sifatida rasmiylashtirilmasdan sotilgan aksiyalar pul
mablag`lari bo`yicha schyotlarning debetida va «Nizom kapitali hisobi bo`yicha 
schyotlar» yoki «qo`shilgan kapital hisobi bo`yicha schyotlar» ning kreditida aks 
ettiriladi. 
Aksiyalarni sotib olish uchun obuna bo`lishga oid shartnomalar bilan 
belgilangan summaga aktsionerlik jamiyatining buxgalteriyasida, uning aktiviga pul 
yoki boshqa mol-mulk kelib tushishidan qat'iy nazar, Nizom va qo`shilgan kapital 
tashkil ettiriladi. Hisobda obuna summasiga debitorlik qarz aks ettiriladi. 
Tekshiruvda auditor korxona tomonidan chiqarilgan va to`langan aksiyalar 
turlari, ularning egalariga oid schyotlari, yoki ta'sischilar va qo`yuvchilarning xususiy 
schyotlari bo`yicha ma'lumot taqdim etish imkoniyati borligiga katta ahamiyat beradi. 
Aksiyalarga obuna bo`lish to`g`risidagi shartnomalarda aksiyalarning sotilish 
narxi, qarzlarni qoplash muddatlari, to`lovlar valutasi yoki obuna bo`yicha olinadigan 
aksiyalarni to`lash uchun mol-mulk turlari va qiymati ko`zda tutiladi. Aksiyalarga 
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), 340-band.
O’zR. AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan . 


429 
egalik qilishdan kelib chiqadigan huquqlarni obunachi, odatda, shartnomaga muvofiq, 
obuna bo`lgan aksiyalar bo`yicha to`liq to`lovlarni amalga oshirgandan keyin oladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlariga mol-mulk, pul mablag`lari aksiyalarga obuna 
bo`lish to`g`risidagi sharnomaga asosan beriladi. Qo`shilgan kapital tekshiruvi 
vaqtida jamiyatning o`zi tomonidan sotib olingan aksiyalar hisobi tashkil etilganligi 
tekshiriladi. 
Xususiy aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan quyidagi maqsadlar 
uchun sotib olinadi: 
- aksiyalar kursini belgilangan darajada ushlab turish
- aksiya egalarida qolgan har bir aksiyaga dividendlarni ko`paytirish; 
- aksiyalarni o`z xodimlari orasida tarqatish yoki qolgan aksiyalar nominal 
qiymatini oshirish; 
- nazorat o`rnatish maqsadida boshqa firmalar tomonidan aksiyalarni sotib 
olinishiga yo`l qo`ymaslik. 
Buxgalteriya hisobida sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan xususiy 
Aksiyalar bo`yicha schyotlarda sotib olingan narxlar bo`yicha aks ettiriladi. 
Sotib olingan xususiy aksiyalarni jamiyat o`z balansida ushlab turishi yoki 
ularni jamg`arma bozorida qaytadan sotishi mumkin. Aksiya egalari qarori bilan 
Nizom kapitali sotib olingan xususiy aksiyalar summasiga kamaytirilishi,
aksiyalarning o`zi esa bekor qilinishi mumkin. Lekin, « Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlar huquqini himoya qilish to`g`risida»gi qonunga muvofiq bunday
aksiyalar hisobda bir yildan ortiq bo`lgan muddatda ushlab turilishi mumkin emas. 
Auditor buni tekshirib ko`rishi kerak, chunki sotib olingan va balansda bir yildan 
ortiq muddatda hisobda bo`lgan aksiyalar bekor qilingan deb hisoblanadi. Korxona 
ushbu muddat o`tgandan keyin ularni sotishi yoki Nizom kapitalini shu summaga 
kamaytirgan holda, bekor qilishi lozim. 
Emitent o`zining xususiy aksiyalarini sotib olgan barcha holatlarda, bir 
vaqtning o`zida aksiyadorlik kapitali kamaygani bilan birga, uning mol-mulki ham 
kamayadi. Keyinchalik, sotib olish va xususiy aksiyalarni ikkinchi marotaba sotish 
operatsiyalari sodir etilganda, agar aksiya sotib olingan qiymatdan ortiq narxlarda 
sotilsa, ortiqcha olingan summa 9590-«Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa 
daromadlar» schyotining kreditiga yozib qo`yiladi. 
Aksiyalar sotib olingandan past narxlarda sotilsa, oradagi farq 9690- 
«Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi. 
Sotib olingan aksiyalarning bekor qilinishi bir vaqtning o`zida Nizom 
kapitalini kamaytirish yo`li bilan amalga oshiriladi: 
Debet «Nizom kapitali hisobi schyotlari», 
Kredit «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schyotlari». 
Bularni tekshirayotganda auditor qimmatbaho qog`ozlar bilan operatsiyalar 
qonuniy ravishda amalga oshirilayotganligini bilishi kerak. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish