Mashina traktor agregatlarini diagnostikalash va texnik servisi


Tormoz tizimini diagnostikalash



Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/89
Sana06.07.2022
Hajmi5,25 Mb.
#748879
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Bog'liq
B4vDXR1C7pcfpjfjpB4031eaVnEK19yfGv3mI1x7

Tormoz tizimini diagnostikalash 
Statistik ma‘lumotlarga qaraganda texnik sabablarga ko‗ra sodir bo‗ladigan 
falokatlarning 40-45 foizi transport vositalari tormoz tizimining nosozliklari 
natijasida kelib chiqar ekan. 
Tormozlanishning samaradorligi tormoz tizimining transport vositasi 
harakatiga sun‘iy qarshilik ko‗rsatish qobiliyatini tavsiflaydi. Transport vositasi 
turg‗unligi esa uning tormozlanish jarayonida me‘yoriy yo‗lak (koridor) 
chegaralarida (h) qolish qobiliyatini tavsiflaydi. 
Tormoz boshqaruvi texnik holatiga qo‗yiladigan xavfsizlik talablari va nazorat 
uslublari Toshkenr avromobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi 
insTTmii ―Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi‖ kafedrasi xodimlari tomonidan 
ishlab chiqilgan O‗zbekiston davlat standartlari (O‗zDSt 1057:2004 va O‗zDSt 
1058:2004) bilan belgilanadi. 
Tormoz tizimi bo‗yicha vujudga keladigan nosozliklar asosan diagnostikalash 
orqali aniqlanadi. Tormoz tizimini diagnostikalash jarayoni ekspluatatsiya sharoitlari 
va xarakterli nosozliklar ro‗yxati asosida diagnoz oshiriladi, unga tegishli ravishda 
diagnostik parametrlar tanlanadi, me‘yoriy ko‗rsatkichlar aniqlanadi, diagnostikalash 
texnologiyasi ishlab chiqiladi. 
Diagnostik parametrlar tormoz tizimining nosozliklari ro‗yxati asosida tuzilgan 
tuzilmaviy-sababiy shakllarni tahlil qilish bilan aniqlanadi. Diagnostik-me‘yoriy 
ko‗rsatkichlar esa, ekspluatatsiya sharoitlaridan qa‘ti nazar, tormoz tizimining 
buzilmasdan ishlashi, berilgan tormozlanish yo‗li va transport vositasi sekinlashishini 
ta‘minlashi kerak. 
Transport vositalarining tormoz tizimiga quyidagi asosiy ekspluatatsion 


112
talablar qo‗yiladi: 
-
berilgan tezlikdagi eng qisqa tormozlanish yo‗li; 
-
tormozning hamma g‗ildiraklarda bir vaqtda ishlashi; 
-
tormoz tizimi yuritmasining qisqa vaqtda ishga tushishi
-
chap va o‗ng g‗ildiraklardagi tormoz kuchlarining tengligi. 
Nosozliklarning kelib chiqishi va tuzilmaviy parametr ko‗rsatkichlariga 
asoslangan holda tormoz tizimining diagnostik parametrlarini ikki turga bo‗lish 
mumkin: umumiy va elementar diagnostik parametrlar. 
Umumiy
diagnostik parametrlarga transport vositasining tormozlanish yo‗li va 
sekinlashishi, tormoz kuchlari va ularning g‗ildiraklardagi qiymatlari farqi kiradi. 
Elementar
diagnostik parametrlarga tepkini bosish kuchi, tormoz kuchining 
oshishi yoki kamayishi, tormoz mexanizmining ishga tushish vaqti, tormoz kamera 
shtogining yo‗li, tepkining erkin yo‗li, kompressorning ish unumdorligi va boshqalar 
kiradi. 
Tormoz tizimining diagnostik parametrlari quyidagi hollarda o‗lchanadi: 
-
transport vositasining harakati jorayonida; 
-
transport vositasiga doimiy o‗rnatilgan diagnostik vositalar yordamida
-
qo‗zg‗almas sharoitda - tormoz stendlari yordamida. 
Transport vositasi texnik holatini baholashda uning harakat xavfsizligiga 
bevosita yoki bilvosita ta‘sir etuvchi agregat va mexanizmlar texnik holatini aniqlash 
asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Transport vositasi tormoz tizimining texnik holati va 
uning ishlash samaradorligi GOST 25478-91 bo‗yicha haroaatda sinash va stendda 
sinash usullari bilan aniqlanadi. 
Harakatda sinash.
Transport vositasini harakatda sinash asosan tormoz tizimi 
sifatini umumiy baholash uchun qo‗llaniladi. Tormoz tizimini diagnostikalash tekis, 
quruq, gorizontal va transport harakatidan xoli bo‗lgan yo‗lda o‗tkaziladi. 
Tormozlanish samaradorligining yo‗l sinovlarida tormozlanish yo‗li, barqaror 
sekinlashish, tormoz tizimining ishlab ketish vaqti aniqlanadi. 
Ilashish koeffitsienti 
(j)
0.6 dan kam bo‗lmagan quruq asfalt yo‗lda, transport 
vositasi tezligini 
(V
a
)
40 km/soat ga yetkazib, so‗ng tormozlanadi va tormozlanish 


113
yo‗li hamda sekinlashishni aniqlash bilan o‗tkoziladi. Sekinlashish deselerometr 
asbobi yordamida aniqlanadi. Bu oddiy usul bo‗lib, asosan, dastlabki axborot uchun 
qulay. 

Download 5,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish